Bazedov kasalligi, diffuz toksik buqoq — qalqonsimonbezning biror sababga koʻra zoʻr berib ishlashidan kelib chiqadigan kasallik. Nemis vrachi K. Bazedov batafsil tavsiflab bergan. Bazedov kasalligi deb ataladigan bu xastalikda ko'pincha kasal odamning ko'zlari notabiiy chaqachaygan bo'ladi. Kasallikni davolashda qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi. Ba'zan bezning bir qismi olib tashlanadi.

Yana qarang tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil