BazelShveysariyaning shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining maʼmuriy markazi. FransiyaGFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), koʻpchiligi nemis tilida soʻzlashadi. B. kattaligi jihatdan mamlakatda 2-oʻrindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va metallsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. B.da har yili yarmarka oʻtkaziladi. Xalqaro bank joylashgan. Universitet (1460-yildan), tarix va etnografiya muzeyi bor. Dastlab 374 yilda Baziliya deb qayd etilgan. 1501-yildan Shveysariya konfederatsiyasi tarkibida. 15-asr oxiri, 16-asrda Yevropadagi savdo, kredit operatsiyalari, hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlgan. 1833-yilda mustaqil yarim kanton huquqini qoʻlga kiritgan. 11 — 19-asrlar meʼmoriy yodgorliklari: roman-gotika sobori (1185 — 1200), ratusha (1504 — 1608) saqlangan.

Fotogalereya tahrir


Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil