Bazis (yunoncha: basis — asos) — 1) asos, negiz, tayanch, poydevor. 2) Geodeziyada — yer yuzining maʼlum joyida juda aniq oʻlchab olinadigan asosiy chiziq. B. uzunligi lentalar yoki maxsus (radiotoʻlqinlar va yorugʻlik nuri vositasida oʻlchovchi) asboblar bilan aniqlanadi. Triangulyatsiyal uchburchakning asosiy tomoni uzunligini topish uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil