Bazitlar — asosli magmatik togʻ jinslari. Tarkibida kremniy oksidi 50 — 55% dan oshmaydi, ammo A1, Sa, Fe, Mg koʻp. Kvars yoʻq. Gabbrobazalt turkumiga mansub togʻ jinslarining umumiy nomi. Oʻzbekistonda Quljuqtogʻ, Tomdi, Sulton Uvays, Hisor togʻlarida uchraydi. Mis, nikel, kobalt va boshqa foydali qazilma konlari B. tarqalgan hududlarda boʻladi. B.dan tayyorlangan bezak koshinchalari imorat devorlarini pardozlashda, koshinkorlikda ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil