Beda odimchisi (Eudolia arenacearia Hd.) — kapalaklar turkumining odimlovchilar oilasiga mansub hasharot. Ka-palagi sargʻish, qanotlarini yoyganda 25 mm keladi. Kechasi uchadi. Tuxumini beda bargiga qoʻyadi. Tuxumidan bir haftada lichinka chiqadi. Qurti yashil, ingichka boʻlib, 3 juft chin va 2 juft soxta oyoqlari bor. Egilib, soʻngra toʻgʻrilanib, odimlab yuradi. Tinch turganda oyoqlariga tayanadi. Rangi yashilligidan oʻsimlik orasida koʻzga chalinmaydi. Qurti beda bargi, guli va gʻunchasi bilan oziqlanadi, keyin tuproqqa tushib, gʻumbakka aylanadi va shu yerda qishlaydi. Tuxumiga qarshi trixogramma, qurtiga qarshi brakon yaydoqchilaridan foydalanib biologik kurash olib boriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil