Bedapoya — beda bilan band boʻlgan dala. Sugʻoriladigan dehqonchilikdagi almash-lab ekish sxemasiga koʻra, B.da beda 3 yil, lichan uchun 5 yil oʻstiriladi. Beda dukkakli ekin boʻlganidan, ildizidagi tuganak bakteriyaGʻtap tufayli tuproqdagi azot miqdorini shu muddat ichida ancha oshiradi. Natijada B.ni buzib eqilgan ekin hosili moʻl boʻladi. B. Oʻzbekistonning shim. viloyatlarida oktabr, janubiy viloyatlarida noyabr oyida haydaladi. B. haydash oldidan maxsus lushchilnik yoki agʻdargichi olib qoʻyilgan plug bilan 6—8 sm chuqurlikda yum-shatiladi. Bunda beda ildizi boʻgʻzidagi kurtaklari quriydi, kelasi yili B.ga eqilgan ekinlarni oʻt (beda) bosishi kamayadi.

Yana qarang tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil