Begonalashuv — inson faoliyati va uning natijalari mustaqil kuchga aylanib, inson ustidan hukmronlik va unga yovuzlik qiladigan holatga kirishishini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon. Mehnat shart-sharoiti, vositalari va mahsuli ustidan ijtimoiy nazoratning yoʻqligida, shaxsiing hukmron ijtimoiy guruhlar tomonidan aldamchilik yoʻli bilan boshqarish obʼyektiga aylantirilishida namoyon boʻladi. B. kishi ongida muayyan tarzda aks etadi (ijtimoiy meʼyorlarni yot va yovuz meʼyorlar sifatida idrok etish, yolgʻizlik hissi, loqaydlik va boshqalar). B. konsepsiyasining kelib chiqi-shi T. Gobbs, J. J. Russoga borib taqaladi, Gegel tomonidan esa rivojlantirildi. 20-asr falsafa, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyasida B.ning ayrim tomonlari tadqiq etilmoqda.

Begonalashuv - inson uning jamiyatdagi o'rni, mavqei va u bajaradigan vazifasi o'rtasidagi azaliy bog'liqliklarning buzilishi. Inson va jamiyat munosabatlaridagi me'yorning buzilishi, insonning o'z mohiyatini belgilovchi xususiyatlardan mahrum bo'lib, jamiyatda o'z o'rnini topolmasligi begonalashuvning tub ildizini, ham sababini, ham oqibatini tashkil etadi. G'arb sotsiologlari sanoatlashgan jamiyatda birdamlik tuyg'usini yo'qolishini (Dyurkgeym), ijtimoiy hayotning formallashuvini (Zimmel), shaxs hatti-harakatlarining me'yoridan oshishini(Merton), insonning mavjud jamiyatga nisbatan tanqidiy munosabatini, mukammalashtirishga bo'lgan qobiliyatini(Fromm) begonalashuv hodisasining yuz berishi deb hisoblaydilar. Begonalashuv tushuncha sifatida tadqiq va tahlilga muhtoj.


Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Falsafa qomusiy lugʻat. " Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti ". " SHarq " nashriyot — matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent — 2004. 48 bet