Behbudbek - Sulton Husayn amirlaridan biri. Dastlab chuhra – saroydagi xos qo‘riqchi bo‘lib xizmat qilgan. Sulton Xusayn Xuroson taxtini egallagach (1469 y), kurashda faol ishtirok etgan Behbudbekning nomini tamg‘a va tangaga bitishni buyurgan. Bundan tashqari Behbudbek Sulton Husayn topshirig‘i bilan Xorazmni Shayboniyxon qo‘shinidan himoya qilishga yuboriladi. U tadbirkorlik bilan yo‘l tutib, Shayboniyxonning qamaldan voz kechib, Adoq qal’asiga tomon ketishiga sababchi bo‘ladi. Keyinroq Behbudbek Sulton Xusayn tomonidan Xorazmga hokim etib tayinlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • “Boburnoma”. Toshkent. – 2008.
  • Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. SHARQ. – T.: 2014.