Behishti zevar” (urdu: بہشتی زیور, “jannat ziynati”) - Mavlona Ashraf Ali Tahonaviy tomonidan yozilgan e’tiqodlar va amaliyotlar to‘plami. Kitob fiqh, islomiy urf-odatlar va odob-axloq bo‘yicha keng qamrovli qo‘llanma bo‘lib, ayniqsa, qizlar va ayollar tarbiyasiga qaratilgan. Ko‘p yillar davomida u Hindiston yarimoroli aholisi va butun dunyodagi hind musulmon diasporasi uchun sevimli kitob bo‘lib qoldi. Kirob urdu tilida yozilgan, ammo keyin boshqa tillarga, shu jumladan ingliz tiliga ham tarjima qilingan. Asar “Jannat ziynati” nomi bilan o‘zbek tiliga ham o‘girilgan.

Behishti zevar
Muallif(lar) Ashraf Ali Tahonaviy
Til Urdu
Janr(lar)i Fiqh

Barbara Deyli Metkalfning 1992-yilda chop etilgan “Perfecting Women” kitobi “Behishti zevar”ning sharhidir[1][2][3].

Bo‘limlar

tahrir

Kitob o‘nta bo‘limga bo‘lingan:

"Rost hikoyalar";

"E’tiqodlar";

"Noto‘g‘ri e’tiqodlar va harakatlar";

"Namoz va uning fazilatlari";

Ro‘za, zakot, qurbonlik, haj, nazr, murtad, halol va harom”;

"Nikoh, taloq, idda, nafaqa, vasiylik";

"Tadbirkorlik va boylikka intilish tamoyillari";

“Odob, qalb amallarini isloh qilish hamda qiyom alomatlari”;

"Soliha ayollarning hayoti";

"Salomatlik masalalari va odob-axloq qoidalari"

Manbalar

tahrir