Behzod Abduraimov
Behzod Abduraimov (1990-yil 11-sentabrda[1] Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik pianist. London xalqaro pianino musobaqasi (Wayback Machine saytida 2009-04-22 sanasida arxivlangan) va boshqa bir necha xalqaro pianino musobaqalari gʻolibi.
Behzod Abduraimov | |
---|---|
Tavalludi |
11-sentyabr 1990-yil |
Janrlar | Klassik musiqa |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Amplua | pianist |
Tarjimai holi
tahrirBehzod 1990-yil 11-sentabr Toshkent shahrida tugʻilgan, pianinoda chalishni besh yoshida boshlagan.[2] Ilk musiqiy bilimlarini Toshkentdagi Uspenskiy nomli Respublika maxsus musiqa maktabida Tamara Popovichdan olgan. 8 yoshidan boshlab Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasida AQSh, Italiya, Rossiya va Oʻzbekiston sahnalarida yakkaxon musiqalar ijro etgan. Hozir u AQShning Park universiteti da musiqa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda.
Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki
tahrir- "XXI asr musiqachisi" musobaqasida 3-oʻrin. (Qozogʻiston, 2000-y.)[3]
- Chaykovskiy xalqaro musobaqasida diplom (Syamin sh. Xitoy. 2002-y.)
- "Le Muze" musobaqasida 1-oʻrin va grand pri sovrini. (Italiya, 2003-y.)
- Lennox yosh artistlar musobaqasi va Corpus Christi. (AQSh, 2008-y.)
- Janubiy Missuri xalqaro pianino musobaqasining yosh ijrochilar bo`limida 1-o`rin. (AQSh, 2008-y.)[4]
- London xalqaro pianino musobaqasida 1-oʻrin. (London, Angliya, 2009-y.)
Manbalar
tahrir- ↑ LIPC:Behzod Abduraimov, 2009-05-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-05-07
- ↑ Losra.org:Behzod Abduraimov's CV[sayt ishlamaydi]
- ↑ Losra.org[sayt ishlamaydi]
- ↑ MSIPC helps fulfill college mission, 2008-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-05-07
Havolalar
tahrir- London International Piano Competetion (Wayback Machine saytida 2009-04-22 sanasida arxivlangan)(ingl.)