Klassik musiqa
Gʻarb dunyosining badiiy musiqasi odatda Klassik musiqa deb nomlanadi va Gʻarb folklori yoki ommabop musiqa anʼanalaridan farqlanadi. Baʼzan „Gʻarb klassik musiqasi“ deb ham yuritiladi, chunki „klassik musiqa“ atamasi Gʻarbga mansub boʻlmagan badiiy musiqalarga ham qoʻllanilishi mumkin. Klassik musiqa koʻpincha oʻzining musiqiy shakli va notalar uygʻunligi tuzilishidagi rasmiylik va murakkablik[1], xususan, polifoniya ishlatilishi bilan ajralib turadi[2]. IX asrdan boshlab klassik musiqa asosan yozma anʼana sifatida rivojlanib kelgan[2]. Bu anʼana murakkab nota tizimi hamda analitik, tanqidiy, tarixshunoslik, musiqashunoslik va falsafiy yoʻnalishlarda qoʻshimcha adabiyotlarni yuzaga keltirgan. Gʻarb madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan klassik musiqa koʻpincha bastakorlarning solistik yoki guruh sifatida qarashlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Ularning kompozitsiyalari, shaxsiyati va qarashlari klassik musiqa tarixini shakllantirishda muhim rol oʻynagan.
Gʻarbiy Yevropadagi cherkovlar va qirollik saroylari homiyligiga asoslangan holda, saqlanib qolgan ilk oʻrta asr musiqasi asosan diniy, monofonik va vokal boʻlib, qadimgi Yunoniston va Rim musiqasi uning gʻoya va nazariyasiga taʼsir qilgan[1]. Eng qadimgi saqlanib qolgan musiqa qoʻlyozmalari Carolinglar imperiyasi (800—888-yillar)[3] davriga tegishlidir. Ushbu davrda Gʻarb ibodat qo'shiqlari asta-sekin „Grigorian kuylari“[4] deb ataluvchi yagona shaklga birlasha boshlagan. Avliyo Gall, Avliyo Martial va Avliyo Emmeram abbatliklarida musiqiy markazlar faoliyat yuritgan. XI asrda esa nota yozuvi rivojlanib, oʻrta asr musiqashunoslari tomonidan koʻplab asarlar yaratilgan. XII asr oʻrtalariga kelib, Fransiya Yevropaning asosiy musiqa markaziga aylandi[3]: Notre-Dame diniy maktabi ritmlar va polifoniyani birinchi boʻlib chuqur oʻrgandi, qadimgi musiqa esa shoir-musiqachi zodagonlar boshchiligidagi troubadour va trouvère anʼanalari bilan gullab-yashnagan[5]. XV asr boshlaridan boshlab, nufuzli Franko-Flamand maktabi uygʻonish davri bastakorlari inglizlarning contenance angloise deb nomlanuvchi notalar uygʻunligi tamoyillaridan foydalanib, xor musiqasini, ayniqsa, messa va motetni yangi darajaga olib chiqdi[5][6]. Tez orada Shimoliy Italiya markaziy musiqiy mintaqaga aylandi, bu yerda Rim maktabi madrigal kabi janrlarda murakkab polifoniya usullarini qoʻllagan[6]. Bu esa oʻz navbatida qisqa muddatli Ingliz Madrigal maktabiga ilhom berdi.
Barokko davri (1580—1750) umumiy amaliyot tonalligining nisbiy standartlashuvi va sezilarli hajmdagi ansambllar darajasiga koʻtarilgan musiqa asboblarining ahamiyati oshishiga guvoh boʻldi[7]. Opera vatani Italiya solist markazli konsert janri, uyushtirilgan sonata shakli, shuningdek oratoriya va kantata kabi keng koʻlamli vokal-markazli janrlarning yaratilishi bilan yetakchilik mavqeyini saqlab qoldi. Johann Sebastian Bach tomonidan rivojlantirilgan fuga texnikasi barokko davrining murakkablikka moyilligini namoyon etgan. Bunga javoban, soddaroq va qoʻshiqsimon galant musiqasi hamda empfindsamkeit uslublari ishlab chiqildi. Nisbatan qisqa, lekin muhim boʻlgan Klassik davrda (1730—1820) Wolfgang Amadeus Mozart, Joseph Haydn va Ludwig van Beethoven kabi bastakorlar simfoniya, torli kvartet va konsert kabi janrlarda keng eʼtirof etilgan mutlaq musiqaning namunalarini yaratdilar[8][9]. Keyingi Romantizm davri (1800—1910) esa dasturli musiqa tomon yoʻnaldi, bunda badiiy musiqa, simfonik poema va turli pianino janrlari asosiy ifoda vositalari boʻldi. Bu davrda virtuozlik qadrlanib, ulkan hajmli asarlar qoʻllab quvvatlandi, falsafa va milliylik gʻoyalari esa musiqaga singdirildi – bu jihatlar Richard Wagner operalarida oʻz aksini topdi. XX asrga kelib, uslubiy yaxlitlik asta-sekin yoʻqola boshladi, ommabop musiqaning ahamiyati esa sezilarli darajada oshdi. Modernizm nuqtayi nazaridan, koʻplab bastakorlar oʻtmishdagi usul va janrlardan ongli ravishda chetlashdilar. Ayrimlari tonallikni tark etib, serializm yoʻlini tanladilar, boshqalari esa folklor yoki impressionistik kayfiyatlardan yangi ilhom manbaini kashf etdilar. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, ilk bor tinglovchilar zamonaviy asarlardan koʻra eski musiqani afzal koʻrdilar[10]. XX asrning oʻrtalaridan to hozirgi kungacha boʻlgan asosiy yoʻnalishlar qatoriga Yangi Soddalik, Yangi Murakkablik, Minimalizm, Spektral musiqa va yaqinda paydo boʻlgan Postmodernizm hamda Postminimalizm kiradi. Tobora globallashib borayotgan dunyoda Amerika, Afrika va Osiyolik ijodkorlar muhim oʻrin egalladilar[3], simfonik orkestrlar va opera teatrlarini endilikda dunyoning turli burchaklarida uchratish mumkin.
Terminologiya va taʼrifi
tahrirKelib chiqishi
tahrirInglizcha „classical“ va nemischa „Klassik“ atamalarining ikkisi ham fransuzcha „classique“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu soʻz oʻz navbatida lotincha „classicus“ soʻzidan olingan. Ushbu soʻz dastlab Qadimgi Rim fuqarolarining eng yuqori tabaqasiga nisbatan ishlatilgan[11]. Rimda bu atama keyinchalik hurmatga sazovor adabiyot arboblarini ajratib koʻrsatish uchun qoʻllanila boshlagan[11]. Rimlik yozuvchi Aulus Gellius Demosfen va Vergiliy kabi yozuvchilarni „classicus“ deb taʼriflagan[12]. Uygʻonish davriga kelib, bu sifat yanada keng maʼno kasb etdi. Randle Cotgravening 1611-yildagi „Fransuz va ingliz tillari lugʻati“ asarida keltirilgan taʼrif mavjud eng qadimgi taʼriflardan biri hisoblanadi. Unda „classique“ soʻzi „klassik, rasmiy, tartibli, tegishli yoki munosib darajada; shuningdek, maʼqullangan, ishonchli, asosiy, yetakchi“ deb tarjima qilingan[11][13]. Musiqashunos Daniel Heartz buni ikki taʼrifga umumlashtirgan: 1) „rasmiy intizom“ va 2) „mukammallik namunasi“[11]. Gellius kabi, lotin tilida yozgan keyingi Uygʻonish davri olimlari ham „classicus“ soʻzini klassik antik davr yozuvchilariga nisbatan ishlatganlar. Ammo bu maʼno asta-sekin rivojlangan boʻlib, maʼlum vaqt davomida rasmiylik va mukammallikning kengroq klassik gʻoyalariga boʻysungan holda ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan[14]. Adabiyot va tasviriy sanʼatda Qadimgi Yunon va Rim davriga oid muhim namunalar mavjud boʻlganligi sababli „klassik“ atamasi klassik antik davrga nisbatan qoʻllanila boshlangan. Biroq, Uygʻonish davri musiqachilari uchun oʻsha davrga oid deyarli hech qanday musiqiy asarlar saqlanib qolmagan[14].
XVIII asrda Angliyada „klassik“ atamasi birinchi marta „ijrodagi asarlarning maʼlum bir toʻplamini ifodalash uchun“ ishlatila boshlangan[14]. London boshqa Yevropa shaharlarida kuzatilmagan va oʻxshashi boʻlmagan, mashhur ommaviy konsert musiqa sahnasini rivojlantirgan[11]. Qirollik saroyi asta-sekin musiqadagi oʻz monopoliyasini yoʻqotib bordi. Bu koʻp jihatdan Angliya Hamdoʻstligining parchalanishi va Shonli inqilob saroy musiqachilariga taʼsir koʻrsatgani tufayli yuz bergan[11]. 1672-yilda sobiq saroy musiqachisi John Banister Londondagi bir qovoqxonada ommaviy konsertlar berishni boshladi; uning tez fursatda oshgan mashhurligi Londonda ommaviy konsertlarning nufuzini yuksaltirdi[15]. „Klassik“ yoki koʻpincha „qadimgi musiqa“ tushunchasi shakllanib, u hamon rasmiylik va mukammallik tamoyillariga asoslangan. Heartzning taʼkidlashicha, „musiqiy didning bu yangicha shakllanishida fuqarolik marosimlari, din va axloqiy faollik muhim ahamiyat kasb etgan“[14]. Bunday musiqa ijrosi Qadimgi musiqa akademiyasi va keyinchalik Qadimgi musiqa konsertlari turkumida ixtisoslashtirilgan boʻlib, unda asosan XVI va XVII asr taniqli bastakorlarining asarlari[16], ayniqsa George Frideric Handelning ijodi namoyish etilgan[14]. Fransiyada Lyudovik XIV hukmronligi davrida (1638—1715) madaniy uygʻonish roʻy bergan. Bu davrning oxiriga kelib, Molière, Jean de La Fontaine va Jean Racine kabi adiblar oʻz asarlari bilan qadimgi antik davr yutuqlaridan ham oʻzib ketganligi eʼtirof etilgan[17]. Shunday qilib, Jean-Baptiste Lully (va keyinchalik Christoph Willibald Gluck)ning musiqasi „klassik“ deb tavsiflangan boʻlib, ular „l’opéra française classique“ (fransuz klassik operasi) deb nomlangan[17]. Qitʼaviy Yevropaning qolgan qismida „klassik“ tushunchasini yunon-rim dunyosiga oʻxshash deb belgilashdan voz kechish jarayoni sekinroq kechgan. Buning asosiy sababi shundaki, kanonlashgan repertuarlarning yoki juda kam, yoki faqat yuqori tabaqalarga xos boʻlganidir[14].
XIX asr boshlaridagi koʻplab Yevropa sharhlovchilari klassik musiqaning taʼrifida yangi bir yondashuv topdilar. Ular bastakorlar Wolfgang Amadeus Mozart, Joseph Haydn va (uning soʻnggi asarlarining baʼzilarini hisobga olmaganda) Ludwig van Beethovenni „klassik“ deb atab, ularni paydo boʻlayotgan Romantizm davri musiqasi uslubiga qarama-qarshi qoʻydilar[18][19][20]. Xususan, bu uch bastakor Birinchi Vena maktabiga, baʼzan „Vena klassiklari“ deb ataladigan guruhga birlashtirilgan[21]. Biroq, bu birlashtirishning oʻzi muammoli hisoblanadi, chunki uchala bastakorning hech biri Venada tugʻilmagan va Haydn bilan Mozart bu shaharda juda kam vaqt oʻtkazgan[22]. Bu tez-tez ifoda etilgan taʼrif boʻlsa-da, u mutlaq qatʼiy emas. 1879-yilda bastakor Charles Kensington Salaman quyidagi bastakorlarni klassik deb belgilagan: Bach, Handel, Haydn, Mozart, Beethoven, Waber, Spohr va Mendelssohn[23]. Keng maʼnoda, ayrim ijodkorlar „klassik“ atamasini turli bastakorlarning, ayniqsa, maʼlum bir janrda koʻplab asarlar yaratganlarning qimmatli ijodini umumiy ravishda maqtash uchun qoʻllaganlar[11].
Zamonaviy talqini
tahrir„Klassik musiqa“ atamasining zamonaviy tushunchasi hamon noaniq va koʻp qirraligicha qolmoqda[24][25]. „Badiiy musiqa“, „kanonik musiqa“, „sayqallangan musiqa“ va „jiddiy musiqa“ kabi boshqa atamalar koʻp jihatdan bir-biriga sinonim hisoblanadi[26]. „Klassik musiqa“ atamasi koʻpincha faqat Gʻarb dunyosiga taalluqli deb tushuniladi yoki shunday maʼno nazarda tutiladi[27]. Buning aksi oʻlaroq, koʻplab akademik tarix kitoblarida „Gʻarb musiqasi“ atamasi klassik boʻlmagan Gʻarb musiqasini oʻz ichiga olmaydi[28]. Shu tarzda, XX asrning ikkinchi yarmida „Gʻarb klassik musiqasi“ va „Gʻarb badiiy musiqasi“ kabi atamalar bu tushunchani ifodalash uchun qoʻllanila boshlandi[27]. Musiqashunos Ralph P. Lockening taʼkidlashicha, bu atamalarning hech biri ideal emas, chunki ular „Gʻarb badiiy musiqasi janrlarini ijro etadigan, biroq gʻarbiy boʻlmagan madaniyatlardan kelib chiqqan ayrim ijrochilar“ haqida mulohaza yuritganda „qiziqarli murakkablik“ni keltirib chiqaradi[29].
Klassik musiqaning oʻziga xos xususiyatlari qatoriga musiqiy shaklning murakkabligi va notalar uygʻunligi tuzilishning serqirraligi kiradi[1]. Oxford ingliz tili lugʻati (OED) musiqaga nisbatan „klassik“ soʻzini uch xil maʼnoda izohlaydi:
- „tan olingan mukammallik“;
- „ommaviy musiqa yoki folklordan farqlanib, klassik musiqiy anʼanaga oid, unga xos yoki uni ifodalovchi“
- „yoki XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi asosan rasmiy Yevropa musiqasiga oid boʻlib, uygʻunlik, muvozanat va belgilangan kompozitsion shakllarga rioya qilish bilan tavsiflanadi“.
Oxirgi taʼrif hozirda klassitsizm davri deb ataladigan, XVIII asrning ikkinchi yarmidan XIX asr boshlarigacha boʻlgan Yevropa musiqasining oʻziga xos uslubiy davrini ifodalaydi. Bu davr Yevropa musiqa sanʼatining alohida uslubiy yoʻnalishini oʻz ichiga oladi[30].
Tarixi
tahrirKelib chiqishi
tahrirGʻarb klassik anʼanasi rasman dastlab ilk katolik cherkovi uchun yaratilgan musiqa bilan boshlangan[31]. Ilk cherkov oʻzini qadimgi Yunoniston va Rimning hukmron musiqasidan ajratishni xohlagan boʻlishi mumkin, chunki bu musiqa cherkov taʼqib qilgan va oʻzi ham taʼqibga uchragan butparast dinni eslatgan[31]. Shu sababli, katolik cherkovi musiqasi, va shu tariqa Gʻarb klassik musiqasi umuman olganda qanchalik qadimgi musiqa taʼsirida boʻlgani aniq emas[32]. Musiqaga nisbatan umumiy munosabat qadimgi yunon va rim musiqashunoslari hamda sharhlovchilarining qarashlaridan oʻzlashtirilgan[33]. Xuddi qadimgi yunon-rim jamiyatida boʻlgani kabi, musiqaga taʼlimning markaziy qismi sifatida qaralgan; arifmetika, geometriya va astronomiya bilan bir qatorda musiqa ham O‘rta asrlarda standart erkin sanʼat taʼlimining yuqori bosqichi boʻlgan quadrivium tarkibiga kiritilgan[34]. Musiqaga boʻlgan bunday yuksak eʼtibor dastlab Kassiodorus, Sevilyalik Isidor[35] va ayniqsa Boetius[36] kabi olimlar tomonidan targʻib qilingan. Bu olimlarning xizmati Pifagor, Aristotel va Platonning musiqa boʻyicha gʻoyalarini nafaqat saqlash, balki yanada boyitishda namoyon boʻldi, bu esa keyinchalik oʻrta asr musiqa nazariyasining shakllanishiga poydevor boʻlgan[37]. Biroq, olimlar, oʻrta asr musiqashunoslari va bastakorlari koʻpincha oʻzlarining yunon va rimlik ajdodlari yozgan asarlarni notoʻgʻri talqin qilganlar yoki tushunmaganlar[38]. Bu holat oʻrta asr musiqachilari uchun saqlanib qolgan yunon-rim musiqiy asarlarining butunlay yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlgan[38]. Vaziyat shunchalik jiddiy ediki, Sevilyalik Isidor (taxminan 559—636-yillar) „Agar tovushlar inson xotirasida saqlanib qolmasa, ular yoʻq boʻlib ketadi, chunki ularni yozib boʻlmaydi“ deb taʼkidlagan. Biroq Isidor bundan bir necha asr oldin Qadimgi Yunonistonda mavjud boʻlgan tizimli nota yozish amaliyotidan bexabar boʻlgan[39]. Musiqashunos Gustave Reesening taʼkidlashicha, oʻrta asr musiqachilari yunon-rim matnlarini muntazam ravishda oʻqiganlari bois, bu matnlarni toʻgʻri tushungan-tushunmaganlaridan qatʼi nazar, koʻplab ushbu asarlar hamon Gʻarb klassik musiqasiga taʼsir koʻrsatgan manba sifatida eʼtirof etilishi mumkin[38].
Biroq, qadimgi dunyodan kelib chiqqan va inkor qilib boʻlmaydigan musiqiy davomiyliklar ham mavjud[40]. Monofoniya, improvizatsiya va musiqiy kompozitsiyalarda matnning ustuvorligi kabi asosiy jihatlar qadimgi sivilizatsiyalar musiqasida ham, ilk oʻrta asr musiqasida ham yaqqol koʻzga tashlanadi[40]. Xususan, yunon taʼsiri cherkov moduslarida (Aristoksen va Pifagor tomonidan rivojlantirilgan tushunchalar avlodlari[41]), Pifagor sozlashidan olingan asosiy akustik nazariyani[32], shuningdek tetraxordlarning markaziy vazifasini oʻz ichiga oladi[42]. Aulos (qamishli puflab chalinadigan cholgʻu asbobi) va lira (kichik arfaga oʻxshash torli cholgʻu asbobi) singari qadimgi yunon musiqa asboblari vaqt oʻtishi bilan hozirgi simfonik orkestrning bir qator zamonaviy cholgʻu asboblariga asos boʻlgan[43]. Biroq, Donald Jey Graut qadimgi musiqadan ilk oʻrta asr musiqasigacha boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri evolyutsion bogʻliqlikni yaratishga urinish asossiz ekanligini taʼkidlaydi. Chunki ilk oʻrta asr musiqasi ijro yoki amaliyotdan emas, balki deyarli faqat yunon-rim musiqa nazariyasidan taʼsirlangan[44].
Ilk musiqa
tahrirOʻrta asr
tahrirOʻrta asr musiqasi Gʻarbiy Rim imperiyasi qulaganidan soʻng, milodiy 476-yildan taxminan 1400-yilgacha boʻlgan davrni qamrab olgan Gʻarbiy Yevropa musiqasini oʻz ichiga oladi. Monotonik kuylash, shuningdek, oddiy qoʻshiq yoki „Grigorian kuylari“ deb ham ataladigan uslub, taxminan 1100-yilgacha asosiy shakl boʻlib kelgan[45]. Yevropa musiqiy yozuvining ilk shakllarini xristian rohiblari butun cherkov boʻylab cherkov liturgiyasini standartlashtirish uchun ishlab chiqdilar[46][47]. Polifonik (koʻp ovozli) musiqa soʻnggi oʻrta asrlarda va Uygʻonish davrigacha monofonik cherkov musiqasidan, shu jumladan motetlarning murakkabroq ovozlarini oʻz ichiga olgan holda rivojlangan. Ilk oʻrta asrlar davrida liturgik janrga mansub vokal musiqa, asosan Gregorian kuylari, yakka ovozli boʻlib, joʻrsiz ijro etiladigan yagona ohang chizigʻidan iborat boʻlgan[48]. Bir-biridan mustaqil bir nechta vokal kuylardan iborat boʻlgan polifonik vokal janrlari oʻrta asrlarning gullab-yashnagan davrida rivojlana boshladi va XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻrta asrning mashhur bastakorlari orasida Hildegard of Bingen, Léonin, Pérotin, Philippe de Vitry, Guillaume de Machaut, Francesco Landini va Johannes Ciconia bor.
Koʻpgina oʻrta asr musiqa asboblari hozirgi kunda ham mavjud, biroq ular turli shakllarda saqlanib qolgan. Oʻrta asr cholgʻu asboblariga nay, blokfleyta va luta kabi torli cholgʻular kirgan. Shuningdek, organ va skripka (yoki viyel deb ataluvchi cholgʻu)ning dastlabki koʻrinishlari ham mavjud. Oʻrta asrlarda Yevropadagi cholgʻu asboblari asosan yakka tartibda ishlatilgan boʻlib, koʻpincha bir xil balandlikdagi tovush bilan oʻziga joʻr boʻlgan yoki baʼzan koʻp ovozli tarzda ijro etilgan. XIII asrdan XV asrgacha boʻlgan davrda cholgʻu asboblari kamida ikki turga boʻlingan: „haut“ (baland, oʻtkir ovozli, ochiq havoda chalinadigan asboblar) va „bas“ (pastroq, mayin ovozli, xonaki sharoitda ijro etiladigan asboblar)[49]. Bu boʻlinish uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan. Bir qator cholgʻu asboblarining kelib chiqishi oʻrta asrlar islom dunyosidan oʻzlashtirilgan sharqiy namunalarga borib taqaladi[50]. Misol uchun, arabcha rebab Yevropadagi barcha kamonli torli cholgʻu asboblarining, jumladan lira, rebek va skripkaning ajdodi hisoblanadi[51][52].
Uygʻonish davri
tahrirUygʻonish davri musiqasi 1400-yildan 1600-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan. Bu davr cholgʻu asboblaridan keng foydalanish, bir necha melodik chiziqlarning oʻzaro uygʻunlashuvi hamda bas cholgʻularining ilk shakllarini qoʻllash bilan tavsiflanardi. Jamiyatda raqslar tobora keng tarqala boshlashi natijasida raqsga joʻrlik qilishga mos musiqiy shakllar ham asta-sekin oʻz meʼyorlarini shakllantira boshladi. Aynan shu davrda musiqani nota chiziqlarida yozish va musiqiy notatsiyaning boshqa elementlari rivojlana boshlagan[53]. Bu ixtiro musiqiy asarning tarkibini uning ijrosidan ajratish imkonini berdi; yozma musiqa boʻlmaganda, asar ogʻzaki tarzda uzatilar va har safar yangi ijroda oʻzgarishlarga uchrar edi[54]. Musiqiy partitura tufayli bastakorning ishtirokisiz ham musiqa asarini ijro etish mumkin boʻldi. XV asrda ixtiro qilingan harakatlanuvchi bosma dastgoh musiqaning saqlanishi va uzatilishida katta taʼsir koʻrsatgan[55].
Koʻplab cholgʻu asboblari Uygʻonish davrida vujudga kelgan; boshqalari esa ilgari mavjud boʻlgan asboblarning oʻzgartirilgan yoki takomillashtirilgan shakllari hisoblanadi. Baʼzilari bugungi kungacha saqlanib qolgan boʻlsa, boshqalari oʻsha davr musiqasini ijro etish uchun qayta tiklangan. Hozirgi kabi, bu davrda ham asboblar misli (brass), torli, zarbli va yogʻoch puflama toifalariga boʻlingan. Uygʻonish davriga oid mis cholgʻu asboblarini odatda Gildiya aʼzosi boʻlgan professional musiqachilar chalgan. Bular orasida sirgʻaluvchan karnay, yogʻoch kornet, klapansiz truba va sackbut kabi asboblar bor boʻlgan. Torli cholgʻu asboblari qatoriga viol, rebek, arfasimon lira, gʻildirakli lira, luta, gitara, sittern, bandora va orfarion kirgan. Torli klavishli asboblarga esa klavesin va klavikord misol boʻla oladi. Zarbli cholgʻu asboblariga uchburchak, arfa, doira, qoʻngʻiroq, doʻmbira va turli xil nogʻoralar kiradi. Yogʻoch puflama cholgʻular qatoriga qoʻsh tilchali shaum (goboy oilasining dastlabki vakili), qamishli nay, xalta nay, koʻndalang nay, blokfleyta, dulsiyan va sixnay kirgan[56]. Bosib yozish usuli cholgʻu asboblarining tavsifi va xususiyatlarini, shuningdek ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarni standartlashtirish imkoniyatini yaratdi[57].
Uygʻonish davrida vokal musiqa tobora murakkablashib borayotgan polifonik uslubning rivojlanishi bilan ajralib turadi. Butun Uygʻonish davri mobaynida asosiy liturgik shakllar messalar va motetlar boʻlib qolgan. Davrning oxirlariga kelib boshqa oʻzgarishlar ham yuz berdi, xususan, diniy musiqa bastakorlari oʻz asarlarida dunyoviy shakllarni (masalan, madrigalni) qoʻllay boshladilar. Davrning oxiriga kelib, operaning ilk dramatik xabarchilari boʻlmish monodiya, madrigal komediyasi va intermediya kabi janrlar paydo boʻlgam. 1597-yil atrofida italiyalik bastakor Jacopo Peri bugungi kunda birinchi opera deb eʼtirof etiladigan „Dafne“ asarini yaratdi. U, shuningdek, hozirgi kungacha yetib kelgan birinchi opera – „Evridika“ni ham bastalagan.
Uygʻonish davridagi mashhur bastakorlar qatoriga Josquin des Prez, Giovanni Pierluigi da Palestrina, John Dunstaple, Johannes Ockeghem, Orlande de Lassus, Guillaume Du Fay, Gilles Binchois, Thomas Tallis, William Byrd, Giovanni Gabrieli, Carlo Gesualdo, John Dowland, Jacob Obrecht, Adrian Willaert, Jacques Arcadelt va Cipriano de Rore kabi ijodkorlar kiradi.
Umumiy amaliyot davri
tahrirUmumiy amaliyot davri odatda umumiy amaliyot tonalligining shakllanishi va yoʻqolishi oraligʻidagi davr sifatida taʼriflanadi. Ushbu atama taxminan ikki yarim asrni oʻz ichiga oladi va barokko, klassik hamda romantik davrlarni qamrab oladi.
Barokko davri
tahrirBarokko davri musiqasi murakkab tonal kontrpunkt va basso kontinuo deb ataluvchi uzluksiz bas chizigʻidan foydalanishi bilan ajralib turadi. Bu davrda oldingi barcha davrlarning oddiy qoʻshiqlariga nisbatan musiqa ancha murakkablashib ketdi[58]. Ushbu davr musiqasi oʻzining kompozitsion murakkabligi bilan oldingi davrlardan farq qilardi. Musiqada dissonans va xromatizmni boshqarish vositasi sifatida major va minor tonalliklar tizimi oʻzining toʻliq ifodasini topgan[59].
Barokko davrida klavesin va truba organida ijro etiladigan klavishli musiqa tobora ommalasha boshladi, shuningdek, torli cholgʻular oilasiga mansub skripka bugungi kunda koʻp uchraydigan shaklini oldi. Opera sahnalashtirilgan musiqiy drama sifatida ilgarigi musiqiy va dramatik shakllardan oʻzini farqlay boshladi, kantata va oratoriya kabi vokal shakllari esa yanada keng tarqala boshladi[60]. Ilk bor vokalchilar musiqaga ornamentlar qoʻshishni boshladilar[61].
Bu sozlash murakkab boʻlgan klavishli cholgʻularda xromatik imkoniyatlarning keng koʻlamini taʼminlagan vaqtda teng temperament nazariyalari amaliyotda keng qoʻllanila boshlandi. J. S. Bach teng temperamentdan foydalanmagan boʻlsa-da, oʻsha davrdagi keng tarqalgan meanton tizimidan barcha tonalliklar orasidagi oʻtishni musiqiy jihatdan qabul qilinadigan turli temperamentlarga oʻzgarishi uning „Yaxshi temperatsiya qilingan klavir“ asarini yaratishga imkon bergan[62][63].
Barokko davri cholgʻulari oʻzida oldingi davrlarning ayrim asboblarini (masalan, gʻildirakli lira va blokfleyta) hamda bir qator yangi cholgʻularni (masalan, goboy, fagot, violonchel, kontrabas va fortepiano) mujassam etgan. Oldingi davrlarning ayrim cholgʻu asboblari, jumladan shawm, sittern, raketka va yogʻoch kornet isteʼmoldan chiqib ketgan. Barokko davrining asosiy torli asboblariga skripka, viol, viola, viol d’amur, violonchel, kontrabas, lyutnya, teorba (koʻpincha basso continuo qismlarini ijro etuvchi), mandolina, barokko gitarasi, arfa va gʻildirakli lira kirgan. Bu asboblar oʻsha davr musiqasida muhim oʻrin tutgan. Yogʻoch puflama cholgʻular barokko fleytasi, barokko goboyi, blokfleyta va fagotni oʻz ichiga olgan. Mis puflama cholgʻular kornett, sur, tabiiy truba, serpent va trombonni oʻz ichiga olgan. Klavishli cholgʻular klavikord, Tangentenflyugel, klavesin, trubali organ va davr oxirida fortepiano (pianinoning ilk koʻrinishi)ni oʻz ichiga olgan. Zarbli cholgʻularga litavra, kichik baraban, childirma va kastanetlar kirgan.
Barokko musiqasi va undan keyingi klassik davr oʻrtasidagi asosiy farqlardan biri shundaki, barokko ansambllarida qoʻllanilgan cholgʻu asboblarining turlari yetarlicha standartlashtirilmagan. Barokko ansambli bir nechta turli xil klavishli cholgʻulardan birini (masalan, truba organi yoki klavesin)[64], qoʻshimcha torli akkordli cholgʻularni (masalan, lyutnya), kamonli torli cholgʻularni, yogʻoch-damli va mis-damli cholgʻularni, hamda basso kontinuoni ijro etuvchi aniq boʻlmagan miqdordagi bas cholgʻularini (masalan, violonchel, kontrabas, viola, fagot, serpent va boshqalarni) oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan.
Barokko davrining vokal asarlari oratoriya va kantatalar kabi turkumlarni oʻz ichiga olgan[65][66]. Dunyoviy musiqa kamroq uchrab, asosan cholgʻu asarlari bilan ifodalangan. Barokko sanʼatiga oʻxshab[67], asarlarning mavzulari aksariyat hollarda diniy xususiyatga ega boʻlib, katolik muhiti uchun yaratilgan.
Bu davrning ahamiyatli bastakorlari qatoriga Johann Sebastian Bach, Antonio Vivaldi, George Frideric Handel, Johann Pachelbel, Henry Purcell, Claudio Monteverdi, Barbara Strozzi, Domenico Scarlatti, Georg Philipp Telemann, Arcangelo Corelli, Alessandro Scarlatti, Jean-Philippe Rameau, Jean-Baptiste Lully va Heinrich Schütz kabi ijodkorlar kiradi.
Klassitsizm davri
tahrir„Klassik musiqa“ atamasi oʻrta asrlardan 2010-yillarning boshlarigacha boʻlgan barcha Gʻarb badiiy musiqasini oʻz ichiga olsa-da, Klassitsizm davri 1750-yillardan 1820-yillarning[68] boshlarigacha boʻlgan Gʻarb badiiy musiqasi davrini anglatadi. Bu davr Wolfgang Amadeus Mozart, Joseph Haydn va Ludwig van Beethoven kabi buyuk bastakorlar ijod qilgan davr.
Klassitsizm davri kompozitsiya, taqdimot va uslub boʻyicha koʻplab meʼyorlarni oʻrnatdi, shuningdek, fortepiano asosiy klavishli cholgʻuga aylangan davrni ham oʻz ichiga oldi. Orkestr uchun zarur boʻlgan asosiy vositalar maʼlum darajada standartlashdi (keng qamrovli cholgʻu asboblarining imkoniyatlari rivojlanishi bilan ular ham kengayib bordi). Kamer[69] musiqasi rivojlanib, serenadalar uchun 8—10 nafargacha ijrochidan iborat ansambllarni oʻz ichiga ola boshlagan. Opera Italiya, Fransiya va nemis tilida soʻzlashuvchi hududlarda oʻziga xos mintaqaviy uslublar bilan taraqqiy etishda davom etdi. Komik operaning bir turi hisoblangan buff opera tobora ommalashib bordi. Simfoniya mustaqil musiqiy janr sifatida oʻz oʻrnini topdi, konsert esa virtuoz ijro mahoratini namoyish etish vositasi sifatida rivojlandi. Orkestrlar endi klavesindan foydalanishni toʻxtatdi va koʻpincha birinchi skripkachi (hozirgi kunda konsertmaster deb ataluvchi) rahbarligida ijro etadigan boʻlgan[70].
Klassitsizm davri musiqachilari barokko davrining koʻplab cholgʻu asboblaridan foydalanishni davom ettirdilar. Bular qatoriga violonchel, kontrabas, blokfleyta, trombon, litavra, fortepiano (zamonaviy pianinoning oʻtmishdoshi) va organ kiradi. Baʼzi barokko cholgʻu asboblari, masalan teorbo va raketka, qoʻllanilmay qolgan boʻlsa-da, koʻplab barokko asboblari bugungi kunda ham ishlatiladigan turlariga almashtirildi. Jumladan, barokko skripkasi oddiy skripkaga, barokko goboyi hozirgi goboy turiga va barokko karnay esa oddiy klapanli karnayga oʻzgarib bordi. Bu oʻzgarishlar natijasida hozirgi kunda qoʻllaniladigan asboblar paydo boʻlgan. Klassitsizm davri davomida orkestr va kamer musiqasida, jumladan torli kvartetlarda ishlatiladigan torli cholgʻular orkestrning torli boʻlimini tashkil etuvchi toʻrtta asbob sifatida meʼyorlashtirildi: skripka, viola, violonchel va kontrabasdan iborat boʻldi. Barokko davriga xos boʻlgan parda qoʻyilgan va yoyli viol kabi torli cholgʻular asta-sekin qoʻllanishdan chiqib ketdi. Yogʻochli puflama cholgʻularga basset klarnet, basset karnay, klarnet d’amur, klassik klarnet, shalumey, fleyta, goboy va fagot kirardi. Klavishli cholgʻular orasida esa klavikord va fortepiano mavjud. 1750 va 1760-yillarda klavesin basso continuo joʻrligida hamon qoʻllanilgan boʻlsa-da, asr oxiriga kelganda u butunlay istifodadan chiqqan. Mis puflama cholgʻular orasida buksin, ofikleid (tubaning ajdodi hisoblangan bass serpentning oʻrnini egallagan asbob) hamda sur bor boʻlgan.
Klassistism davrida puflama cholgʻular yanada takomillashdi. Barokko davrida oboy va fagot kabi qoʻsh tilchali cholgʻular maʼlum darajada standartlashgan boʻlsa-da, yakka tilchali klarnetlar oilasi Mozart uni orkestr, kamer va konsert ijrolarida keng qoʻllanishini rivojlantirmaguncha yetarlicha ommalashmagan boʻlgan[71].
Romantizm davri
tahrirRomantizm davri musiqasi, taxminan XIX asrning birinchi oʻn yilligidan XX asrning boshlariga qadar, kengaytirilgan melodik chiziqqa, shuningdek, ifodali va emotsional elementlarga koʻproq eʼtibor qaratilishi bilan ajralib turgan. Ushbu xususiyatlar boshqa sanʼat turlaridagi romantizm yoʻnalishiga uygʻun boʻlgan. Musiqiy shakllar Klassitsizm davri shakllaridan (hatto ular kodifikatsiya qilinayotgan boʻlsa ham) ajralib, nocturnes, fantaziyalar va prelyudiyalar kabi erkin shakldagi asarlar yozila boshlandi[72]. Musiqa xromatik, dissonansli va tonalli rang-barang boʻlib, eski shakllarning qabul qilingan meʼyorlariga nisbatan kuchaygan kelishmovchiliklar bilan ajralib turgan[73]. Badiiy musiqa (yoki Lied) bu davrda rivojlanish bosqichiga yetdi, shuningdek, buyuk operaning ulkan koʻlamlari ham rivojlangan. Bu jarayonni Richard Wagnerning „Ring“ turkumi yakuniga yetkazdi va yangi choʻqqilarga olib chiqqan[74].
Bastakor va musiqachilar zodagonlarga qaram boʻlmagan holda mustaqil hayot kechira boshlaganligi sababli XIX asrda musiqa muassasalari zodagonlar nazoratidan ozod boʻlgan. Gʻarbiy Yevropa boʻylab oʻsib borayotgan oʻrta sinflarda musiqaga boʻlgan qiziqishning ortishi musiqani oʻrgatish, ijro etish va saqlash uchun tashkilotlar yaratishga turtki boʻlgan. Bu davrda oʻzining zamonaviy koʻrinishiga erishgan fortepiano (qisman metallurgiyadagi sanoat yutuqlari tufayli) oʻrta sinf orasida keng tarqaldi. Oʻrta sinf vakillarining bu cholgʻu asbobiga boʻlgan talabi koʻplab fortepiano ustalarini ruhlantirdi. Koʻpgina simfonik orkestrlar ushbu davrga asoslangan[75]. Baʼzi musiqachilar va bastakorlar oʻsha davrning mashhur siymolari hisoblangan; Franz Liszt va Niccolò Paganini singari ijodkorlar esa ham ijrochi, ham bastakor sifatida tanilgan edilar[76][77].
Yevropa madaniy qarashlari va sohalari dunyoning boshqa qismlariga mustamlaka kengayishi bilan birga tarqala boshlagan. Shuningdek, ayniqsa davrning oxiriga kelib, musiqada milliylik ruhi ham oʻsib bordi (baʼzi hollarda oʻsha davrning siyosiy holatini aks ettirib). Edvard Grieg, Nikolai Rimsky-Korsakov va Antonín Dvořák kabi bastakorlar oʻz asarlarida vatanlarining anʼanaviy musiqasini aks ettira boshladilar[78].
Orkestrda mavjud klassik cholgʻular va boʻlimlar (torli asboblar boʻlimi, yogʻoch puflamalar, mis puflamalar va zarbli cholgʻular) saqlab qolingan, biroq bu boʻlimlar odatda toʻliqroq va kuchliroq ovoz hosil qilish maqsadida kengaytirilgan. Misol uchun, barokko orkestrida ikkita kontrabaschi boʻlgan boʻlsa, romantik orkestrda oʻntagacha kontrabaschi boʻlishi mumkin edi. Musiqa yanada ifodalilik kasb etgan sari, standart orkestr palitrasi koʻplab romantik bastakorlar uchun yetarlicha boy manba boʻlmay qoldi[79].
Ayniqsa orkestrlarda qoʻllaniladigan cholgʻu asboblari oilasi tobora kengayib bordi; bu jarayon XX asr boshlarida soʻnggi romantizm va modernizm davrining bastakorlari tomonidan juda katta orkestrlardan foydalanish bilan oʻzining choʻqqisiga yetdi. Aylanma klapanlarning joriy etilishi mis cholgʻu asboblariga keng koʻlamli notalarni ijro etish imkoniyatini berdi, bu esa ularning musiqadagi ahamiyatini oshirdi. Orkestrning hajmi (odatda klassitsizm davrida 40 ta atrofida boʻlgan) 100 dan oshib ketgan[80]. Misol uchun Gustav Mahlerning 1906-yildagi 8-sonli simfoniyasi 150 dan ortiq cholgʻuchi va 400 dan koʻproq xonandadan iborat xor bilan ijro etilgan[81]. Yangi yogʻoch-puflama cholgʻular safiga kontrafagot, bas-klarnet va pikkolo kabi asboblar qoʻshildi. Shuningdek, ksilofon, kichik baraban, chelesta (qoʻngʻiroqsimon klavishli asbob), qoʻngʻiroq va uchburchak[82] singari yangi zarbli cholgʻular ham kiritilgan. Bundan tashqari, katta orkestr arfalari va hatto ovoz effektlari uchun elofon ham qoʻllanila boshlandi. Saksofonlar XIX asrning oxiridan boshlab baʼzi musiqa asarlarida koʻzga tashlanadi, biroq ular odatda orkestrning ajralmas qismi sifatida emas, balki yakkaxon tarzda ham foydalanadigan cholgʻu sifatida namoyon boʻladi.
Sur oilasining oʻzgartirilgan aʼzosi boʻlgan Vagner tuba Richard Wagnerning Der Ring des Nibelungen siklida paydo boʻlgan. Vagner tubasi Anton Brucknerning 7-simfoniya (Mi major) asarida ham muhim rol oʻynaydi va Richard Strauss, Béla Bartók va boshqa bastakorlarning[83] bir qancha kechki romantik hamda modernistik asarlarida ham qoʻllanilgan. XIX asr partituralarida kornetlar muntazam ravishda uchraydi, ular trubalar bilan bir qatorda ishlatilgan. Trubalar esa asr oxirigacha koʻproq foydalanilgan cholgʻu asbobi sifatida qaralgan.
Bu davrning taniqli bastakorlari orasida Ludwig van Beethoven, Pyotr Ilyich Tchaikovsky, Frédéric Chopin, Hector Berlioz, Franz Schubert, Robert Schumann, Felix Mendelssohn, Franz Liszt, Giuseppe Verdi, Richard Wagner, Johannes Brahms, Alexander Scriabin, Nikolai Medtner, Edvard Grieg va Johann Strauss II bor. Gustav Mahler va Richard Strauss odatda oʻtish davri bastakorlari sifatida qaraladi, chunki ularning musiqasi kechki romantizm va ilk modernizm unsurlarini oʻzida mujassamlashtirgan.
XX—XXI asrlar
tahrirAsrning boshlarida musiqa kechki romantizm uslubiga xos boʻlib, oʻzining ifodali kuylari, murakkab uygʻunligi va keng qamrovli shakllari bilan ajralib turgan. Bu davr postromantik simfonizm yoʻnalishini yanada rivojlantirgan bir qancha bastakorlar ijodi bilan belgilandi. Gustav Mahler va Richard Strauss Gʻarb klassik musiqasi anʼanalarini keng qamrovli simfoniya va operalar orqali davom ettirdilar. Jean Sibelius va Vaughan Williams esa oʻz asarlariga milliylik unsurlari va xalq qoʻshiqlaridan ilhomlangan ohanglarni singdirdilar. Sergey Prokofyev dastlab ushbu anʼanaga amal qilgan, ammo koʻp oʻtmay modernizm yoʻnalishiga qadam qoʻygan. Shu bilan bir vaqtda Fransiyada Claude Debussy boshchiligida impressionistik harakat rivojlanib borar, Maurice Ravel esa ushbu harakatning yana bir mashhur namoyandasi boʻlgan[84].
Modernizm
tahrirZamonaviy klassik musiqa post-romantik, impressionist, ekspressionist va neoklassik deb tavsiflanishi mumkin boʻlgan koʻplab kompozitsiya uslublarini oʻz ichiga oladi. Bu uslublar asosan romantizmdan keyingi davrga xosdir. Modernizm davri – bu koʻplab bastakorlar anʼanaviy tonallik, melodiya, instrumentatsiya va strukturaga oid baʼzi qadriyatlarni rad etgan davr[85]. Baʼzi musiqa tarixchilari musiqiy modernizmni taxminan 1890-yildan 1930-yilgacha davom etgan davr sifatida qarashadi[86][87]. Boshqalar modernizm birinchi yoki ikkinchi jahon urushidan birining yakunida tugagan deb hisoblaydilar[88]. Yana boshqa mutaxassislar esa, modernizm hech qanday tarixiy davr bilan bogʻliq emasligini, aksincha u „bastakorning munosabati; zamon bilan birga rivojlanishi mumkin boʻlgan jonli tuzilma“ ekanligini taʼkidlaydilar[89]. XX asrning oxirgi uchdan bir qismida modernizm inqirozga uchragan boʻlsa-da, asr soʻngida uning gʻoyalari va shakllarini rivojlantirishda davom etgan faol bastakorlar guruhi saqlanib qoldi. Ular safida Pierre Boulez, Pauline Oliveros, Toru Takemitsu, George Benjamin, Jacob Druckman, Brian Ferneyhough, George Perle, Wolfgang Rihm, Richard Wernick, Richard Wilson va Ralph Shapey kabi ijodkorlar bor boʻlgan[90].
Bu davrda ikki asosiy musiqiy yoʻnalish hukmronlik qilgan: 1890-yillar atrofida paydo boʻlgan impressionizm va 1908-yillar atrofida boshlangan ekspressionizm[91]. Bu davr musiqaning eski toifalarini sinovdan oʻtkazish va qayta talqin qilishga boʻlgan turli xil munosabatlar, notalar uygʻunligi, melodiyasi, tovushi va ritmini tashkil etish hamda ularga yondashishning yangi usullariga olib kelgan innovatsiyalar, shuningdek, oʻsha davrdagi sanʼatda keng tarqalgan modernizm yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan estetik dunyoqarashdagi oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi. Bu davrni eng koʻp ifodalovchi soʻz „innovatsiya“dir[92]. Uning asosiy xususiyati esa „lingvistik xilma-xillik“ boʻlib, yaʼni hech qanday musiqiy janr hech qachon hukmron holatni egallamagan[93].
Orkestr modernizm davrining dastlabki yillarida rivojlanishni davom ettirdi va XX asrning birinchi yigirma yilligida oʻzining eng yuqori choʻqqisiga erishdi. XIX asrda juda kam uchraydigan saksofonlar keyinchalik qoʻshimcha cholgʻu sifatida koʻproq ishlatila boshlandi, ammo ular hech qachon orkestrning asosiy tarkibiy qismiga kirmagan. Saksofon baʼzi asarlarda, masalan, Maurice Ravel tomonidan orkestrlashtirgan Modest Musorgskiyning „Koʻrgazmadagi suratlar“ va Sergey Raxmaninovning „Simfonik raqslar“da faqat yakkaxon cholgʻu sifatida namoyish etilsa-da, u Sergey Prokofyevning „Romeo va Julyetta“ syuitalarining 1 va 2-qismlarida hamda boshqa koʻplab asarlarda orkestr ansambli tarkibining bir qismi sifatida foydalanilgan. Ravelning „Bolero“ singari baʼzi musiqiy asarlarda orkestrning boshqa boʻlimlari kabi butun bir boʻlim yaratish uchun turli oʻlchamdagi ikki yoki undan ortiq saksofonlardan foydalaniladi. Yufoniya esa baʼzi kech romantik va XX asr asarlarida, odatda „tenor tuba“ deb belgilangan qismlarda, masalan, Gustav Holstning „The Planets“ va Richard Straussning „Ein Heldenleben“ asarlarida namoyon boʻladi. XX asr boshlarining mashhur bastakorlari qatoriga Igor Stravinskiy, Claude Debussy, Sergey Raxmaninov, Sergey Prokofyev, Arnold Schönberg, Nikos Skalkottas, Heitor Villa-Lobos, Karol Szymanowski, Anton Webern, Alban Berg, Cécile Chaminade, Paul Hindemith, Aram Khachaturian, George Gershwin, Amy Beach, Béla Bartók va Dmitriy Shostakovich kiradi. Shuningdek, yuqorida tilga olingan Mahler va Strauss XIX asrdan XX asrga oʻtish davrining namoyondalari sifatida qaraladi.
Postmodernizm/zamonaviy
tahrirBaʼzi maʼlumotlarga koʻra, postmodern musiqa 1930-yilda boshlangan musiqa davri hisoblanadi. Bu davr postmodernistik sanʼat bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlib, modernizmdan keyin paydo boʻlgan va unga qarshi munosabatda boʻlgan sanʼat yoʻnalishidir[94][95].
Baʼzi boshqa mutaxassislar postmodern musiqani 1930-yildan ancha keyingi davrda, XX asrning oxirlaridan XXI asrning boshlarigacha boʻlgan vaqt oraligʻida yaratilgan „zamonaviy musiqa“ bilan deyarli bir xil deb hisoblaydilar[96][97]. Postmodern yoki zamonaviy davrning xilma-xil oqimlariga neoromantizm, neomedievalizm, minimalizm va postminimalizm kabi yoʻnalishlar kiradi.
XXI asr boshlarida zamonaviy klassik musiqa koʻpincha 1945-yildan keyingi barcha musiqiy shakllarni oʻz ichiga oladi deb hisoblangan[98]. Bir avlod oʻtgach, bu atama endilikda hozirgi kunda hayot boʻlgan bastakorlar tomonidan yaratilayotgan zamonaviy musiqani anglatadi. Bu yoʻnalish 1970-yillarning oʻrtalarida ommalashgan boʻlib, oʻz ichiga modernistik, postmodernistik, neoromantik va plyuralistik musiqaning turli koʻrinishlarini qamrab oladi[90].
Ijro sanʼati
tahrirKlassik musiqani chuqur oʻrgangan ijrochilar „klassik tayyorlangan“ deb taʼriflanadi. Bu taʼlim cholgʻu yoki vokal oʻqituvchilari bilan individual mashgʻulotlardan yoki konservatoriya, kollej yoki universitet taklif etadigan rasmiy dasturni tugatishdan, masalan, musiqa boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasini (professor bilan individual darslarni oʻz ichiga olgan holda) olishdan iborat boʻlishi mumkin. Klassik musiqada koʻpincha magistratura darajasigacha boʻlgan keng qamrovli rasmiy musiqiy taʼlim va tayyorgarlik talab etiladi[99].
Klassik musiqa repertuarini ijro etish uchun quyidagi koʻnikmalar talab etiladi: nota boʻyicha tez oʻqish va ansamblda chalish mahorati, notalar uygʻunligi qonuniyatlarini bilish, kuchli eshitish qobiliyati (ohanglarni quloq bilan aniqlab toʻgʻrilash uchun), ijro anʼanalaridan xabardorlik hamda maʼlum bir bastakor yoki musiqiy asar uchun xos boʻlgan uslub va musiqiy tilni yaxshi tushunish (masalan, Brahmsning simfoniyasi yoki Mozartning konserti uchun).
Yevropa klassik musiqasini ommabop musiqa, folklor va hind klassik musiqasi kabi boshqa anʼanaviy musiqa turlaridan farqlovchi asosiy xususiyat shundaki, bu musiqiy repertuar odatda nota yozuvida qayd etiladi va bu jarayonda musiqiy partiya yoki partitura yaratiladi. Ushbu nota odatda ritmning tafsilotlarini, ovoz balandligini va ikki yoki undan ortiq musiqachilar (xonandalar yoki cholgʻuchilar) ishtirok etganda, turli qismlarning qanday muvofiqlashtirilishini belgilaydi. Musiqaning yozma shaklda saqlanishi undagi yuqori darajadagi murakkablikni taʼminlagan: masalan, fugalarda dadil va oʻziga xos melodik chiziqlar murakkab kontrapunktda bir-biri bilan bogʻlanib, shu bilan birga mantiqiy va yaxlit notalar uygʻunligi hosil qiladi. Yozma nota tizimi musiqaning yozib olinishi va saqlanishini taʼminlaydi, shu sababli klassik musiqachilar bir necha asr avval yaratilgan asarlarni ijro etish imkoniga ega boʻladilar.
2000-yillarga kelib, klassik musiqa oʻzining improvizatsiya anʼanalarining koʻp qismini yoʻqotgan boʻlsa ham, barokko davridan romantizm davrigacha boʻlgan vaqtda oʻz zamonasining uslubida improvizatsiya qila olgan ijrochilar misollari mavjud. Barokko davrida organchilar preludiyalarni improvizatsiya qilgan, klavishli cholgʻu asboblari ijrochilari (masalan, klavesin chaluvchilar) basso continuo partiyasining ostidagi figurali bas belgilaridan akkordlarni improvizatsiya qilishgan, ham vokal, ham cholgʻu ijrochilari esa improvizatsion musiqa bezaklarini qoʻshishgan[100]. Johann Sebastian Bach murakkab improvizatsiyalari bilan alohida eʼtirof etilgan[101]. Klassitsizm davrida bastakor va ijrochi Wolfgang Amadeus Mozart turli uslublarda melodiyalarni improvizatsiya qilish qobiliyati bilan tanilgan[102]. Shu davrda ayrim virtuoz yakkaxon ijrochilar konsertlarning kadensiya qismlarini improvizatsiya qilishgan. Romantik davrda esa Ludwig van Beethoven pianinoda improvizatsiya qilgan[103].
Klassik musiqada ayollar
tahrirKlassik musiqa darsliklarida tasvirlangan va asarlari standart konsert dasturlarining bir qismi sifatida keng ijro etiladigan deyarli barcha bastakorlar erkaklar hisoblanadi. Biroq, klassik musiqa tarixida koʻplab ayol bastakorlar ham faoliyat koʻrsatgan boʻlishiga qaramay, ularning ijodi yetarlicha eʼtirof etilmagan. Musiqashunos Marcia Citron „nega ayollar tomonidan yozilgan musiqa standart 'klassik' repertuarga juda kam kiradi?“ degan savolni qoʻygan[104]. Citron ijro etiladigan musiqiy asarlarning qabul qilingan „qonun“idan ayol bastakorlarni chetlashtirishga olib kelgan amaliyotlar va munosabatlarni tahlil qilgan. Uning taʼkidlashicha, 1800-yillarda ayol bastakorlar koʻpincha katta zallarda orkestr bilan ijro etilishi moʻljallangan simfoniyalar oʻrniga, kichik konsertlarda ijro etish uchun badiiy qoʻshiqlar yaratganlar. Simfoniyalar bastakorlar uchun eng muhim janr deb hisoblangan, biroq ayol bastakorlar koʻp simfoniyalar yozmaganligi sababli, ular eʼtiborga loyiq bastakorlar sifatida tan olinmagan[105]. „Oxfordning qisqacha musiqa tarixi“ kitobida Clara Schumann tilga olingan yagona ayol bastakorlardan biridir[106]. Abbey Philipsning taʼkidlashicha, XX asrda ijod qilgan va musiqa chalgan ayollar oʻzlarining erkak hamkasblariga nisbatan ancha kamroq eʼtibor qozonganlar[107].
Tarixdan maʼlumki, yirik professional orkestrlar asosan yoki toʻliq erkak musiqachilardan tashkil topgan. Professional orkestrlarga ayollarning yollanishi dastlab arfachi lavozimida kuzatilgan. Masalan, Vena filarmoniya orkestri 2008-yilda „Gramophone“ jurnalining dunyoning eng yaxshi besh orkestri qatoriga kiritilgan orkestrlar ichida ancha kech ayollarni doimiy aʼzolikka qabul qilgan orkestr hisoblangan[108][109]. Vena filarmoniya orkestri 1997-yildagina ayollarni doimiy aʼzolikka qabul qilgan. 1996-yil fevral oyigacha Vena filarmoniyasining bosh fleytachisi Dieter Flury Westdeutscher Rundfunkka shunday degan: „Ayollarni qabul qilish bu orkestrning hozirgi hissiy uygʻunligini (emotionelle Geschlossenheit) xavf ostiga qoʻyish boʻladi“[110]. 1996-yil aprel oyida orkestr matbuot kotibi homiladorlik taʼtiliga chiqishning „kutilayotgan boʻshliqlarini toʻldirish“ muammoli boʻlishini yozgan[111].
2013-yilda „Mother Jones“ jurnalida chop etilgan maqolada taʼkidlanishicha, „koʻplab nufuzli orkestrlarda ayollar sezilarli darajada ishtirok etadi – New York filarmoniyasining skripka boʻlimida ayollar soni erkaklarnikidan ortiq, shuningdek, Milliy simfonik orkestr, Detroyt simfoniyasi va Minnesota orkestri kabi bir qator mashhur ansambllar ayol skripkachilar rahbarligida faoliyat yuritadi. Biroq, yirik orkestrlarning kontrabas, mis damli va zarbli cholgʻular boʻlimlari hamon asosan erkaklar tomonidan egallangan“[112]. 2014-yilgi BBC maqolasida shunday deyiladi: „…anʼanaviy tarzda erkaklar ustun boʻlgan simfonik orkestrlardagi gender muvozanati asta-sekin oʻzgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, nomzodlar endi „yashirin“ tinglovlarda, yaʼni hakamlar hay’ati ularning jinsiy yoki irqiy mansubligini bilmaydigan sharoitda, parda ortida ijro etishadi. Shundan soʻng hakamlar hay’ati gender yoki irqiy tarafkashlikka yoʻl qoʻya olmaydi“[113].
Boshqa musiqa anʼanalariga munosabat
tahrirOmmabop musiqa
tahrirKlassik musiqa koʻpincha oʻz davrining ommabop musiqa unsurlarini yoki materiallarini oʻzida mujassam etadi. Bunga misol qilib Brahmsning „Academic Festival Overture“ asarida talabalarning stol qoʻshiqlarini kuylashi, Kurt Weillning „The Threepenny Opera“ asaridagi janrlar va Maurice Ravelning XX asr boshlarida bastakorlarga taʼsir qilgan jazz musiqasi koʻrsatiladi[114]. Baʼzi postmodern, minimalist va postminimalistik klassik bastakorlar ommabop musiqadan ruhlanganliklari va undan qarzdor ekanliklarini tan oladilar[115].
George Gershwinning 1924-yildagi orkestral asari „Rhapsody in Blue“ orkestral jazz yoki simfonik jazz deb taʼriflangan. Ushbu asar klassik musiqa elementlarini jazzga taʼsir koʻrsatgan effektlar bilan birlashtiradi.
Klassik musiqaning ommaviy musiqaga taʼsiri koʻplab misollarda koʻrinadi. Bunga klassik asarlarga asoslangan mashhur qoʻshiqlar, 1970-yillardan beri „Pachelbel Canon“ning turli sohalarda qoʻllanilishi hamda klassik musiqachilarning ommaviy musiqa maydonida erishgan muvaffaqiyatlari kabi musiqiy chegaralarni kesib oʻtish hodisalari misol boʻla oladi[116]. Xevi-metal yoʻnalishida bir qator yetakchi gitarachilar (elektr gitara chaluvchilar), jumladan Ritchie Blackmore va Randy Rhoads[117], oʻzlarining ijro uslublarini barokko yoki klassik davr cholgʻu musiqasiga asoslanib shakllantirganlar[118].
Folklor
tahrirKlassik musiqa bastakorlari koʻpincha folklordan foydalanganlar. Folklor, yaʼni xalq musiqasi odatda klassik taʼlim olmagan, asosan ogʻzaki anʼanalarni davom ettiruvchi musiqachilar tomonidan yaratilgan boʻladi. Dvořák va Smetana[119] kabi baʼzi bastakorlar oʻz asarlariga milliy ruh berish uchun xalq ohanglaridan foydalangan boʻlsa, Bartók singari boshqa bastakorlar esa xalq musiqasidan olingan aniq mavzularni toʻlaligicha qoʻllagan[120]. Xachaturyan oʻz asarlariga nafaqat ona vatani Armanistonning xalq musiqasini, balki Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropaning boshqa etnik guruhlarining musiqiy anʼanalarini ham keng koʻlamda singdirgan[121][122].
Tijoriylashtirish
tahrirKlassik musiqaning baʼzi asosiy elementlari koʻpincha tijoriy maqsadlarda (reklama yoki film saundtreklarda) qoʻllaniladi. Televizion reklamalarda bir qancha klassik musiqalar klishe holatiga kelgan. Bunga misollar sifatida Richard Straussning „Also sprach Zarathustra“ asarining boshlanishi (2001: A Space Odyssey filmida mashhur boʻlgan) va Carl Orffning „Carmina Burana“ asarining „O Fortuna“ boshlanish qismi kiritiladi. Boshqa misollar sifatida Verdi Requiem asaridagi „Dies irae“, Edvard Griegning „In the Hall of the Mountain King“, Beethovenning Simfoniya No. 5 asarining boshlangʻich notalari, Aram Xachaturyanning „Sabre Dance“, Wagnerning Die Walküredan „Ride of the Valkyries“, Rimsky-Korsakovning „Flight of the Bumblebee“ va Aaron Coplandning „Rodeo“ asaridan boʻlimlar keltiriladi. Animatsiyaning Oltin Davrida bir nechta asarlar klassik musiqaga mos ravishda yaratilgan. Mashhur misollar sifatida Walt Disneyning „Fantasia“si, Tom and Jerryning „Johann Mousei“, va Warner Bros.ning „Rabbit of Seville va Whatʼs Opera, Doc?“ asarlari keltiriladi.
Shu bilan birga, kinofilmlar va televideniye koʻpincha nafislik yoki hashamatni ifodalash uchun klassik musiqaning odatiy, klishelashgan parchalaridan foydalanadi. Ushbu kategoriya ichida eng koʻp eshitiladigan asarlarga Bachning „Cello Suite No. 1“, Mozartning „Eine kleine Nachtmusik“, Vivaldining „Four Seasons“, Musorgskiyning „Night on Bald Mountain“ (Rimskiy-Korsakov tomonidan orkestrlangan) va Rossinining „William Tell Overture“ asarlari kiradi. Shawn Vancourning fikricha, 1920-yillarda klassik musiqaning tijoratga aylanishi musiqa sohasiga salbiy taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkin[123].
Taʼlim
tahrir1990-yillarda bir nechta ilmiy maqolalar va ommaviy kitoblar „Mozart effekti“ haqida yozgan. Bu hodisa Mozart musiqasini tinglash natijasida makoniy tafakkur boʻyicha testlarda vaqtincha kichik darajada yaxshilanish kuzatilganini koʻrsatgan. Bu nazariya, Don Campbell kitobida ommalashgan va „Nature“ jurnalida chop etilgan tadqiqotga asoslangan boʻlib, unda Mozartni tinglash oʻquvchilarning IQ darajasini vaqtincha 8—9 ballga oshirishi mumkinligi aytilgan[124]. Bu nazariyaning ommalashgan versiyasini New York Times musiqasi muxbiri Alex Ross qisqacha shunday ifodalagan: „Tadqiqotchilar… Mozartni tinglash sizni aqlli qiladi, deb aniqladilar“[125]. Marketing kompaniyalari bu effektni keltirib chiqaruvchi CDlarni sotishni boshladilar. Floridada davlat maktablarida oʻquvchi bolalarga har kuni klassik musiqa tinglashni majburiy qilishga doir qonun qabul qilindi. 1998-yilda esa Jorjiya shtatining gubernatori har bir Jorjiya shtatida tugʻilgan bolaga klassik musiqa boʻyicha kasset yoki CD tarqatishga 105,000 dollar ajratdi. Biroq, Mozart effekti boʻyicha dastlabki tadqiqotchilardan biri, bu nazariyaning foydasini shubha ostiga olib, shunday degan: „Men buni zararli deb hisoblamayman, lekin menimcha, bu pulni musiqa taʼlimiga sarflash ancha foydaliroq boʻlardi“[126].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Owens 2008, § para. 1.
- ↑ 2,0 2,1 Schulenberg 2000, s. 99.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Schulenberg 2000, s. 100.
- ↑ Schulenberg 2000, ss. 100–101.
- ↑ 5,0 5,1 Schulenberg 2000, ss. 102–104.
- ↑ 6,0 6,1 Schulenberg 2000, ss. 104–105.
- ↑ Schulenberg 2000, s. 110.
- ↑ Schulenberg 2000, s. 113.
- ↑ Owens 2008, § para. 2.
- ↑ Owens 2008, § para. 7.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 Heartz 2001, § para. 1.
- ↑ Mignot, Claude (2017). "Classic". in Cassin, Barbara. Dictionary of Untranslatables: A Philosophical Lexicon. Princeton: Princeton University Press. ISBN 978-0-19-068116-6. https://www.oxfordreference.com/view/10.1093/acref/9780190681166.001.0001/acref-9780190681166-e-48.<!--->
- ↑ Cotgrave, Randle. A Dictionarie of the French and English Tongues. London: Adam Islip, 1611.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 Heartz 2001, § para. 2.
- ↑ McVeigh 2001, § para. 1–4.
- ↑ Weber 1999, s. 345.
- ↑ 17,0 17,1 Heartz 2001, "2. Earlier 'classicisms'": § para. 1.
- ↑ Heartz 2001, "1. The Viennese 'Classical' idiom": § para. 1.
- ↑ Schulenberg 2000, ss. 110–111.
- ↑ "classical (adj.)". Online Etymology Dictionary. https://www.etymonline.com/word/classical#etymonline_v_28167.<!--->
- ↑ Bahrom Madrimov. Musiqa tarixi (Chet el musiqasi tarixi) (o‘zbekcha). Toshkent: Noshir, 2019 — 64-bet. ISBN 978-9943-5485-7-2.
- ↑ Pauly 1988, s. 6.
- ↑ Salaman, Charles K. (1 April 1879). "Classical Music". The Musical Times and Singing Class Circular 20 (434): 200–203. doi:10.2307/3355606. https://zenodo.org/record/2388440. Qaraldi: 7 February 2022.Klassik musiqa]]
- ↑ Kennedy, Michael (1994). The Oxford Dictionary of Music (New nashri). Oxford and New York: Oxford University Press. p. 178. ISBN 978-0-19-869162-4. https://archive.org/details/oxforddictionary0000kenn.
- ↑ Pauly 1988, s. 2.
- ↑ Nettl, Bruno. Heartland Excursions: Ethnomusicological Reflections on Schools of Music. Champaign: University of Illinois Press, 1995 — 3-bet. ISBN 978-0-252-06468-5.
- ↑ 27,0 27,1 Locke 2012, ss. 320–322.
- ↑ Taruskin 2005, "Introduction: The History of What?".
- ↑ Locke 2012, s. 321.
- ↑ Pauly 1988, ss. 3–4.
- ↑ 31,0 31,1 Grout 1973, s. 2.
- ↑ 32,0 32,1 Grout 1973, s. 11.
- ↑ Yudkin 1989, s. 20.
- ↑ Yudkin 1989, ss. 27–28.
- ↑ Yudkin 1989, ss. 28–29.
- ↑ Yudkin 1989, s. 25.
- ↑ Fassler 2014, s. 28.
- ↑ 38,0 38,1 38,2 Reese 1940, s. 4.
- ↑ Fassler 2014, s. 20.
- ↑ 40,0 40,1 Grout 1973, s. 4.
- ↑ Grout 1973, s. 28.
- ↑ Grout 1973, ss. 11, 22.
- ↑ Grout 1973, s. 24.
- ↑ Grout 1973, s. 5.
- ↑ Grout 1973, s. 75.
- ↑ Blanchard, Bonnie; Blanchard Acree, Cynthia. Making Music and Having a Blast!: A Guide for All Music Students. Indiana University Press, 2009 — 173-bet. ISBN 978-0-253-00335-5. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ Guides, Rough. The Rough Guide to Classical Music. Rough Guides UK, 3 May 2010. ISBN 978-1-84836-677-0. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- ↑ Hoppin 1978, s. 57.
- ↑ Bowles 1954, 119 et passim.
- ↑ Sachs, Curt (1940), The History of Musical Instruments, Dover Publications, 260-bet, ISBN 978-0-486-45265-4
- ↑ „rabab (musical instrument)“. Encyclopædia Britannica. 2013-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
- ↑ Encyclopædia Britannica (2009), lira, Encyclopædia Britannica Online, 1 August 2009da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 20 February 2009
- ↑ Grout 1973, s. 61.
- ↑ Grout 1973, ss. 75–76.
- ↑ Grout 1973, ss. 175–176.
- ↑ Grout 1973, ss. 72–74.
- ↑ Grout 1973, s. 222–225.
- ↑ Kirgiss, Crystal. Classical Music. Black Rabbit Books, 2004 — 6-bet. ISBN 978-1-58340-674-8.
- ↑ Grout 1973, ss. 300–32.
- ↑ Grout 1973, ss. 341–355.
- ↑ Kirgiss, Crystal. Classical Music. Black Rabbit Books, 2004 — 6-bet. ISBN 978-1-58340-674-8.
- ↑ Grout 1973, s. 378.
- ↑ R.Tursunova, G.Tursunova. Jahon musiqa tarixi (o‘zbekcha). Toshkent: Voris-nashriyoti, 2017 — 68-bet. ISBN 978-9943-978-65-2.
- ↑ „Baroque orchestral music“. BBC. 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
- ↑ „Cantata“. Encyclopædia Britannica. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
- ↑ „Oratorio“. Encyclopædia Britannica. 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
- ↑ „TheSacredBaroqueintheCatholicWorld“. smarthistory. Qaraldi: 2023-yil 18-may.
- ↑ „Classical Time Period timeline.“ (en). Timetoast timelines (1750-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ I.A.Akbarov. Muzika lugʻati (o‘zbekcha) To‘xtasin G‘ofurbekov: . Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1987 — 139-bet.
- ↑ Grout 1973, s. 463.
- ↑ Ward Kingdon, Martha (1 April 1947). "Mozart and the clarinet". Music & Letters XXVIII (2): 126–153. doi:10.1093/ml/XXVIII.2.126. https://academic.oup.com/ml/article-abstract/XXVIII/2/126/1375956?redirectedFrom=PDF. Qaraldi: 5 November 2017.Klassik musiqa]]
- ↑ Swafford 1992, s. 200.
- ↑ Swafford 1992, s. 201
- ↑ Grout 1973, ss. 595–612.
- ↑ Swafford 1992, s. 201
- ↑ Grout 1973, s. 543.
- ↑ A.X.Trigulova. Xorijiy musiqa adabiyoti (o‘zbekcha). Toshkent: ILM ZIYO, 2009 — 153-bet. ISBN 978-9943-303-96-6.
- ↑ Grout 1973, ss. 634, 641–642.
- ↑ „Romantic music: a beginner's guide – Music Periods“. Classic FM. 2015-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ Swafford 1992, s. 201
- ↑ Pitcher, John (January 2013). "Nashville Symphony". American Record Guide 76 (1): 8–10.
- ↑ „Romantic music: a beginner's guide – Music Periods“. Classic FM. 2015-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „The Wagner Tuba“. The Wagner Tuba. 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-iyun.
- ↑ Robert P. Morgan (1991). Twentieth-century Music: A History of Musical Style in Modern Europe and America. Norton. ISBN 9780393952728.
- ↑ Eero Tarasti, 1979. Myth and Music: A Semiotic Approach to the Aesthetics of Myth in Music. Mouton, The Hague.
- ↑ Károlyi 1994, s. 135
- ↑ Meyer 1994, ss. 331–332
- ↑ Albright 2004, s. 13.
- ↑ McHard 2008, s. 14.
- ↑ 90,0 90,1 Botstein 2001, §9.
- ↑ O. A. Ibrohimov, G‘. M. Xudoyev. Musiqa tarixi (o‘zbekcha). Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 169-bet. ISBN 978-9943-5517-9-4.
- ↑ Metzer 2009, s. 3.
- ↑ Morgan 1984, s. 443.
- ↑ Károlyi 1994, s. 135
- ↑ Meyer 1994, ss. 331–332
- ↑ Sullivan 1995, s. 217.
- ↑ Beard & Gloag 2005, s. 142.
- ↑ "Contemporary" in Du Noyer 2003, s. 272
- ↑ „Job Guide – Classical Musician“. Inputyouth.co.uk. 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ Gabriel Solis, Bruno Nettl. Musical Improvisation: Art, Education, and Society. University of Illinois Press, 2009. p. 150
- ↑ „On Baroque Improvisation“. Community.middlebury.edu. 2015-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ David Grayson. Mozart: Piano Concertos Nos. 20 and 21. Cambridge University Press, 1998. p. 95
- ↑ Tilman Skowronek. Beethoven the Pianist. Cambridge University Press, 2010. p. 160
- ↑ Citron, Marcia J.. Gender and the Musical Canon. CUP Archive, 1993. ISBN 978-0-521-39292-1. .Andoza:Page needed
- ↑ Citron, Marcia J.. Gender and the Musical Canon. CUP Archive, 1993. ISBN 978-0-521-39292-1. .Andoza:Page needed
- ↑ Abbey Philips. „The history of women and gender roles in music“. Rvanews.com (2011-yil 1-sentyabr). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ Abbey Philips. „The history of women and gender roles in music“. Rvanews.com (2011-yil 1-sentyabr). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „The world's greatest orchestras“. gramophone.co.uk (2012-yil 24-oktyabr). 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-aprel.
- ↑ James R. Oestreich, "Berlin in Lights: The Woman Question" (Wayback Machine saytida 19 November 2007 sanasida arxivlangan), Arts Beat, The New York Times, 16 November 2007
- ↑ WDR 5, "Musikalische Misogynie", 13 February 1996, transcribed by Regina Himmelbauer (Wayback Machine saytida 22 December 2019 sanasida arxivlangan); translation by William Osborne (Wayback Machine saytida 18 July 2021 sanasida arxivlangan)
- ↑ „The Vienna Philharmonic's Letter of Response to the Gen-Mus List“. Osborne-conant.org (1996-yil 25-fevral). 2018-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
- ↑ Hannah Levintova. „Here's Why You Seldom See Women Leading a Symphony“. Mother Jones. 2015-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ Burton, Clemency „Culture – Why aren't there more women conductors?“. BBC (2014-yil 21-oktyabr). 2015-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ Andoza:Cite Grove
- ↑ See, for example, Andoza:Cite Grove
- ↑ Notable examples are the Hooked on Classics series of recordings made by the Royal Philharmonic Orchestra in the early 1980s and the classical crossover violinists Vanessa Mae and Catya Maré.
- ↑ Carew, Francis Wayne (1 January 2018). The Guitar Voice of Randy Rhoads (Master of Arts). Wayne State University. 1–2-bet. 29 March 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2 October 2019.
- ↑ Walser, Robert (October 1992). "Eruptions: heavy metal appropriations of classical virtuosity". Popular Music 11 (3): 263–308. doi:10.1017/s0261143000005158. ISSN 0261-1430.
- ↑ Yeomans, David. Piano Music of the Czech Romantics: A Performer's Guide. Indiana University Press, 2006 — 2-bet. ISBN 978-0-253-21845-2.
- ↑ Stevens, Haley; Gillies, Malcolm. The Life and Music of Béla Bartók. Oxford: Clarendon Press, 1993 — 129-bet. ISBN 978-0-19-816349-7.
- ↑ Bakst, James „Khachaturyan“, . A History of Russian-Soviet Music, Reprint, Westport, Connecticut: Greenwood Press, 1977 — 336-bet. ISBN 0837194229.
- ↑ Rosenberg, Kenyon C. „Khachaturian, Aram“, . A Basic Classical and Operatic Recordings Collection for Libraries. Metuchen, New Jersey: Scarecrow Press, 1987 — 112-bet. ISBN 9780810820418.
- ↑ Vancour, Shawn (March 2009). "Popularizing the Classics: Radio's Role in the Music Appreciation Movement 1922–34.". Media, Culture & Society 31 (2): 19. doi:10.1177/0163443708100319.
- ↑ Steele, Kenneth M.; Bella, Simone Dalla; Peretz, Isabelle; Dunlop, Tracey; Dawe, Lloyd A.; Humphrey, G. Keith; Shannon, Roberta A.; Kirby, Johnny L. et al. (1999). "Prelude or requiem for the 'Mozart effect'?". Nature 400 (6747): 827–828. doi:10.1038/23611. PMID 10476959. https://libres.uncg.edu/ir/asu/f/Steele_KM_1999_Prelude_or_Requiem.pdf. Qaraldi: 17 February 2022.Klassik musiqa]]
- ↑ Ross, Alex. "Classical View; Listening To Prozac... Er, Mozart" (Wayback Machine saytida 17 February 2022 sanasida arxivlangan), The New York Times, 28 August 1994. Retrieved on 16 May 2008.
- ↑ Goode, Erica. "Mozart for Baby? Some Say, Maybe Not" (Wayback Machine saytida 17 February 2022 sanasida arxivlangan), The New York Times, 3 August 1999. Retrieved on 16 May 2008.
Adabiyotlar
tahrirKitoblar
tahrir- Albright, Daniel. Modernism and Music: An Anthology of Sources. Chicago: University of Chicago Press, 2004. ISBN 0-226-01267-0.
- Beard, David; Gloag, Kenneth. Musicology: The Key Concepts. London: Routledge, 2005. ISBN 978-0-415-31692-7.
- Burkholder, J. Peter; Grout, Donald Jay; Palisca, Claude V.. A History of Western Music, 9th, New York: W. W. Norton & Company, 2014. ISBN 978-0-393-91829-8.
- The Illustrated Encyclopedia of Music: From Rock, Pop, Jazz, Blue, and Hip-Hop to Classical, Folk, World, and More. London: Flame Tree, 2003. ISBN 978-1-904041-70-2.
- Fassler, Margot. Music in the Medieval West, 1st, Western Music in Context: A Norton History, New York: W. W. Norton & Company, 2014. ISBN 978-0-393-92915-7.
- Grout, Donald Jay. A History of Western Music. New York: W. W. Norton & Company, 1973. ISBN 978-0-393-09416-9.
- Hanning, Barbara Russano. Concise History of Western Music, 2nd, New York: W. W. Norton & Company, 2002. ISBN 0-393-97775-7.
- Hoppin, Richard. Medieval Music, 1st, The Norton Introduction to Music History, New York: W. W. Norton & Company, 1978. ISBN 978-0-393-09090-1.
- Károlyi, Ottó. Modern British Music: The Second British Musical Renaissance – From Elgar to P. Maxwell Davies. Madison: Fairleigh Dickinson University Press, 1994. ISBN 0-8386-3532-6.
- McHard, James L.. The Future of Modern Music: A Philosophical Exploration of Modernist Music in the 20th Century and Beyond, 3rd, Livonia: Iconic Press, 2008. ISBN 978-0-9778195-1-5.
- Metzer, David Joel. Musical Modernism at the Turn of the Twenty-first Century, Music in the Twentieth Century 26. Cambridge: Cambridge University Press, 2009. ISBN 978-0-521-51779-9.
- Meyer, Leonard B.. Music, the Arts, and Ideas: Patterns and Predictions in Twentieth-Century Culture, 2nd, Chicago: University of Chicago Press, 1994. ISBN 0-226-52143-5.
- Pauly, Reinhard G.. Music in the Classic Period, 1st, Englewood Cliffs: Prentice Hall, 1988.
- Reese, Gustave. Music in the Middle Ages: With an Introduction on the Music of Ancient Times. Lanham, Maryland: W. W. Norton & Company, 1940. ISBN 978-0-393-09750-4.
- Stolba, K Marie. The Development of Western Music: A History, 3rd, New York: McGraw-Hill Companies, 1998. ISBN 0-697-29379-3.
- Sullivan, Henry W.. The Beatles with Lacan: Rock 'n' Roll as Requiem for the Modern Age, Sociocriticism: Literature, Society and History Series 4. New York: P. Lang, 1995. ISBN 0-8204-2183-9.
- Swafford, Jan. The Vintage Guide to Classical Music. New York: Vintage Books, 1992. ISBN 978-0-679-72805-4.
- Taruskin, Richard. Oxford History of Western Music. New York: Oxford University Press, 2005. ISBN 978-0-19-516979-9.
- Weber, William „The History of Musical Canon“, . Rethinking Music. Oxford: Oxford University Press, 1999 — 336–355-bet. ISBN 978-0-19-879003-7.
- Yudkin, Jeremy. Music in Medieval Europe, 1st, Upper Saddle River: Prentice Hall, 1989. ISBN 978-0-13-608192-0.
Jurnal va ensiklopedik maqolalar
tahrir- Botstein, Leon (2001). "Modernism". Grove Music Online. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.40625. ISBN 978-1-56159-263-0. https://www.oxfordmusiconline.com/grovemusic/view/10.1093/gmo/9781561592630.001.0001/omo-9781561592630-e-0000040625. Andoza:Grove Music subscription
- Bowles, Edmund A. (1954). "Haut and Bas: The Grouping of Musical Instruments in the Middle Ages". Musica Disciplina 8: 115–140.
- Gampel, Alan (2012). "Papyrological Evidence of Musical Notation From the 6th to the 8th Centuries". Musica Disciplina 57: 5–50.
- Heartz, Daniel (2001). "Classical". Grove Music Online. Revised by Bruce Alan Brown. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.05889. ISBN 978-1-56159-263-0. https://www.oxfordmusiconline.com/grovemusic/view/10.1093/gmo/9781561592630.001.0001/omo-9781561592630-e-0000005889. Andoza:Grove Music subscription
- Locke, Ralph P. (2012). "On Exoticism, Western Art Music, and the Words We Use". Archiv für Musikwissenschaft 69 (H. 4): 318–328. doi:10.25162/afmw-2012-0028.
- McVeigh, Simon (2001). "London (i)". Grove Music Online. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.16904. ISBN 978-1-56159-263-0. https://www.oxfordmusiconline.com/grovemusic/view/10.1093/gmo/9781561592630.001.0001/omo-9781561592630-e-0000016904. Andoza:Grove Music subscription
- Morgan, Robert P. (1984). "Secret Languages: The Roots of Musical Modernism". Critical Inquiry 10 (3): 442–461. doi:10.1086/448257.
- Schulenberg, David (2000). "History of European Art Music". The Garland Encyclopedia of World Music: Europe. Abingdon-on-Thames: Routledge. 99–119 b. ISBN 0-8240-6034-2.
- Owens, Tom C. (2008). Stearns, Peter N.. ed. The Oxford Encyclopedia of the Modern World. Oxford: Oxford University Press. ISBN 978-0-19-517632-2. https://www.oxfordreference.com/view/10.1093/acref/9780195176322.001.0001/acref-9780195176322-e-320?rskey=HyY0tY&result=3.
Qoʻshimcha oʻqish
tahrir- Classical Music: Contemporary Perspectives and Challenges. Cambridge: Open Book Publishers, 2021. ISBN 978-1-80064-116-7.
- Bryant, Wanda (2000). "Ancient Greek Music". The Garland Encyclopedia of World Music: Europe. Abingdon-on-Thames: Routledge. 77–79 b. ISBN 0-8240-6034-2.
- Hanning, Barbara Russano. Concise History of Western Music, 2nd, New York: W. W. Norton & Company, 2002. ISBN 0-393-97775-7.
- Johnson, Julian. Who Needs Classical Music?: Cultural Choice and Musical Value. Oxford: Oxford University Press, 2002.
- Kramer, Lawrence. Why Classical Music Still Matters, Simpson Book in the Humanities. Berkeley: University of California Press, 2007. ISBN 978-0-520-25082-6.
- Nettl, Bruno (2000). "The Role of History in Contemporary European Art-Music Culture". The Garland Encyclopedia of World Music: Europe. Abingdon-on-Thames: Routledge. 89–98 b. ISBN 0-8240-6034-2.
- Nettl, Bruno (2014). "Music". Grove Music Online. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.40476. ISBN 978-1-56159-263-0. https://www.oxfordmusiconline.com/grovemusic/view/10.1093/gmo/9781561592630.001.0001/omo-9781561592630-e-0000040476. Andoza:Grove Music subscription
- The Harvard Dictionary of Music, 4th, Cambridge: Harvard University Press, 2003. ISBN 978-0674011632.
- Scholes, Percy. The New Oxford Companion to Music. Oxford: Oxford University Press, 1988. ISBN 0-19-311316-3.
- Seebass, Tilman (2000). "Notation and Transmission in European Music History". The Garland Encyclopedia of World Music: Europe. Abingdon-on-Thames: Routledge. 80–88 b. ISBN 0-8240-6034-2.
- Stolba, K Marie. The Development of Western Music: A History, 3rd, New York: McGraw-Hill Companies, 1998. ISBN 0-697-29379-3.
Havolalar
tahrir- Grove Music Online – online version of The New Grove Dictionary of Music and Musicians.
- MGG Online – online version of Die Musik in Geschichte und Gegenwart
- Historical classical recordings from the British Library Sound Archive
- Official ClassicalMusicOnly WebSite