Jean de La Fontaine(1621.8.7, Shato—Tyerri, Shampan – 1695.13.4, Parij) – fransuz shoiri, masalchi. Fransiya akademik aʼzosi (1684-yildan). Mashhur „Psixeya va Kupidonning muhabbati“ (1669) qissasiga „Ming bir kecha“ ertaklari hamda Apuley (miloddan avvalgi 2-asr) ning „Metamorfozalar“ asari asos boʻlgan. La Fontenning masal janridagi asarlari koʻproq shuhrat qozongan. „Sheʼriy ertak va hikoyalar“ (1—5-kitoblar, 1665—85), „Masallar“ (1 – 12-kitoblar, 1668—94) toʻplamlarida oʻtkir hajvchi, yirik mutafakkir, adabiyotda Uygʻonish davri anʼanalarining davomchisi sifatida maydonga chikdi. Uning antik davr, Yevropa hamda Sharq adabiyoti („Kalila va Dimna“ va boshqalar), shuningdek, xalq donishmandligidan ruhlanib yaratgan masallari zamonaviyligi, oʻtkir hajvi, tavsiflarning yorqinligi bilan jahon satirik adabiyoti xazinasini boyitdi. Oʻzbek va rus masalchiligi rivojida ham La Fonten ijodining muhim oʻrni bor. „Kosib va doʻkondor“ masali oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1984)[2].

Jan de La Fonten

Portret Hyacinthe Rigaud
(Carnavalet muzeyi)
Tavalludi 8-iyul 1621[1]
Vafoti 13-aprel 1695[1]
Neuilly-sur-Seine, Ile-de-France, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Fabulist, shoir
Bolalari 1 ta
Otasi Charles de la fontaine
Onasi Françoise Pidoux
Imzosi

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Tashqi havolalar

tahrir