Klishe (frans. cliche) — illyustratsiya (rasm, reproduksiya, baʼzan matn) lardan matbaa usulida nusxa koʻchirish uchun moʻljallangan bosma forma (krlip); fotogʻrafik, kimyoviy, galvanotexnika yoki oʻymakorlik usullarida sirtiga boʻrtma (relyefli) tasvir tushirilgan metall (rux, jez, mis) plastinka. Baʼzan, yogʻoch, linoleum va plastmassadan ham tayyorlanadi. K.lar shtrixli, rastrli va kombi-natsiyalashgan boʻladi. Shtrixli K. tasvir elementlari (pero va boshqalarda chizilgan chizma, rasm) bir tekis tushirilgan originallardan nusxa koʻchirishda, rastrli (yarim tonli) K. esa elementlari turli tondagi tasvirlar (fotosurat, akvarel, moy-boʻyokli surat va boshqalar) dan nusxa koʻchirishda ishlatiladi. K. fotomexaniq (qarang Avtotipiya) yoki elektromexaniq usulda, fotopolimerizatsiya usulida tayyorlanadi. K. mayda kristalli rux, magniy, kamdan-kam mis va alyuminiydan tayyorlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil