Palitra (frans. palette) — 1) rassom ishlash jarayonida boʻyoqlarni aralashtiradigan moslama (P.da rassom boʻyoklarni aralashtirib yaratayotgan asari uchun kerakli rangni hosil qiladi); yogʻoch, metall, chinni (fayans)dan yupqa qilib toʻrtburchak yoki oval shaklida tayyorlanadi; 2) koʻchma maʼnoda — rassomningrangtasvir (ranglar tanlash va ishlatish) uslubi hamda alohida rangtasvir asari uchun xos boʻlgan ranglar toʻplami. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil