Intermediya
Intermediya (lot. Intermedius — oraliq) — 1) kichik, koʻpincha hajviy yoʻnalishdagi pyesa; dramatik spektakl oraligʻida (koʻpincha musiqa va balet oʻyinlari bilan uygʻun holda) ijro etiladigan musiqali drama yoki opera. Dramaturgiya va teatr sanʼati paydo boʻlishidan koʻp asrlar avval jahon xa-lqlari ogʻzaki ijodida yaratilgan. I. 15-asrdan Gʻarbiy Yevropa teatrlariga ham koʻchib, 17—18-asrlarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda I. atamasi isteʼmolda boʻlmagan boʻlsada, unga xos barcha belgilar qad. zamonlarda yaratilgan ogʻzaki pyesalarda mavjud boʻlgan. Masharabozlik, qiziqchilik va qoʻgʻirchoq teatrlarining ijodkorlari bunday pyesalar matnlarini oʻzlari yaratib, oʻzlari keng xalq ommasi oldida namoyish etganlar. Teatrshunos olimlar Oʻzbekistonda xalq dramaturgiyasi va teatri (Birdiyor shum, Rizo qiyiq, Usmon qiziq, Roʻzigov, Shomat qiziq, Yusufjon qiziq va b.) namoyandalaridan "Maqtanchoq kishi", "Er va xotin", "Mudarris", "Sudxoʻr", "Sarkardalar", "Uylanish" va b. I. — pyesalar matnlarini yozib olganlar. Oʻzbekistonda 20-asrning 10— 20-y.larida oʻtkazilgan "Tomosha kecha-si", "Teatr kechasi", "Sharq kechasi" kabi madaniy-oqartuv tadbirlarida, teatr toʻdalari tomonidan qoʻyilgan spektakllar oraligʻida ham I.lar koʻrsatilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston televideniyesida "Miniatyuralar teatri", radiosida "Tabassum ustaxonasi" boʻlimlari tashkil etilgan. E. Karimov, R. Karimova, h. Tojiboyev, M. Xolmedov, O. Asomov va b. artistlar I.ning mohir ijrochilaridir; 2) Fugyada mav-zularni hozirlovchi va bogʻlovchi oraliqepizod; baʼzan interlyudiya deb ham ataladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |