Henry Purcell
PYORSELL (Purcell) Genri(taxminan 1659 – London – 1695.21.11) – ingliz kompozitori va organchi. Milliy kompozitorlik maktabi namoyandasi, milliy opera asoschisi („Didona va Eney“, 1689). Uygʻonish davri imitatsiyali hamda yordamchi ovozli polifoniya vositalari bilan rang-barang garmoniya hamda gomofoniya unsurlarini oʻziga xos tarzda chatishtirib, yaxlit uslub yaratgan. Kuylar xalkchilligi va nafisligi, ingliz ogʻzaki nutqi intonatsiyalarini mahorat bilan qayta ishlaganligi bilan ajralib turadi. Qoʻshiqlar, xor va musikali teatr asarlari, kamer-cholgʻu asar (triosonata, fantaziya, pyesa)lar va boshqa muallifi. Angliyada bi-rinchi boʻlib Sharq mavzulariga muro-jat etgan: „Hindlar qirolichasi“ ope-rasi (1695), „Abdulazir, yoxud Mavr qasdi“ pyesasiga musiqasi (1695) va boshqa 1876-yildan Angliyada P. jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |