Kontrabas
Kontrabas (italyancha: „contrabasso“) — skripkalar oilasiga mansub sozlarning eng kattasi (boʻyi 2 m gacha), eng past ovozli torli-kamonli musiqa cholgʻusi. XVII asr oʻrtasida italyan musiqa ustasi M.Todini ixtiro qilgan. Kvarta oraligʻida sozlanadigan 4 tori bor (Ye,— A,—D—G). Kontrabas koʻproq orkestr va ansamblda, baʼzan yakkanavoz soz sifatida qoʻllanadi. Mashhur virtuozlar — J.Bottezini (Italiya), E.Nanni (Fransiya), S.Kusevitskiy, R.Azarxin (Rossiya) va boshqalar. Boshqa musiqa asboblarining eng yoʻgʻon ovozli turlari ham kontrabas deb ataladi (masalan, tuba-kontrabas, trombon-kontrabas, balalayka-kontrabas). Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun qayta ishlangan sozlar orasida dutor-kontrabas, gʻijjak-kontrabaslar mavjud[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |