Walt Disney (talaffuzi: Uolt Disney; tugʻilgan paytidagi ismi Walter Elias Disney (talaffuzi: Uolter Elayas Disney); 1901-yil 5-dekabr, Chikago — 1966-yil 15-dekabr, Burbank) — amerikalik kinorejissor-multiplikatori, rassom va produser. Produser sifatida 59 nominatsiyada Oscar mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilib, ularning 22 tasida esa gʻolib boʻlgan[1]. Bundan tashqari, uch marotaba Oltin globus, bir marotaba Emmy mukofoti bilan taqdirlangan[2]. Disney 1919-yildan kino sohasida ishlagan. Qisqa metrajli „Steamboat Willie“ („Willie kemasi“) (1928) ovozli multfilmi bilan AQSh kinematografiyasida tovush va harakatni sinxronlashtirish usulini ishlab chiqqan. Disney birinchilardan boʻlib qahramonlari (oʻrdak Donald Duck, sichqon Mickey Mouse va boshqalar) boʻlgan qisqa metrajli filmlarni suratga oldi. 1933-yilda AQShda birinchi boʻlib uch rangli film yaratdi. Uning yirik filmlari: „Oppogʻoy va yetti gnom“, „Bambi“, „Uyqudagi malika“, „101 ta dalmatin“ va boshqa Disney folklor va etnografiyaga, hayvonlar va oʻsimliklar dunyosiga oid hujjatli filmlarning ham muallifi. Filmlari Oʻzbekistonda ham namoyish etilgan. Disneyning Anaheim shahrida ochgan „Disneyland“ (1955) bolalar bogʻi juda mashhur. Undagi qator texnik attraksionlar Disney filmlaridagi obrazlarni aks ettiradi.

Walt Disney
Walt Disney 1946.JPG
Disney 1946-yilda
Tavalludi
Walter Elias Disney

5-dekabr 1901-yil
Vafoti 15-dekabr 1966-yil(1966-12-15)
(65 yoshda)
Burbank, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Animator
  • film produser
  • rejissor
Turmush oʻrtogʻi
Lillian Disney (turm. 1925)
Otasi Elias Disney
Onasi Flora Call Disney
Bolalari 2
Imzo
Walt Disney 1942 signature.svg

ManbalarTahrirlash

  1. „Nominee Facts – Most Nominations and Awards“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences. 2-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2013-yil.
  2. „Awards & Nominations: Walt Disney“. Academy of Television Arts & Sciences. 31-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2016-yil.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash