Kontrapunkt (lot. punctum contra punctum — nuqtaga qarshi nuqta) — 1) keng maʼnoda — polifoniyanit aynan oʻzi, koʻp ovozli musiqa tizimining asosiy turlaridan biri, ovozlarning oʻzaro tengligiga asoslanadi; 2) tor maʼnoda — ikki va undan ortiq mustaqil va tugal kuylarning birdaniga yoki ketma-ket sadolanishi, ularning muayyan musiqiy-estetik qoidalarga binoan birikishi. Kontrapunktning oddiy va bir necha murakkab turlari mavjud. Agar boshlangʻich kuylar birikmasi bir yoxud bir necha hosila birikmalarini yuzaga kelishi uchun imkoniyat bersa-murakkab kontrapunkt, kontrapunkt tarkibidagi kuylar oʻrin almashuvchan boʻlsa siljuvchan kontrapunkt, kuylar oxiridan oldiga qarata bayon etilsa aylanuvchan kontrapunkt deb ataladi; 3) polifoniyaning ilk koʻrinishlaridan biri. Unda turli ovozlarda davomiyligi jihatidan oʻzaro teng boʻlgan tovushlar birdaniga yangrab, bir xil nota belgi (nuqta)lar bilan yoziladi (nomi shundan); 4) mazkur sohalarni amaliy-ijodiy va nazariy jihatdan oʻrganuvchi taʼlimot va oʻquv fani.

Adabiyot

tahrir
  • Taneyev S, Podvijnoy kontrapunkt strogogo pisma, M., 1959; Qurbonov T., Polifoniya, T., 1991.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil