Barokko davri musiqasi
Bu maqola ayni damda Diyora Iskandarova (munozara) 18:02, 2024-yil 17-dekabr (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 12:18, 18-dekabr 2024 (UTC) (11 daqiqa avval) da tahrir qilingan. |
"Barokko davri musiqasi" (BB: /bəˈrɒk/ yoki AQSh: /bəˈroʊk/) taxminan 1600-yildan 1750-yilgacha davom etgan va Gʻarb klassik musiqasining yuksak rivojlanish davrlaridan biri hisoblanadi[1]. Barokko davri uch asosiy bosqichga boʻlinadi: ilk (1580-1650), oʻrta (1630-1700) va soʻnggi (1680-1750) davrlar. „Barokko“ atamasi portugalcha "barroco" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „notoʻgʻri shakldagi marvarid“ degan maʼnoni anglatadi[2].
Barokko musiqasi klassik musiqa merosining muhim qismi boʻlib, bugungi kunda ham keng koʻlamda oʻrganilmoqda va ijro etilmoqda. Ushbu davrning eng mashhur bastakorlari orasida Antonio Vivaldi, Georg Fridrix Gendel va Johann Sebastian Bach bor boʻlib, ularning asarlari barokko davrining eng yuksak choʻqqisi sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, Claudio Monteverdi, Domenico Scarlatti, Alessandro Scarlatti, Alessandro Stradella, Tomaso Albinoni, Johanna Pachelbel, Henry Purcell, Georg Philipp Telemann, Jean-Baptiste Lully, Jean-Philippe Rameau, Jean-Philippe Rameau, Marc-Antoine Charpentier, Arcangelo Corelli, François Couperin, Johann Hermann Schein, Heinrich Schütz, Samuel Scheidt, Dieterich Buxtehude, Gaspar Sanz, José de Nebra, Antonio Soler, Carlos Seixas, Adam Jarzębski, Jan Dismas Zelenka, Heinrich Ignaz Franz Biber va Giovanni Battista Pergolesi kabi boshqa koʻplab bastakorlar ham bu davrning rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan,
Barokko davri Gʻarb musiqasida umumiy amaliyot tonalligining shakllanishiga asos boʻldi. Bu yondashuv musiqiy asarlarni maʼlum bir tonallikda (masalan, Do major yoki Re minor) yozishni anglatadi. Garmoniyaning ushbu turi bugungi kunda ham klassik va ommabop musiqasida keng qoʻllanilmoqda. Barokko davri musiqachilari yakkaxon kuylar va joʻrovoz qismlarini ijro etishda mohirona improvizatsiya qilishlari talab qilingan. Konsertlarda basso continuo deb ataluvchi guruh muhim rol oʻynagan. Ushbu guruhga akkordlarni improvizatsiya qiluvchi klavessinchilar va lyutnyachilar, shuningdek, bas chizigʻini ijro etuvchi viola da gamba, violonchel va kontrabas kabi cholgʻular kirgan. Raqs syuitasi barokko davrining eng muhim musiqiy shakllaridan biri edi. Bu syuitadagi qismlar raqs musiqasidan ilhomlangan boʻlsa-da, ular raqqoslarga joʻr boʻlish uchun emas, tinglash uchun moʻljallangan edi.
Ushbu davr mobaynida koʻplab yangiliklar amalga oshirildi. Jumladan, bastakorlar har bir cholgʻu qismi uchun toʻliq va boy tovush topishga harakat qilishdi va shu tariqa orkestr yaratildi[2]. Raqamli bas joriy etilib, akkord progressiyalarini tez va aniq yozib olish imkoniyati paydo boʻldi, shuningdek, ijro texnikalari takomillashtirilib, cholgʻu asboblari ijrosi yanada murakkab va keng koʻlamli boʻlib qoldi.
Barokko davrida aralash vokal va cholgʻu janrlari (masalan, opera, kantata, oratoriya), shuningdek, yakkaxon konsert va sonata kabi cholgʻu janrlari shakllandi. Polifoniya, yaʼni bir vaqtning oʻzida bir nechta mustaqil kuy chiziqlarining ijrosi, barokko davri musiqasining ajralmas qismi edi. Masalan, fuga – murakkab polifonik shakl – ushbu davrning eng yorqin misollaridan biridir. Umuman olganda, barokko musiqasi ijodiy ifoda va muloqot vositasi sifatida xizmat qilgan, shu orqali oʻz davrining estetik va hissiy talablariga javob bergan[1].
Etimologiya va taʼrifi
tahrir„Barokko“ soʻzining kelib chiqishi portugalcha "barroco" soʻziga borib taqaladi. Bu soʻz dastlab „notoʻgʻri shakldagi marvarid“ maʼnosini anglatgan. Shuningdek, fransuzcha "baroque" soʻzi ham bu atamaga asos boʻlgan[3].
„Barokko“ atamasi odatda musiqa tarixchilari tomonidan asosan Yevropada, taxminan 150 yil davomida keng geografik hududda yaratilgan turli uslublarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi[1]. Bu soʻz tanqidiy atama sifatida birinchi marta arxitekturaga nisbatan qoʻllanilgan deb uzoq vaqt hisoblangan boʻlsa-da, aslida u musiqaga nisbatan oldinroq, 1733-yil oktyabrida Rameoʻning „Ippolit va Arisiya“ operasi premyerasining anonim, hajviy sharhida paydo boʻlgan. Bu sharh 1734-yil mayda „Mercure de France“da chop etilgan. Tanqidchi bu operadagi yangilik „du barocque“ ekanligini taʼkidlab, musiqaning izchil ohangga ega emasligidan, uzluksiz dissonanslar bilan toʻldirilganligidan, doimiy ravishda tonallik va oʻlchovni oʻzgartirishidan hamda barcha kompozitsion usullarni tez qoʻllashidan norozilik bildirgan[4].
Musiqachi, bastakor va faylasuf an-Jak Russo 1768-yilda „Ensiklopediya“sida barokko musiqasini „garmoniyasi chalkash, modulyatsiyalar va dissonanslar bilan toʻldirilgan musiqa“ deb tasvirlagan[5]. U bu atamani, ehtimol, XIII asrda murakkab va baʼzilar uchun keraksiz darajada chigal boʻlgan akademik mulohazalarni tasvirlash uchun ishlatilgan barokko falsafiy atamasiga oʻxshash deb hisoblagan[6][7].
„Barokko“ atamasining musiqaga nisbatan tizimli qoʻllanilishi esa nisbatan yaqinda, 1919-yilda Kurt Zaks tomonidan Geynrix Volflinning barokko nazariyasining beshta xususiyatini musiqaga tatbiq etishi bilan boshlanadi[8]. Biroq, tanqidchilar Volflin toifalarini musiqaga oʻtkazishga urinishni tezda shubha ostiga olishdi. Keyinchalik, 20-asrning ikkinchi yarmida Manfred Bukofzer va Syuzanna Klerks-Lejeune musiqani tasviriy sanʼat va adabiyotdan ajratib, mustaqil texnik tahlilga eʼtibor qaratdilar. Ingliz tilida bu atama faqat 1940-yillarda, Bukofzer va Pol Genri Langning asarlarida namoyon boʻldi[1].
1960-yillarning oxirlariga kelib, ilmiy doiralarda, xususan Fransiya va Britaniyada, Jacopo Peri, Domenico Scarlatti va Johann Sebastian Bach asarlaridagi barokko musiqasining xilma-xilligi haqida hali ham bahslar davom etgan boʻlsa-da, bu atama musiqaning keng doirasiga qoʻllanila boshladi[1]. Barokko musiqasini Uygʻonish va Klassik davrlaridan ajratib koʻrish foydali hisoblanadi.
Tarixi
tahrirBarokko davri mobaynida musiqadagi yangiliklar dastlab Italiyada paydo boʻlgan. Soʻngra, bu yangiliklar Gʻarbiy klassik musiqa amaliyotining boshqa hududlariga yoyilishi uchun 20 yilgacha vaqt ketgan. Masalan, italiyalik bastakorlar 1730-yillar atrofida galant uslubiga oʻtgan, Johann Sebastian Bach kabi nemis bastakorlari esa 1750-yilgacha barokko uslubida ijod qilishni davom ettirdilar[9][10].
Kichik davr | Vaqt | Italiyada | Boshqa joyda |
---|---|---|---|
Ilk barokko davri | 1580-1650 | ||
Oʻrta barokko davri | 1630-1700 | ||
Soʻnggi barokko davri | 1680-1750 |
Ilk barokko davri musiqasi (1580-1650)
tahrirFlorentine Camerata (Camerata deʼ Bardi) kechki Uygʻonish davri Florensiyasidagi gumanistlar, musiqachilar, shoirlar va ziyolilardan iborat guruh boʻlib, ular graf Giovanni deʼ Bardining homiyligida sanʼat, xususan, musiqa va drama yoʻnalishlarini muhokama qilish va ularga yoʻnaltirish berish uchun yigʻilishgan. Musiqaga kelganda, ular oʻz qarashlarini qadimgi yunon musiqiy dramasi tushunchasiga asoslagan boʻlib, unda nutq va notiqlikka katta eʼtibor berilgan edi[12]. Shu sababli, ular zamondoshlari qoʻllab kelgan polifoniya (bir nechta mustaqil melodik chiziqlar) va cholgʻu musiqasidan foydalanishni rad etishdi. Buning oʻrniga, qadimgi yunon musiqasida uchraydigan monodiya kabi uslublarni oʻrganishdi. Monodiya, asosan, kithara (qadimgi torli cholgʻu asbobi) joʻrligida yakkaxon kuylashdan iborat edi[13]. Ushbu gʻoyalarning dastlabki amaliyoti Yakopo Perining „Dafne“ va „L’Euridice“ kabi asarlarida namoyon boʻldi[14].Mazkur asarlar opera janrining shakllanishini boshlab berdi va barokko musiqasi rivojlanishiga kuchli turtki boʻldi[15].
Musiqa nazariyasiga oʻlaroq, figurali bass polifoniyaning chiziqli asosi sifatida garmoniyaning rivojlanayotgan ahamiyatini aks ettiradi[16]. Garmoniya kontrpunktning natijasi boʻlib, figurali bass esa musiqiy ijroda keng qoʻllaniladigan ushbu uygʻunliklarning vizual tasviridir. Figurali bassda raqamlar, bekor qiluvchi belgilar yoki ramzlar bas chizigʻining ustiga qoʻyiladi va ular klavishli cholgʻu ijrochilari, masalan, klavesin yoki organ chaluvchilar (yoki lyutnada chaluvchilar) tomonidan oʻqiladi. Ushbu raqamlar, bekor qiluvchi belgilar yoki ramzlar ijrochi har bir bas notasi ustida qanday intervallarni chalishini koʻrsatadi. Klavishli cholgʻu ijrochisi esa har bir bas notasi uchun akkord ovozini improvizatsiya qiladi[16]. Bastakorlar garmonik rivojlanishlarga eʼtibor bera boshladilar[17] va triton kabi beqaror intervalni dissonans yaratish uchun ishlatdilar. Triton dominant yettinchi akkordda va kamaytirilgan akkordlarda qoʻllanilgan[18]. Uygʻonish davrining ayrim bastakorlari, xususan Karlo Gesualdo ham garmoniyaga qiziqish bildirgan[19]. Shunga qaramay, barokko davriga oʻtishda garmoniya modallikdan koʻra tonallikka yoʻnaltirildi. Tonallik asarning „asosiy notasi“ sifatida qaraladigan musiqiy kalitga asoslanadi[20]. Bu yondashuv shuni koʻrsatdiki, maʼlum bir akkord ketma-ketliklari, faqat notalar emas, asarning oxirida yakunlanganlik hissini bera oladi. Bu tushuncha tonallik deb ataladigan musiqiy nazariyaning asosiy gʻoyalaridan biriga aylandi.
Ushbu kompozitsiyaning yangi jihatlarini oʻz ichiga olgan holda, Klaudio Monteverdi musiqaning Uygʻonish davri uslubidan barokko davri uslubiga oʻtishini yanada jadallashtirdi. U kompozitsiyaning ikkita alohida uslubini ishlab chiqdi: Uygʻonish davri polifoniyasi merosi sifatida tanilgan prima pratica va barokko davrining yangi basso continuo texnikasiga asoslangan seconda pratica. Basso continuo uslubida musiqachilarning kichik guruhi bas chizigʻini ijro etib, ohang uchun joʻrlikni tashkil etuvchi akkordlarni chalardi. Ushbu ansambl odatda bir yoki bir nechta klaviatura ijrochilari (masalan, klavesin yoki organ chaluvchilar) va lyut ijrochisidan iborat boʻlib, ular bas chizigʻini chalib, akkordlarni improvizatsiya qilishardi. Bundan tashqari, bir nechta bas cholgʻulari (masalan, bas viola, violonchel yoki kontrabas) bas chizigʻini mustahkamlaydi. Monteverdi, xususan, „L’Orfeo“ va „L’incoronazione di Poppea“ kabi operalarni yozish orqali ushbu yangi janrga katta eʼtibor qaratdi. Bu Venetsiya uslubi Germaniyaga Genrix Shyuts tomonidan olib kirildi, uning xilma-xil uslubi esa keyingi davr musiqasining rivojlanishiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi[21].
Cholgʻu ijrosiga xos oʻziga xos uslublar tobora koʻproq eʼtiborga sazovor boʻla boshladi. Ayniqsa, style luthé – akkord rivojlanishlarining tartibsiz va kutilmagan buzilishi (muntazam buzilgan akkordlardan farqli ravishda) – 20-asr boshidan boshlab style brisé deb atalib, Robert Ballard tomonidan 1611 va 1614-yillardagi lyut kitoblarida[22][23] hamda Ennemond Gaultier tomonidan Fransuz musiqa anʼanasida izchil uslub sifatida oʻrnatildi[24]. shbu xos lyut figuratiyasi keyinchalik klavesinlarga ham oʻtkazildi, masalan, Lui Kuperen va Jan-Anri D’Anglebertning klaviatura musiqasida, va 18-19-asrlar davomida klaviatura musiqasiga sezilarli taʼsir koʻrsatishda davom etdi (masalan, Iogann Sebastyan Bax va Frederik Shopenning asarlarida)[23].
Oʻrta barokko davri musiqasi (1630-1700)
tahrirMarkazlashgan saroy tizimining yuksalishi koʻpincha Fransiya qiroli Lui XIV davri bilan bogʻliq boʻlgan Absolyutizmning iqtisodiy va siyosiy xususiyatlaridan biri sifatida qaraladi. U yaratgan saroy uslubi, odob-axloq tizimi va sanʼat butun Yevropa uchun namuna boʻlib xizmat qildi. Cherkov va davlat homiyligining kuchayishi uyushgan ommaviy musiqaga ehtiyojni oshirdi, shu bilan birga, cholgʻu asboblarining koʻpayishi kichik ansambllar uchun moʻljallangan kamer musiqasiga talabni kuchaytirdi[25].
Jan-Batist Lyulli saroy uslubidagi bastakorlarning yorqin namunasidir. U Fransiya qiroli uchun operalarning yagona bastakori boʻlish huquqini olish va boshqalarning operalarini sahnalashtirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun monarxiyadan patentlar sotib oldi. U 15 ta lirik tragediya yaratdi va Axill va Poliksen asarini tugatmay qoldirdi[26]. Lyulli dirijyorlikning dastlabki namunalaridan biri edi; u katta tayoq bilan vaqtni belgilab, ansambllarini bir-biriga moslashtirardi[26].
Musiqiy jihatdan, u italyan operasidan meros boʻlib qolgan va torli asboblar ustunlik qiladigan orkestr meʼyorini oʻrnatmagan. Xususan, fransuzcha besh qismli tuzilish (skripkalar, viola – hautes-contre, tailles va quintes oʻlchamlarida – va bas skripkalar) Lyudovik XIII davridan boshlab baletda qoʻllanilgan edi. Biroq, Lyulli bu ansamblni lirik teatrga olib kirdi, unda yuqori qismlar koʻpincha blok-fleytalar, fleytalar va goboylar bilan, bas esa fagotlar bilan dublyaj qilinardi. Qahramonlik sahnalari uchun koʻpincha trubalar va litavralar qoʻshilardi[26].
Italiya barokko musiqasining oʻrtacha davri, 1630-yillarda kantata, oratoriya va opera kabi vokal uslublarining paydo boʻlishi bilan belgilandi. Bu davrda, soʻzlarning avvalgi ustunligi oʻrnini musiqaning teng huquqliligi egalladi, chunki melodiya va armoniya yangi konseptlari musiqani alohida ahamiyatga ega qilgan edi. Erta barokkoning florid va koloraturnal monodiyasi soddaroq va yanada mukammal melodik uslubga aylanadi. Bu melodiyalar qisqa, kadensiyaga aniq ajratilgan gʻoyalardan iborat boʻlib, koʻpincha saraband yoki kurant kabi raqslar naqshlariga asoslanadi. Armoniyalar esa soddaroq, bu musiqaga engil ifodani berib, uzoq notalarda kretsendo va diminuendo kabi dinamikalarni qoʻllash imkonini beradi. Bass chiziqlari melodiyaga chuqurroq bogʻlangan boʻlib, bu kontrapunktal tenglikni yaratdi va keyinchalik bu ariya melodiyasining boshidagi bassning oldindan kiritilishi kabi xususiyatlarni keltirib chiqardi. Bu armonik soddalashtirish, shuningdek, recitativ (opera vokalining gapiruvchilar qismi) va ariya (opera vokalining kuylangan melodiyalari) oʻrtasida farqni aniq belgilashga olib keldi. Ushbu uslubning eng muhim yangiliklarini kiritgan bastakorlar orasida Rimlik Luji Rossi va Giakomo Karissimi, asosan kantatalar va oratoriyalar bastakorlari boʻlishgan. Venetsiyalik Fransisko Kavalli esa opera bastakori sifatida tanilgan. Keyinchalik bu uslubni davom ettirgan muhim bastakorlar orasida Antonio Cesti, Giovanni Legrenzi va Alessandro Stradella bor, ular, shuningdek, Sonate di viole asarida concerto grosso uslubini yaratgan[27].
Arkangelo Korelli musiqada oʻzining texnik yutuqlari bilan tanilgan. U violin texnikasi va pedagogikasini tashkil etgan va instrumental musiqada, ayniqsa concerto grosso ning rivojlanishiga qoʻshgan hissasi bilan ajralib turadi[28]. Agar Lyulli saroyda faoliyat yuritgan boʻlsa, Korelli butun Evropada musiqasini nashr qilgan birinchi bastakorlardan biri boʻldi. Lyullining opera uslubidagi stilizatsiyasi kabi, concerto grosso ham kuchli qarama-qarshiliklarga asoslanadi – boʻlimlar toʻliq orkestr va kichik guruh tomonidan ijro etiladi, tez va sekin boʻlimlar oʻrtasida qarama-qarshilik mavjud. Uning talabalari orasida Antonio Vivaldi ham bor, u Korellining trio sonatalari va kontsertlaridagi prinsiplarga asoslanib yuzlab asarlar yaratdi[28].
Bundan farqli oʻlaroq, Dieterix Buxtexude saroy musiqachisi emas, balki cherkov musiqachisi edi. U Lübeckdagi Marienkirche cherkovida organist va Werkmeister lavozimlarida ishlagan. Werkmeister sifatida uning vazifalari cherkovning kotibi, kassiri va biznes menejeri boʻlishni oʻz ichiga olgan. Organist sifatida esa u asosiy xizmatlarda ijro etgan va baʼzan boshqa instrumentalistlar yoki vokalistlar bilan birgalikda ijro etgan. Cherkov vazifalaridan tashqari, u Abendmusiken deb nomlangan kontsertlar seriyasini tashkil etgan va boshqargan, bu yerda diniy dramalar asarlari ijro etilgan, ular zamondoshlari tomonidan operalar bilan tenglashtirilgan edi[29].
Fransiya:
- Denis Gaultier[30]
- Jean-Henri d'Anglebert[31]
- Jacques Champion de Chambonnières[32]
- Louis Couperin[33]
Soʻnggi barokko davri musiqasi (1680-1750)
tahrirJorj Fridrix Gendel, Iogann Sebastyan Bax va ularning zamondoshlari, jumladan Domeniko Skarlatti, Antonio Vivaldi, Tomaso Albinoni, Jan-Filipp Ramo, Georg Filipp Teleman va boshqalarning asarlari orqali Barokko davri yuqori choʻqqisiga olib chiqildi[34].
Boshlash
tahrirItaliya:
- Alessandro Scarlatti (Neapolitan maktabi, Neapolitan mass)
- Arcangelo Corelli (Trio sonatasi), Concerto grosso, La Folia)
- Giuseppe Torelli (Solo concerto)
Fransiya:
- Henri Dumont
- Pierre Robert
- Fransua Kuperin
- André Campra
- Michel-Richard Delalande
- Mark-Antuan Sharpenti
- Henri Desmarest
- Marin Marais
- Jean Féry Rebel
Kengroq qabul qilish
tahrirItaliya:
- Giovanni Bononcini
- Antonio Vivaldi
- Tomaso Albinoni
- Benedetto Marcello
- Francesco Geminiani
- Pietro Locatelli
- Giovanni Battista Pergolesi
- Nicola Porpora
- Giuseppe Tartini
- Francesco Maria Veracini
Tarqalishi:
- Erdmann Neumeister
- Estienne Roger, " L’estro armonico "
- Italiyaga tashrif buyurish, masalan Johann Kuhnau, Johann David Heinichen, Gottfried Heinrich Sto‘lzel
- Xorijdagi italiyaliklar, masalan Domeniko Scarlatti, Antonio Caldara, Antonio Lotti, Pietro Torri
Fransiya: Jean-Philippe Rameau
- Jean-Marie Leclair
- Jean Joseph de Mondonville
- Jean-Baptiste Senaille
- Joseph Bodin de Boismortier
- Michel Corrette
- Xorijdagi fransuz tili: masalan. Louis Marchand
Germaniya
- Johann Georg Pisendel
- Georg Philipp Telemann
- Johann Sebastian Bach
- Johann Friedrich Fasch
- Johann Joseph Fux
- Johann Pachelbel
- Christoph Graupner
- Johann David Heinichen
- Sylvius Leopold Weiss
- Xorijdagi nemislar, masalan George Frideric Handel, Johann Adolf Scheibe
Klassik davrga oʻtish
tahrir- Georg Philipp Telemann
- Johann Mattheson
- Johann Joachim Quantz
- František Benda
- Jiří Antonín Benda
- Johann Gottlieb Janitsch
- Johann Adolph Hasse
- Carl Heinrich Graun
- Jean-Marie Leclair
- Francesco Maria Veracini
- Giovanni Battista Sammartini
- Baldassare Galuppi
Bachning katta oʻgʻillari va Iogann Sebastyan Baxning shogirdlari:
- Wilhelm Friedemann Bach
- Karl Filipp Emanuel Bax ({{lang|de|empfindsamer Stil))
- Johann Gottlieb Goldberg
Barokko davri bastakorari
tahrirCholgʻu asboblar
tahrirTorli musiqa cholgʻulari
tahrir- Violino piccolo
- Violin
- Viol
- Viola
- Viola d'amore
- Viola pomposa
- Tenor violin
- Cello
- Violone
- Bass violin
- Contrabass
- Lute
- Theorbo
- Archlute
- Mandora
- Bandora
- Angélique
- Mandolin
- Cittern
- Guitar
- Harp
- Hurdy-gurdy
Yogʻoch damli musiqa cholgʻulari
tahrirMis damli musiqa cholgʻulari
tahrir- Cornett
- Natural horn
- Baroque trumpet
- Tromba da tirarsi (also called tromba spezzata)
- Flatt trumpet
- Serpent
- Sackbut (16th- and early 17th-century English name for FR: saquebute, saqueboute; ES: sacabuche; IT: trombone; MHG: busaun, busîne, busune / DE (since the early 17th century) Posaune)
- Trombone (English name for the same instrument, from the early 18th century)
Klavishli musiqa cholgʻulari
tahrir- Clavichord
- Tangent piano
- Fortepiano – an early version of the piano invented tax. 1700, but did not become popular during Baroque era
- Harpsichord
- Organ
Zarbli musiqa asboblari
tahrirUslublar va shakllar
tahrirSyuita
tahrirBarokko davrining muhim xususiyatlaridan biri Dance suite (Raqs Syuita) to‘plamlari shakli edi. Ba’zi hollarda Yoxann Sebastian Baxning raqs to‘plamlari “partita” deb atalgan, ammo bu atama boshqa turdagi asar to‘plamlariga nisbatan ham ishlatilgan. Raqs to‘plamlari aslida haqiqiy raqs musiqasidan ilhomlangan bo‘lsa-da, ular tinglash uchun mo‘ljallangan edi va raqqoslarning harakatlarini kuzatib borish uchun xizmat qilmas edi. Bastakorlar ushbu to‘plamlarga turli harakatlarni kiritgan bo‘lib, ular odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘lgan:
- Uvertura – Barokko to‘plamlari ko‘pincha fransuzcha uvertura ("Ouverture") bilan boshlanadi. Bu asar birinchi qismi sekin harakatdan iborat bo‘lib, asosan to‘rtta asosiy raqs turi bilan davom etgan:
- Allemande– Odatda cholg‘u to‘plamining birinchi raqsi bo‘lib, bu raqs nemis Uyg‘onish davridan kelib chiqqan. Allemande juda mashhur bo‘lgan va o‘rtacha sur’atda ijro etilgan. Taktdagi har qanday zarbdan boshlanishi mumkin edi. [37]
- Courante – Ikkinchi raqs uchlik o‘lchovda ijro etilgan. U tez va jonli, yoki aksincha, sekin va tantanali bo‘lishi mumkin edi. Uning italyancha shakli “Corrente” deb atalgan. [38]
- Sarabande – Sarabande ispan raqsi bo‘lib, to‘rtta asosiy raqsning uchinchisi hisoblanadi. Bu raqs eng sekin barokko raqslaridan biri edi. Uchlik o‘lchovda ijro etilib, taktdagi har qanday zarbdan boshlanishi mumkin edi. Ikkinchi zarbga urg‘u berilishi Sarabandaga xos “to‘xtalish” yoki jambik ritmni hosil qilgan. [37]
- Gigue – Gigue ko‘tarinki va jonli xarakterga ega bo‘lgan murakkab o‘lchovdagi barokko raqsi edi. Bu odatda to‘plamning yakunlovchi harakati bo‘lib, Britaniya orollaridan kelib chiqqan. Jig xalq musiqasidagi “ Gigue” bilan uyg‘unlashgan[36]. Toʻrtta raqs turi (allemande, courante, sarabande va gigue) 17-asr svitalarining koʻp qismini tashkil qiladi. Keyingi svitalar sarabanda va gigue oʻrtasidagi bir yoki bir nechta qoʻshimcha raqslarni oʻzaro bogʻlaydi:
- Gavotte;- Gavot ikki metrli shaklda boʻlib, iboralari gʻayrioddiy tovush bilan boshlanadi. Gavot oʻrtacha tempda oʻynaladi, ammo italyan uslubidagilari tezroq boʻlishi mumkin.
- Bourrée;- Bourrée gavotga oʻxshaydi, chunki u Andoza:Music vaqt ichida, garchi u barning oxirgi zarbasining ikkinchi yarmidan boshlanib, raqsga boshqacha tuygʻu yaratadi. Burre odatda oʻrtacha tempda chalinadi, garchi Gendel kabi baʼzi bastakorlar uchun uni ancha tezroq tempda olish mumkin.
- Minute;- oʻrtacha tempda uch metrda. Unda anakrusis yoʻq. Italyancha minuet odatda tezroq, jumlalari uzunroq boʻlgan.
- Passepied – bu ikkilik va uchlik shaklidagi tez raqs boʻlib, u Britaniyada saroy raqsi sifatida paydo boʻlgan.
- Rigaudon;- Rigaudon – bu bourréega oʻxshash, ammo ritmik jihatdan soddaroq boʻlgan juft vaznli jonli fransuz raqsi. U anʼanaviy ravishda Vavarais, Languedoc, Dauphiné va Provence provinsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan janubiy-fransuz xalq raqslari oilasi sifatida paydo boʻlgan.
Boshqa koʻplab raqs shakllari, shuningdek, svitaga kiritilishi mumkin boʻlgan boshqa asarlar mavjud, masalan Polonaise, Loure, Scherzo, Air va boshqalar.
Boshqa xususiyatlar
tahrir- " Prelude " – svita improvizatsiya usulida yozilgan muqaddima bilan boshlanishi mumkin. Baʼzi barokko prelyudiyalari toʻliq yozilmagan; buning oʻrniga, cholgʻuchi koʻrsatilgan garmonik ramkadan foydalangan holda melodik qismni improvizatsiya qila oladi degan umid bilan akkordlar ketma-ketligi koʻrsatilgan. Muqaddima raqs turiga asoslanmagan.
- "Entrée " – Baʼzida entrée toʻplamning bir qismi sifatida tuziladi; lekin u yerda u sof cholgʻu musiqasi va hech qanday raqs ijro etilmaydi. Bu tansa guruhiga kirish paytida yoki baletdan oldin ijro etiladigan kirish, marshga oʻxshash qismdir. Odatda Andoza:Music marta. Bu italyancha „intrada“ bilan bogʻliq.
- " Basso continuo " – odatda bir yoki bir nechta barqaror bass asboblari (masalan, cello) va bir yoki bir nechta akkordli asboblar (masalan, harpsichord, pipe organ yoki lute kabi klaviatura asboblari) uchun yangi musiqiy nota tizimi, figured bass bilan belgilangan uzluksiz hamrohlikning bir turi
- konserto (orkestr joʻrligidagi yakkaxon asar) va konserto grosso
- Monody;- Italiya yakkaxon qoʻshigʻi, XVI asr oxiridagi yakkaxon cholgʻular uchun ansambl musiqasi aranjirovkasining hosilasi [37]
- Gomofoniya;- bir ohangdor ovozli va ritmik jihatdan oʻxshash (va tobe) akkordli joʻrovozga ega musiqa (bu va monodiya Uygʻonish davrining odatiy tekstura, polifoniya bilan qarama-qarshi turadi) [38]
- Opera kabi dramatik musiqiy shakllar, " dramma per musica " [39]
- Qoʻshiqchilar va orkestrdan foydalangan oratorio va cantata, [[sfn|Shotwell|2002}} kabi birlashtirilgan cholgʻu-ovoz shakllari
- " tremolo " va " pizzicato " kabi yangi instrumental usullar
- da capo aria 1680-yilga kelib ariyaning dominant shakliga aylandi [40]
- " ritornello " ariyasi – vokal parchalarining qisqa instrumental boʻlinishlarini takrorlaydi.
- Konsertato uslubi – musiqa asboblari guruhlari orasidagi tovush kontrasti.
- Keng qamrovli bezak, [41], odatda qoʻshiqchilar va cholgʻuchilar tomonidan improvizatsiya qilingan (masalan, trils, mordent va boshqalar)
Genres
tahrirVocal
tahrirInstrumental
tahrir- Chorale composition
- Concerto
- Concerto grosso
- Fugue
- Suite
- Sonata
- Partita
- Canzona
- Sinfonia
- Fantasia
- Ricercar
- Toccata
- Prelude
- Chaconne
- Passacaglia
- Chorale prelude
- Stylus fantasticus
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Palisca 2001.
- ↑ 2,0 2,1 Mackay & Romanec 2007.
- ↑ „baroque – Wiktionary“ (en). en.wiktionary.org. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
- ↑ Palisca 1989, ss. 7–8.
- ↑ Encyclopedie; Lettre sur la Musique Francaise under the direction of Denis Diderot
- ↑ Antoine Arnauld, Pierre Nicole, La logique ou l’art de penser, Part Three, chapter VI (1662) (in French)
- ↑ „BAROQUE : Etymologie de BAROQUE“. www.cnrtl.fr. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ Sachs 1919, ss. 7–15.
- ↑ 9,0 9,1 Bukofzer 1947, ss. 17ff.
- ↑ Bukofzer 2013, "The Phases of Baroque Music" pp. 26–29.
- ↑ Bukofzer 2013, "Baroq musiqasi bosqichlari" pp.26-29.
- ↑ Nuti 2007, s. 14.
- ↑ Wallechinsky 2007, s. 445.
- ↑ Chua 2001, s. 26.
- ↑ Wainwright and Holman 2005, s. 4.
- ↑ 16,0 16,1 Clarke 1898, ss. 147–48.
- ↑ York 1909, s. 109.
- ↑ Donington 1974, s. 156.
- ↑ Watkins 1991, s. 103.
- ↑ Norton 1984, s. 24.
- ↑ Carter & Chew 2011.
- ↑ Rollin & Ledbetter 2001.
- ↑ 23,0 23,1 Ledbetter 2001.
- ↑ Rollin 2001a.
- ↑ Sadie 2013.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 La Gorce 2001.
- ↑ Bukofzer 1947, ss. 118–21.
- ↑ 28,0 28,1 Talbot 2001a.
- ↑ Snyder 2001.
- ↑ Rollin 2001b.
- ↑ Ledbetter & Harris 2014.
- ↑ Fuller 2001.
- ↑ Fuller & Gustafson 2001.
- ↑ Sadie 2002.
- ↑ „Muziek voor barokharp“. lib.ugent.be. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
- ↑ Estrella 2012.
- ↑ Fortune 2001.
- ↑ Hyer 2013.
- ↑ Shotwell 2002.
- ↑ Westrup et al. 2001.
- ↑ Roseman 1975.
Sources
tahrir- Bukofzer, Manfred F.. Music in the Baroque Era: From Monteverdi to Bach. New York: W. W. Norton, 1947. ISBN 0-393-09745-5.
- Bukofzer, Manfred F.. Music in the Baroque Era – From Monteverdi to Bach, digital, Read Books, 2013. ISBN 978-1-4474-9678-6.
- Andoza:Cite Grove
- Carver, Anthony F. (2013). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- Clarke, Hugh Archibald. A System of Harmony. Philadelphia: T. Presser, 1898. ISBN 978-1-248-37946-2.
- Chua, Daniel K. L. „Vincenzo Galilei, Modernity, and the Division of Nature“, . Music Theory and Natural Order from the Renaissance to the Early Twentieth Century. Cambridge University Press, 2001. ISBN 978-0-521-77191-7.
- Donington, Robert. A Performer's Guide to Baroque Music. New York: C. Scribner's Sons, 1974. ISBN 978-0-571-09797-5.
- Dürr, Alfred „Johann Gottlieb Goldberg und die Triosonate BWV 1037“, . Bach-Jahrbuch 1953, Neue Bachgesellschaft, Bach-Jahrbuch (de), Berlin: Evangelische Verlagsanstalt, 1954 — 51–80-bet. DOI:10.13141/bjb.v1953.
- Estrella, Espie „The Suite: Baroque Dance Suite“. About.com (2012).
- Fortune, Nigel (2001). "Grove Music Online". Grove Music Online. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.18977. Andoza:Grove Music subscription
- Fuller, David „Chambonnières, Jacques Champion, Sieur de“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians, 2nd, London: Macmillan, 2001. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Fuller, David; Gustafson, Bruce „Couperin, Luis“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians, second, London: Macmillan, 2001. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Haagmans, Dirk. Scales, Intervals, Harmony. University of Michigan: J. Fischer & Bro., 1916. ISBN 978-1-4370-6202-1.
- Hyer, Brian (2013). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- La Gorce, Jérôme de (2001). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- Ledbetter, David „Style brisé (Fr.: 'broken style')“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians, 2nd, London: Macmillan, 2001. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Ledbetter, David; Harris, C. David (2014). Grove Music Online. Oxford University Press.
- Little, Meredith Ellis „Passepied“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians. London: Macmillan, 2001a. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Little, Meredith Ellis „Rigaudon“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians. London: Macmillan, 2001b. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Little, Meredith Ellis (2001c). "Grove Music Online". Grove Music Online. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.06707. Andoza:Grove Music subscription
- Little, Meredith Ellis (2001d). "Grove Music Online". Grove Music Online. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.18751. Andoza:Grove Music subscription
- Little, Meredith Ellis (2014). "Grove Music Online". Grove Music Online. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.10774. Andoza:Grove Music subscription
- Mackay, Alison; Romanec, Craig „Baroque Guide“. Tafelmusik (2007). 2016-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
- Norton, Richard. Tonality in Western Culture: A Critical and Historical Perspective. University Park: Pennsylvania State University Press, 1984. ISBN 978-0-271-00359-7.
- Nuti, Giulia. The Performance of Italian Basso Continuo: Style in Keyboard Accompaniment in the Seventeenth and Eighteenth Centuries. Aldershot, England: Ashgate Publishing, 2007. ISBN 978-0-7546-0567-6.
- Palisca, Claude V. „'Baroque' as a Music-Critical Term“, . French Musical Thought, 1600–1800 Georgia Cowart: . Ann Arbor: UMI Research Press, 1989 — 7–22-bet. ISBN 978-0-8357-1882-0.
- Palisca, Claude V. „Baroque“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians Stanley Sadie: . Oxford: Oxford University Press, 2001. ISBN 9781561592630.
- Rollin, Monique „Gaultier [Gautier, Gaulthier], Ennemond“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians, 2nd, London: Macmillan, 2001a. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Rollin, Monique „Gaultier [Gautier, Gaulthier], Denis“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians, 2nd, London: Macmillan, 2001b. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Rollin, Monique; Ledbetter, David „Ballard Family: (3) Robert Ballard (ii)“, . The New Grove Dictionary of Music and Musicians, 2nd, London: Macmillan, 2001. ISBN 978-1-56159-239-5.
- Roseman, Ronald „Baroque Ornamentation“. Journal of The International Double Reed Society 3 (1975). 2008-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Reprinted in Muse Baroque: La magazine de la musique baroque (Wayback Machine saytida 14 May 2014 sanasida arxivlangan), n.d.
- Sachs, Curt „Barockmusik“, . Jahrbuch der Musikbibliothek Peters, 1919.
- Sadie, Stanley „The Baroque Era“. The Oxford Companion to Music. Oxford University Press (2002). (subscription required)
- Sadie, Julie Anne (2013). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- Shotwell, Clay „MUSI 4350/4360: Music of the Baroque Era: General Characteristics of the Baroque“. Augusta State University (2002). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
- Snyder, Kerala J. (2001). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- Talbot, Michael (2001a). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- Talbot, Michael (2001b). Grove Music Online. Oxford University Press. (subscription required)
- Wainwright, Jonathan; Peter Holman. From Renaissance to Baroque: Change in Instruments and Instrumental Music in the Seventeenth Century. Aldershot, England: Ashgate Publishing, 2005. ISBN 978-0-7546-0403-7.
- Wallechinsky, David. The Knowledge Book: Everything You Need to Know to Get by in the 21st century. Washington, DC: National Geographic Books, 2007. ISBN 978-1-4262-0124-0.
- Watkins, Glenn. Gesualdo: The Man and His Music. Oxford: Oxford University Press, 1991. ISBN 978-0-19-816197-4.
- Westrup; McClymonds; Budden; Clements; Carter; Walker; Heartz; Libby (2001). "Grove Music Online". Grove Music Online. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.43315. Andoza:Grove Music subscription
- York, Francis L.. Harmony Simplified: A Practical Introduction to Composition. Boston: Oliver Ditson and Company, 1909. ISBN 978-1-176-33956-9.
Qoʻshimcha adabiyotlar
tahrir- Christensen, Thomas Street, and Peter Dejans. Towards Tonality Aspects of Baroque Music Theory. Leuven: Leuven University Press, 2007. ISBN 978-90-5867-587-3
- Cyr, Mary. Essays on the Performance of Baroque Music Opera and Chamber Music in France and England. Variorum collected studies series, 899. Aldershot, Hants, England: Ashgate, 2008. ISBN 978-0-7546-5926-6
- Foreman, Edward. A Bel Canto Method, or, How to Sing Italian Baroque Music Correctly Based on the Primary Sources. Twentieth century masterworks on singing, v. 12. Minneapolis, Minn: Pro Musica Press, 2006. ISBN 978-1-887117-18-0
- Fux, Johann Joseph; Mann, Alfred; Edmunds, John. The Study of Counterpoint from Johann Joseph Fux's Gradus ad parnassum. New York: W. W. Norton & Co., 1965. ISBN 0-393-00277-2. OCLC 494781.
- ; Claude V. PaliscaA History of Western Music. New York: W. W. Norton, 1996.
- Hebson, Audrey (2012). „Dance and Its Importance in Bach’s Suites for Solo Cello“, Musical Offerings: Vol. 1: No. 2, Article 2. Available at http://digitalcommons.cedarville.edu/musicalofferings/vol1/iss2/2.
- Hoffer, Brandi (2012). „Sacred German Music in the Thirty Years' War“, Musical Offerings: Vol. 3: No. 1, Article 1. Available at http://digitalcommons.cedarville.edu/musicalofferings/vol3/iss1/1.
- Schubert, Peter, and Christoph Neidhöfer. Baroque Counterpoint. Upper Saddle River, NJ: Pearson Prentice Hall, 2006. ISBN 978-0-13-183442-2
- Schulenberg, David. Music of the Baroque. New York: Oxford UP, 2001. ISBN 978-0-19-512232-9
- Stauffer, George B. The World of Baroque Music New Perspectives. Bloomington: Indiana University Press, 2006. ISBN 978-0-253-34798-5
- Strunk, Oliver. Source Readings in Music History. From Classical Antiquity to the Romantic Era. London: Faber & Faber, 1952.
Havolalar
tahrirVikiomborda Barokko davri musiqasi haqida turkum mavjud |
- Handel’s Harpsichord Room – free recordings of harpsichord music of the Baroque era
- Renaissance & Baroque Music Chronology: Composers
- Orpheon Foundation in Vienna, Austria
- Andoza:IMSLP
- Music, Affect and Fire: Thesis on Affect Theory with Fire as the special topic
- Répertoire International des Sources Musicales (RISM), a free, searchable database of worldwide locations for music manuscripts up to tax. 1800.
Andoza:Baroque music Andoza:Classical music Andoza:Music topics