Antonio Lucio Vivaldi (italyancha: Antonio Lucio Vivaldi; 4-mart 1678 – 28-iyul 1741) italyan bastakori, ruhoniyi va skripkachisi boʻlgan. Barokko musiqasi bastalovchilaridan biri sifatida hayotlik paytidayoq butun Yevropaga tanilishga ulgurgan. Vivaldi asosan cholgʻu konsertlari va 40 dan oshiq opera ijod qilgan, shuningdek xor uchun ham asarlar yozgan. Uning eng mashhur ishi skripka uchun bastalangan Toʻrt fasl konsertidir.

Antonio Vivaldi
Tavalludi 4-mart 1678-yil
Vafoti 28-iyul 1741-yil(1741-07-28)
(63 yoshda)
Vena
Fuqaroligi Republic of Venice
Otasi Giovanni Battista Vivaldi[1]
Onasi Camilla Calicchio

Hayot yo'li

tahrir
 
1723-yilda ishlangan portret

Kompozitsiyalarining aksariyatini 1703—1715 va 1723—1740-yillarda oʻzi ishlagan Ospedale della Pietà yetimxonasi ham musiqiy maktabi ayollar ansambli uchun tayyorlagan. Vivaldi, shuningdek, operalarini Venetsiya, Mantuya va Venada qoʻyib tanilgan. Imperator Karl VI'ni uchratib, Vivaldi Venaga koʻchib oʻtgan. Imperator Vivaldi kelishidan biroz oʻtib qazo qilgan, bastakor esa daromad manbaisiz qolib, qashshoqlikda vafot etgan.

Yoshlik davrlari

tahrir
 
Venetsiyadagi «Pieta» konservatoriyasi

Otasining cherkovdagi faoliyati yosh Antonioda duxovoy sozlamalarga qiziqish uyg'onishiga sabab bo'ldi. U o'sha paytlarda Italiyada odat tusiga kirib qolgan ish — bir nechta kasb yo'lini yani Ma'naviy va Musiqiy yo'nalishini tanlashi kerak edi. 1703-yilning 1-sentabrida u cherkov qoshidagi «Pieta» konservatoriyasiga skripka o'qituvchisi xizmatiga chaqirildi, vaxolanki bu maktab qizlar uchun eng yaxshi maktab edi.

So'nggi yillari

tahrir

Vivaldi musiqasi u hayot chogʻida ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, keyinchalik uning asarlari unutila boshlandi. Bu holat XX asr birinchi yarmida Vivaldi shuhrati qayta yuksalishi bilan chappasiga oʻzgardi. Bugun Vivaldi barokko bastakorlari orasida eng tanilganlari va ommaviylaridan biridir.

Ijod yo'li

tahrir
 
Avliyo Ioanna cherkovi

VIVALDI (Vivaldi) Antonio (1678.4.3, Venesiya — 1741.28.7, Vena) — italyan kompozitori, skripkachi, dirijyor va pedagog, konsert janrining asoschisi. Ijodida turli cholgʻular (asosan, skripka) ga moʻljallangan konsertlar (jami 465 ta) markaziy oʻrin tutadi. V. muayyan voqeliklarni yorqin ifoda etuvchi (4 qismli "Yil fasllari" kabi) asarlari bilan dasturli simfonizmga ham asos solgan. Oʻnlab diniy va dunyoviy mavzudagi kantata va oratoriyalar, 40 dan ortiq operalar yaratgan. Bular orasida Sharq lavhalarini ekzotik tarzda aks ettiruvchi "Dariyning tojdor boʻlishi", "Armida Misr lagerida", "Aleksandr Hindistonda" kabi asarlar ham mavjud. 1735 yil Verona shahrida ilk bor sahnalashtirilgan Amir Temur haqidagi operasi Yevropada sohibqiron qiyofasini gavdalantiruvchi dastlabki asarlardandir.

Ijodiga qaytish

tahrir

Vivaldi ijodiga qiziqish 20-asrda qaytadan uygʻondi, Siyena shahrida "Antonio Vivaldi italyan instituti" tashkil etilib, kompozitor merosi atroflicha oʻrganilmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir



  1. (unspecified title)