Intellektuallik koeffitsiyenti (inglizcha: IQ — intelligence quotient, qisqartma nomi IQ) — odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish koʻrsatkichi, bilim saviyasi. Test tizimlari yordamida bolalarning aqliy saviyasini miqdoriy koʻrsatkichlar orqali aniqlash gʻoyasini birinchi marta fransuz psixologi Alfred Bine ishlab chiqqan (1903). Bunda har bir odam yoshi uchun u erishgan bilim va mahorat darajasi 100 ga teng deb olingan. Mazkur koʻrsatkichdan ortiq yoki kam miqdor aqlning biron-bir daraja rivojlanishi kamoloti yoxud orqada qolishi haqida hukm chiqarish imkonini bergan. AQSH va boshqa mamlakatlarda IQ yordamida armiyaga yoshlarni saralab olish, oʻquvchilar bilimini baholash kabilar rasm boʻlgan[1].

Testlardan biri

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil