Litavra
Litavra — dovulsimon urma musiqa cholgʻusi. Sharq xalqlarining turli (dovul, nogʻora kabi) cholgʻulari asosida 15-asrda Yevropada yaratilgan. 17-asrdan simfonik orkestr tarkibiga kiritilgan. Qozonsimon koʻrinishda boʻlib (dia-metri 55—70 sm), mis, jez yoki alyu-miniydan ishlanib, ogʻzi teri bilan qoplanadi. Maxsus tayoqchalar bilan teriga urish natijasida yangroq, gulduros tovush hosil qiladi. Zamonaviy turlari maxsus vintlar (yoki pedal mexanizmi) bilan terini tortish orqali sozlanadi. Orkestrda 2 dan 5 tagacha turli sozdagi L. qoʻllaniladi.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |