Akkord (lotincha: accordo — uygʻunlashtiraman) — turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qoʻshilib sadolanishi. A.larning aksariyati tersiya intervali boʻylab joylashgan holda (oʻzgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil etiladi. Kvinta oraligʻidagi ikki tersiyadan iborat A.- uchtovushlik (3 raqami bilan belgilanadi), unga yuqori yoki pastdan uchinchi tersiya tovushi qoʻshilsa — sep-takkord (7 raqami bilan belgilanadi), unga yana bir tersiya tovushi qoʻshilsa — nonak-kord (9 raqami bilan belgilanadi) deb ata-ladi; mazkur A.lardan musiqa amaliyotida keng foydalaniladi. Barcha A.larning pastki tovushi- asosiy (yoki prima) ton, undan yuqoridagisi — tersiya toni, uchinchisi — kvinta toni, toʻrtinchisi — septima toni, beshinchisi — nona toni deb yuritiladi va ana shu intervallarga mos raqamlar bilan belgilanadi. A.lar tarkiban (katta yoki kichik tersiyalar oldinma-ketin joylashishi jihatidan) bir-biridan farqlanadi. Asosiy tonidan hisoblanganida avval katta, soʻngra kichik tersiyalardan tuzilgan A.- katta yoki major uchtovushligi, avval kichik soʻngra katta tersiyalardan tuzilgan A. — kichik yoki minor uchto-vushligi, ikki katta tersiyadan tuzilgani- orttirilgan, ikki kichik tersiyadan tuzilgani — kamaytirilgan uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlik va septakkordlar odatda musiqa tovushqatorining muayyan pogʻonalarida tuziladi. Klassisizm davri musiqa amaliyotida I, IV va V pogʻonalarning (tonika, subdominanta va dominanta deb ataluvchi) uchtovushliklari, II, V va VII pogʻonalarning (V7 — do-minant septakkord, VII, — yetakchi) sep-takkordlari keng qoʻllaniladi. A.lar tonlari orasidagi masofaga binoan (tenor-bas oraligʻi bundan is-tisno) tor (kvartagacha) va keng (oktavagacha) joylashgan boʻladi. Barcha A.lar dissonans yoki konsonanslik xususiyatiga ega boʻlib, odatda, birinchi turdagilari konsonansli koʻptovushlilarga yechiladi (oʻtadi). Bu narsa (tarang dissonans va xushsadoli konsonans A.lar munosabati) musiqa amaliyoti, avvalo, kompozitorlar ijodi uchun katta badiiy omil vazifasini oʻtaydi. Shu boisdan har bir A. faqat funksional (yaʼni u yoki bu ladning mu-ayyan pogʻonasida tuzilgan koʻptovushlik sifatida) ahamiyatga ega boʻlibgina qolmay, muhim ifoda vositasi hamdir. A.lardan foydalanish va ularni taxlil etishda ularga tarixan yondashish va u yoki bu ijodiy oqim, uslub hamda anʼanani inobatga olish zarur, chunki biror davr (mas, klassitsizm, romantizm, impressi-onizm va hokazo) mezoni boshqa davr mezoniga toʻgʻri kelmasligi tabiiy. Ad:. Etinger M., Ranneklassicheskaya 263garmoniya, M., 1979;Sposobin I. V., Musiqa shakli, T., 1982.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil