Konsonans
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konsonans (lotincha consonantia — uygʻunlashgan sado, hamohanglik) — musiqiy tovush (tok)larning bab-baravar sadosidagi uygʻunlik, shuningdek, mazkur xususiyatga ega boʻlgan interval (prima, oktava, kvinta va boshqalar) va akkordlar (asosan, major va minor uchtovushliklari). K. musiqiy-ifodaviy vosita sifatida dissonanspnng aksidir (Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa ilmida muloyimat deb ataladi). Bu qarama-qarshilik qadimdan amaliyotda foydalanilib, musiqa ilmida yunon (pifagorchilar, Aristoksen va boshqalar), musulmon Sharqi olimlari (Forobiy, Ibn Sino va boshqalar) tomonidan tadqiq etib kelingan. 20-asr kompozitorlik ijodiyotida hamda zamonaviy musiqa nazariyasida K. va dissonans tushunchalari birmuncha kengaygan holda ishlatiladi va sharhlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |