Nikolay Rimskiy-Korsakov

Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov (1844.18.3, Tixvin — 1908.21.6, hozirgi Leningrad viloyati) — rus kompozitori, pedagog, dirijyor, musiqajamoat arbobi. "Qudratli toʻda"ning aʼzosi. Peterburg konservatoriyasi professor (1871-yildan). "Qor qiz" (1881), "Sadko" (1896), "Shoh Sulton haqida ertak" (1900), "Oltin xoʻrozcha" (1907) kabi operalarda rivoyat, afsona va ertaklarga keng murojaat etib, xalq orzu va niyatlari, hayotbaxsh tabiat goʻzalligini madh etgan. Tarixiy mavzularga asoslangan "Pskovlik qiz" (1872), "Shoh qayligʻi" (1898) va boshqa operalari bilan erksevarlik, xalqchillik gʻoyalarini olgʻa surgan, rus musiqali dramasini yuksak pogʻonaga koʻtargan. Rimskiy-Korsakov — garmoniya va orkestrlashning mohir ustasi. Sharq mavzularidagi "Antar" (1868) va "Shahrizoda" (1888), "Ispancha kaprichchio" (1887) kabi asarlarida programmali simfonik musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning 2 ta "Rus xalq qoʻshiqlari" toʻplami (1877, 1882), "Garmoniyadan amaliy darelik" (1886), "Orkestrlash asoslari" (1913) va boshqa asarlari rus va jahon kompozitorlik ijodiyotiga samarali taʼsir etdi.[2]

Nikolay Rimskiy-Korsakov
Tavalludi 6 (18) mart 1844[1]
Vafoti 21-iyun 1908[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Andrey Rimsky-Korsakov
Onasi Sofia Vasilievna Skaryatina

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. "Rimskiy-Korsakov Nikolay Andreyevich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil