Valentin Aleksandrovich Serov [1865.7(19).1, Peterburg 1911. 22.11(5.12), Moskva] — rus rassomi, rang-tasvirda realizmning yirik namoyandasi. Peterburg Badiiyot akadimyasi da tahsil koʻrgan (1880—85). S. ijodiga I.Ye.Repin (yoshligida undan taʼlim olgan) hamda rassomlarning Rossiya va Gʻarbiy Yevropa muzeylarida koʻrgan asarlari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Ilk asarlaridayoq nur va rangni ishlashi, murakkab reflekslar uygʻunligini berishi, havo bilan toʻyingan muhit (olam) ni tasviriy jozibasi bilan aks ettirishi diqqatga sazovor ("Shaftoli tutgan qiz", 1887; "Oftobda turgan qiz", 1888, ikkalasi ham Tretyakov galereyasida va boshqalar). 1890-yildan portret janri S. ijodida asosiy oʻrin tutadi, kishilarning oʻtkir ruhiy holatini berish oldinga chikdi, artist, rassom, yozuvchilar uning sevimli modeliga aylanadi: "A. Mazini" (1890), "K.A. Korovin" (1891), "I.ILevitan" (1893), "N.A. Rimskiy— Korsakov" (1898), "M. Morozov" (1902), "M. N. Yermolova" (1905) va boshqa Davr ruxini, qahramonlar vaziyatini berishda rang tuslarini mahorat bilan qoʻllaydi ("Petr I", tempera, 1907 va boshqalar). Qad mifologiya mavzularida ham asarlar yaratgan. S.ning eng yaxshi asarlari rus realistik sanʼatining choʻqqisidir. SEROV (1934-yilgacha va 193739-yillarda Nadejdinsk, 1934—37 yillarda Kabakovsk) — Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1926-yildan). Kakva daryosi sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 100,4 ming kishi (1998). Uraldagi metallurgiya sanoati markazlaridan biri. Qora metallurgiya, yogochsozlik va boshqa sanoat korxonalari, temirbeton buyumlari, taʼmirlashmexanika zavodlari bor. Serov issiklik elektr st-yasi ishlab turibdi. Bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, Ural politexnika instituti fakulteti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 1894-yilda Sibir temir yoʻl magistrali uchun relslar ishlab chiqaradigan zavod barpo etilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Qahramon uchuvchi A.K.Serov (1910—39) nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil