Garmoniya
Garmoniya (yun. harmonia — bogʻlanish, mutanosiblik) — 1) koʻp ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri. Bunda asar mazmuni kuy rivoji orqaligina emas, balki unga hamohang boʻlgan turli akkordparning almashinuvi yordamida ifodalanadi. G. muayyan lad va tonallikka oid akkordlarning sadolanish xususiyatlariga hamda ularning musiqa jarayonidagi turgʻunligi yoki beqarorligiga asoslanadi. Odatda (gomofoniyauspubiaa) bosh kuy yuqori ovozda (baʼzan oʻrta yoki past ovozlarda) bayon etilib, oʻzga ovozlarda unga uzviy bogʻliq boʻlgan kuy parchalari ham maʼlum G. majmuini tashkil etishi mumkin. Kompozitorlar akkordlar muvozanatidan turlicha foydalanib oʻzlariga xos G. uslublarini kashf etishgan. Shuningdek, muayyan ijodiy yoʻnalish (mas, Vena klassik maktabi), oqim (musiqaviy romantizm, impressionizm), milliy maktab namoyandalari ham maʼlum G. majmuiga tayanishgan; 2) musiqashunoslikning muayyan tadqiq sohasi hamda maxsus musiqa oʻquv yurtlarida oʻzlashtiriladigan fan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Mazel L., Problemi klassicheskoy garmonii. M., 1972; Zakrjevskaya S, Garmoniya v tvorchestve kompozitorov Oʻzbekistana, Tadjikistana i Turkmenii, T., 1979; Azimova O., Garmoniya, T., 1999.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |