Bekkaria Chezare
BEKKARIA (Beccaria) Chezare (1738.15.3, Milan - 1794.28.11) -italyan maʼrifatparvar adibi, huquq doktori (1758). Sudlarning qonunga asoslanmay turib, aybdorga jazo tayin etilishiga, ayblanuvchilarni qiynoqqa solib, iqror qildirish usuliga qarshi chiqqan. Oʻlim jazosini umrbod qamoq bilan almashtirishni, tan jazosini umu-man qoʻllanmaslikni yoqlagan. Qonun hamma narsadan ustuvorligini, fuqa-rolar esa qonun va sud oldida tengligini taʼminlash zarur, deb hisoblagan. Har qanday jinoyat uchun tegishli ja-zoni muqarrar ravishda zudlik bilan ijro etish, odil sudlovni chek tashlash yoʻli bilan saylanadigan maslahatchilar tomo-.nidan olib borish tarafdori boʻlgan. B.ning "Jinoyat va jazo toʻgʻrisida" asarida olgʻa surilgan gʻoyalar Yevropadagi koʻpchilik davlatlarning qonunlarida oʻz aksini topgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |