BEKLAROʻT (Echinophora sibthorpiana) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50 sm cha. Barglari murakkab, patsimon qirqilgan, bandi tarnovsimon. 5 — 6 tacha sargʻish gullari kichik soyabon toʻpgulni, ular esa yirik (murakkab) soyabon toʻpgulni hosil qiladi. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Eron va Kichik Osiyoda tarqalgan. Adirlarda oʻsadi. Iyulda gullab, avgustda meva tugadi. Barglari mayda shoxchalari bilan birga xushboʻy ziravor sifatida ovqatga solinadi, baʼzan qatiqqa qoʻshib ham ichiladi.

Beklaroʻt
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Echinophora sibthorpiana

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil