Bektemir yoʻli koʻchasi (Toshkent)

Bektemir yoʻli koʻchasi — boshlanish qismi Bektemir tumanida, Katta halqa yoʻli bilan Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi Bektemir shaharchasi oraligʻida. Uzunligi 2 kilometrdan ziyod. Bektemir yoʻli koʻchasining Bektemir kanali oʻtadigan qismida koʻprik koʻrilgan[1].

Bektemir yoʻli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Bektemir
Uzunligi 2 km
Koʻchada joylashgan binolar Qoʻyliq dehqon bozori

Koʻcha yoʻnalishida Qoʻyliq dehqon bozori, mehmonxona, toʻyxona, maktab, yakka tartibdagi uy-joylar, savdo va avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchapari joylashgan. Bektemir yoʻli koʻchasining Husayn Boyqaro koʻchasi bilan kesishgan joyi yaqinida Bektemir tumani hokimiyati joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.