Oʻrta Chirchiq tumani
Oʻrta chirchiq tumani — Toshkent viloyatidagi tuman. Hududining koʻp qismi Chirchiq daryosi bilan Toshkent kanali oraligʻida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shim.sharqda Yuqori Chirchiq, sharqda Ohangaron tumanlari, shimolida Toshkent shahri, Zangiota tumani, gʻarbda Quyi Chirchiq, jan. da Oqqoʻrgʻon va Piskent tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km2. Aholisi 163,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Nurafshon), 2 shaharcha (Tuyaboʻgʻiz, Yangihayot), 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Angor, Doʻstlik, Istiqlol, Navoiy, Oxunboboyev, Oqota, Uyshun, Paxtakor, Paxtaobod, Yunuchqala, Yangiturmush, Oʻrtasaroy, Qorasuv) bor. Tuman markazi — Qorasuv shaharchasi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Toshkent viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qorasuv shaharchasi |
Yirik shahari | Tuyaboʻgʻiz, Yangihayot |
Tuman hokimi | Ixtiyor Qosimov |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi (2004) | 163,4 ming kishi |
Zichligi | 320 (2004-yil) kishi./km² |
Millatlar tarkibi | oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
380 m m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeksi | 111505 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 10 |
Rasmiy sayti | https://t.me/urta_chirchiq_hokimligi |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 41°2′34.4″N 69°21′26.6″E / 41.042889°N 69.357389°E G O |
Tuman hokimi-Ixtiyor Qosimov[1]
Tabiati Tahrirlash
Tuman hududi Chirchiq daryosining chap sohilidagi tekislikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—4°C, eng past temperatura 19 °C, —20°C. Iyulniki 28—30°C, eng yuqori temperatura 41—42°C. Oʻrtacha yillik yogʻin 450-460 mm. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududidan Polvonov nomidagi Toshkent, Qorasuv kanallari, shim.gʻarbidan Chirchiq daryosi oqib oʻtadi. Bir necha kollektor bor. Tuman janubida Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“) joylashgan. Tuproqlari boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, qamish, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, yumronqoziq, suvilonlar uchraydi.
Aholisi Tahrirlash
Aholisi, asosan, qozoqlar, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 320,3 kishi (2004). Shahar aholisi 38,7 ming kishi, qishloq aholisi 124,7 ming kishi.
Sanoati Tahrirlash
Tumanda yirik, oʻrta biznes, 125 kichik korxona va 1143 mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston — Koreya „Kabul — Toʻytepa LTD“ ip yigiruv — toʻquv (qarang "Kabul tekstaylz"), Oʻzbekiston — Germaniya „Xakipet“, „Xusayn Mirzo“, qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. Oʻrta Chirchiq tumani birlashmalari, metallkonstruksiyalari, temirbeton, asfaltbeton, 2 paxta tozalash zd, MTP, tikuvchilik fabrikasi, don qabul qilish korxonasi bor. 13 jamoa xoʻjaligi, oʻquv tajriba korxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligi Tahrirlash
Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Oʻrta Chirchiq tumani da jami sugʻoriladigan 28,6 ming ga yerga paxta, 11,5 ming ga yerga don, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari, beda ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 32 ming qoramol, shuningdek, 321,7 ming qoʻy va echki, 205,2 ming parranda, 21,7 ming yilqi boqiladi (2005).
Taʼlimi Tahrirlash
Oʻrta Chirchiq tumanida Respublika sholikorlik ilmiy tadqiqot instituti, 74 umumiy taʼlim, bolalar sanʼat, sport maktablari, akademik litsey, gimnaziya, 2 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi, markaziy madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, 8 klub muassasasi bor. 3 stadion, sport zallari, otish tirlari, futbol, voleybol, basketbol, qoʻl toʻpi maydonchalari mavjud. 72- va 3-maktablar maʼlum fanlarga ixtisoslashtirilgan.[2]
Sogʻliqni saqlash tizimi Tahrirlash
Tuman markaziy kasalxonasi, 3 poliklinika, tugʻruqxona, dorixona, 20 qishloq vrachlik punktlari, 21 feldsherakusherlik punktlari aholiga xizmat koʻrsatadi.
Transport yoʻllari Tahrirlash
Oʻrta Chirchiq tumani avtomobil yoʻllari orqali Toshkent shahri va boshqalar shaharlar bilan bogʻlangan. Tuman hududidan Toshkent — Angren temir yoʻl oʻtadi. 1932-yildan „Mashʼal“ tuman gaz. chop etiladi.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ „O‘rta Chirchiq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (oʻzbekcha). Kun.uz. Kun.uz (9-aprel 2022-yil). Qaraldi: 14183.
- ↑ „Oʻrta Chirchiq tumanida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi“ (oʻzbekcha). https://yuz.uz/uz/ 1. Yangi O'zbekiston (16 noyabr 2020). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.