Abdumalik Bektemirov - 1957 yil, Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tug'ilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi mudiri.

Abdumalik Bektemirov
Tavalludi 1957-yil
Jizzax viloyati, Baxmal tumani
Fuqaroligi O'zbekiston
Kasbi Pedagog
Ish joylari Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mukofotlari

2011 yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yil” esdalik nishoni.

2023 yil “Vatanning sadoqatli farzandi fidoiy inson” ko‘krak nishoni.

Mehnat faoliyati tahrir

  • 1974-1975 yy. - Jizzax viloyat baxmal tuman aloqa bo‘limi xizmatchisi
  • 1975-1980 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi
  • 1980-1982 yy. - Harbiy xizmatda
  • 1982-1985 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qurilishni tashkil etish va boshqarish kafedrasi assistenti, stajor-tadqiqotchi
  • 1985-1989 yy. - O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasiga qarashli hisoblash markazi kibernetika instituti aspiranti
  • 1989-1990 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kata ilmiy xodimi
  • 1990-1999 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qurilishni tashkil etish va boshqarish kafedrasi assistenti, dotsenti
  • 1999-2000 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot fakulteti dekan muovini
  • 2000-2004 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti tadbirkorlik va marketing asoslari kafedrasi mudiri
  • 2004-2015 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
  • 2015-2016 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani vazifasini vaqtincha bajaruvchi
  • 2016-2018 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani
  • 2018-2019 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank va jamg‘arma ishi kafedrasi mudiri
  • 2019-2022 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank ishi kafedrasi mudiri
  • 2022 y. - h.v.  - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti investitsiya va innovatsiyalar  kafedrasi
  • mudiri

Ilmiy faoliyati tahrir

Abdumalik Bektemirov xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari, bank va nobank muassasalar xizmatlari ommabopligini oshirish, investitsion jaryonlarni boshqarish, investitsion muhit va uni yaxshilashning zamonaviy usullarini joriy etish masalalarini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishga hissa qo‘shib kelayotgan olim-mutaxassisdir.

Abdumalik Bektemirov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tayanch hisoblangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini hamda fanlarning o‘quv-metodik majmualarini yaratishda bevosita rahbarlik qilgan. Shu bilan birga u o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratib kelayotgan mohir pedagog hisoblanadi.

Abdumalik Bektemirov tomonidan ilmiy pedagogik faoliyati davomida yaratilgan “Turizmda strategik marketing” (2010 y.), “Strategik menejment” (2012 y.), “Menejment asoslari” (2012 y.), “Savdo iqtisodiyoti” (2014 y.), “Money and Banks” (ingliz tilida 2020 y.), Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish (2020 y.), Moliyaviy menejment (2021 y.), “Investitsiya va innovatsiyalar” (2021 y.), “Pul va banklar” (2021 y.), “Soliqlar va soliqqa tortish” fanlaridan o‘quv qo‘llanmalari va “Xalqaro turizm” (2009 y.), “Korxona iqtisodiyoti” (2013 y.), “Moliyaviy menejment” (2022 y.), “Sug‘urta ishi” (2022 y.), “Investitsiya va innovatsiyalar” (2023 y.) fanlaridan yaratilgan darsliklari respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda.

Abdumalik Bektemirovning 130 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari hamda 7 ta ilmiy monografiyalari chop etilgan. Ilmiy tadqiqot natijalari 6 ta xo‘jalik shartnomalari orqali amaliyotga tadbiq etilgan. U 1 ta innovatsion loyihalar ijrochisi. Respublikamizning 3 ta ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy jurnallarida tahririyat a’zosi.[1]

Manbaalar tahrir

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

  1. „https://sies.uz“.