Bekturdi Jumaniyozov (1939.20.1, Xiva tumani) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000). 1957-yildan Xiva tumanidagi "Oʻzbekiston" jamoa xujaligi aʼzosi, shu xoʻjalikda hisobchi (1963-68), 1968-yildan brigada boshligʻi va 1998-yildan "Oʻzbekiston" shirkat xoʻjaligida bosh pudratchi. J. rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik, lavlagikorlik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999-yilda paxtadan 34,8 s/ga, qand lavlagidan 315 s/ga, kuzgi bugʻdoydan 62 s/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻp shogirdlar tarbiyaladi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil