Belanchak
Belanchak — bolani tebratib ovutiladigan yoki uxlatiladigan maxsus moslama. Odatda, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning orom olishi uchun yasaladigan maxsus moslama. Taxta yoki temirdan tayyorlanadi. Atrofi uncha baland boʻlmagan toʻsiq-panjarali toʻgʻri toʻrtburchak yoki murabba shaklida boʻlib, rang-barang boʻyoqlar bilan boʻyaladi, ustidan lok surtiladi. To‘rt burchagidan arqon bogʻlab, daraxtga bogʻlanadi, uy shipi va boshqalarga osiladi. Bolani yotqizishdan avval ichiga toʻshak, yostiq solinadi.
Ramz
tahrirBelanchak ramziy ma’noda farzand kutish motivini ham anglatadi.
Ushbu so‘zning ko‘chma ma’nosi sifatida ,,O‘zbek tilining izohli lug‘ati” I jildida ,,Dunyoga kelish uchun sabab bo‘luvchi, voyaga, kamolga yetkazuvchi; allalovchi narsa haqida” deya ta’rif berilgan. Masalan, Abdulla Oripovning quyidagi misrasi mavjud:
“Ketmasin boshimizdan also baxt belanchagi”[1].
Etimologiyasi
tahrirBu so‘z bela so‘zidan -n qo‘shimchasi bilan yasalgan otga kichraytirish-erkalash qo‘shimchasi hisoblanadigan -chak qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan[2].
Belanchaklarni yasash
tahrirArqonlardan yasalgan belanchaklar o‘zbek xalqi tomonidan azaldan foydalaniladi. Shuningdek, arqonlar yordamida taxta osib qo‘yiladi. Ushbu jarayonda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish ma’qul, chunki arqon parchalanishi mumkin. Arqonning parchalanmasligi uchun o‘rindiqning yon tomonida 4 ta teshik teshiladi va arqonlar bog‘lanadi. Shundan so‘ng uchlari mahkam o‘rnatiladi, tugun bilan mahkam bog‘lanadi. Arqon cho‘zilganligi sababli bola undan sakrab tushib ketmaydi[3].
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrir- ↑ O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2020.
- ↑ Sh. Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. Universitet nashriyoti, 2006 — 45-bet.
- ↑ „Bolalar belanchaklarini o'rnatish. Yog'ochdan yasalgan o'z-o'zidan yasalgan bog 'belanchak. Yog'ochdan yasalgan bolalar uchun o'z-o'zidan yasalgan belanchak“. Qaraldi: 2023-yil 29-may.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |