Belglar — 1) Sena va Reyn daryolari oraligʻida yashagan shim.sharqiy gall qabilalari. Rimliklarga dastlab Yuliy Sezar yurishlari munosabati bilan maʼlum boʻlgan. Qadimda jasur xalq sanalgan (Strabonning xabar berishicha, 300000 kishilik qoʻshin tuza olganlar); rimliklarga qattiq qarshilik koʻrsatganlar; miloddan avvalgi 57 — 46-yillarda Sezar legionlari tomonidan boʻysundirilgan. B.ning mashhur qabilalari: remlar, nervilar, bellovaklar, svessonlar, ambianlar, morinlar, menapiyalar, kaletlar, veliokasslar, viromanduylar, aduatuklar, eburonlar, treverlar, atrebatlar, toksandralar, sekvonlar. Avgust davrida (miloddan avvalgi 16y.) Belgika provinsiyasi barpo etilgan. Gumanistlar tomonidan 16-asrda qayta istilohga kiritilgan Belgika atamasidan Belgiya nomi kelib chiqqan; 2) qadimda Yevropaning qita qismidan Jan. Angliyaga koʻchib oʻtgan kelt qabilalari.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil