Beliy Vladimirovich Vyacheslav (1945-yil 1-avgust, Termiz20-may 2020-yil, Moskva) — sovet va rossiyalik fizik, Fizika-matematika fanlari nomzodi, RSFSR Davlat mukofoti laureati (1991, Irina Veretennikoff va Yuriy Klimontovich bilan birgalikda), IZMIRAN bosh ilmiy xodimi, ionosferadagi statsionar boʻlmagan hodisalarni radiofizikaviy usullar bilan oʻrganish boʻyicha mutaxassis.

Beliy Vladimirovich Vyacheslav
Tavalludi 1-avgust 1945-yil
Termiz, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 20-may 2020-yil(2020-05-20)
(74 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Fizik
Ish joylari IZMIRAN, Rossiya Federatsiyasi
Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari nomzodi
Akademik rahbarlari Yuriy Lvovich Klimantovich
Mukofotlari RSFSR davlat mukofoti

Tarjimai holi

tahrir

Beliy Vyacheslav 1945-yil 1-avgustda Termiz shahrida tavallud topgan. Bolaligi va yoshligi Toshkentda o‘tgan. 1962-yilda o‘qish uchun Moskvaga ko‘chib o‘tdi. Moskva davlat universitetining fizika fakulteti (1969) va uning aspiranturasini tamomlagan, 1971-yilda radiofizika fanidan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, u fizik-olim Yuriy Klimontovichning shogirdi. Doktorlik dissertatsiyasi “Muvozanatsiz tizimlarda transport va kinetik tebranish hodisalari” deb atalgan(1988).

1971-yildan soʻnggi kunlarigacha Troitsk shahrida yashab, IZMIRANda ishlagan va kichik, katta, yetakchi, bosh ilmiy xodim lavozimlarida o‘z faoliyatini olib borgan.

1982-yildan boshlab u Bryussel erkin universiteti qoshidagi Solvay instituti bilan yaqindan hamkorlik qilgan, shuningdek, ushbu universitetda fizika va plazma boʻyicha frilanser[1] sifatida faoliyat yuritgan. U Nobel mukofoti sovrindori — Ilya Prigojin bilan birga faoliyat olib borgan, u bilan Treilles[fr] fondining ilmiy tadbirlarida qatnashgan (1991, 1996 va 2002[2]). 1992-yilda u Prigojin ikkovi SSSRning sobiq prezidenti Gorbachyov bilan uchrashuvida hamrohlik qildi.

 
Prigojin va Bely Gorbachyov bilan uchrashuvda

U 2020-yil 20-may kuni Moskvada COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi taʼsiri tufayli olamdan oʻtdi[3].

Hissasi

tahrir

Ilmiy faoliyatning asosiy yoʻnalishi — nolokal transport hodisalari va muvozanatsiz tizimlardagi tebranishlarni nazariy tadqiq qilish. U ionosferadagi statsionar boʻlmagan hodisalarni radiofizik usullar bilan tadqiq qilish sohasida, plazmadagi kvant hodisalarining kinetik nazariyasida, xususan, Fermi gazlari uchun almashinuv oʻzaro taʼsirini hisobga olgan holda bir qator muhim natijalarga erishdi. Soʻnggi yillarda ilmiy qiziqishlari fluktuatsiya-dissipatsiya teoremasini bir xil boʻlmagan plazma holatiga umumlashtirish bilan bogʻliq boʻlib, u yerda boshqa narsalar qatorida „Physical Review Letters“, „Physical Review“, Scientific Reports[en] da chop etilgan toʻliq natijalarni olish mumkin edi.

Plazma diagnostikasining asosiy usullaridan biri boʻlgan Tomsonning tarqalish usuli yordamida ham natijalarga erishildi.Uning ilmiy qiziqishlari: statistik fizika, kinetik nazariya, plazma fizikasi, radiofizika, ionosfera fizikasi.

Oilasi

tahrir

Otasi — Vladimir Prokofyevich Beliy, Yekaterinoslavda tavallud topgan, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, KPSS aʼzosi, Oʻzbekiston SSR boshqaruvida faoliyat olib borgan. Onasi markaziy Rossiyada dunyoga kelgan, 1929-yilda kollektivlashtirish qochqini boʻlgan.

Xotini (1972-yildan) — Lyudmila Sergeevna Galaxmatova (1947-yilda tavallud topgan), biolog va landshaft dizayneri. Qizi Anna (1974-yilda tavallud topgan), oʻgʻli Andrey (1975-yilda tavallud topgan), ikkita nabirasi bor. Beliy Vyacheslav Andrey Alekseevich Slavnovning kuyovi.

Manbalar

tahrir
  1. Frilanser—yollanma ishchi, odatda oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlovchi va maʼlum bir ish beruvchiga bogʻlanib qolmaydigan shaxs uchun ishlatiladigan atama.
  2. „They came to Les Treilles - Fondation des Treilles“. 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-may.
  3. „Izmiran ad memoram, 20 May 2020“ (RU). www.izmiran.ru. 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-dekabr.