Belizdagi yovvoyi tabiat qonuni

Beliz 1981-yilda mustaqillik eʼlon qilgandan soʻng, Beliz Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunni ham qabul qildi[1].

Belizning milliy qushi boʻlgan oʻtkir tukan

Bu Belizdagi yovvoyi tabiat qonunining asosiy manbai hisoblanadi. Belizdagi yovvoyi tabiat deganda, sutemizuvchilar, sudraluvchilar yoki qushlar, amfibiyalar va har qanday tuxumlar, rizoidli oʻsimliklar tushuniladi. Beliz uzunligi jihatidan atigi ikki yuz milya (320 km) va kengligidan esa oltmish milya (97 km) boʻlgan, u oʻsimlik va hayvonot olamining ajoyib dunyosiga ega. Bu yerda sutemizuvchilarning 150 dan ortiq turlari, 549 qushlar, 150 amfibiyalar va sudralib yuruvchilar, 600 ga yaqin chuchuk suv va dengiz baliqlari va 3408 turdagi turli xil rizoidli oʻsimliklar mavjud.

Oʻrmon Xoʻjaligi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunni amalga oshiruvchi va tartibga soluvchi organ hisoblanadi. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunning asosiy maqsadi shuki, Belizdagi yuzlab global xavf ostidagi turlarni yoʻq boʻlib ketishidan qutqarishdir. Muhim yoʻq boʻlib ketayotgan turlarning roʻyxatiga, 11 ta jiddiy xavf ostidagi turlar, 31 ta yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan turlar va 63 ta zaif turlar kiradi.

Belizda yovvoyi tabiatga tahdidlar juda koʻp vaqtlar davomida boʻlib kelgan. Belizda aholi bosimi past va choʻl hududlari katta. Toʻtiqushlar yovvoyi tabiat savdosi tahdidi ostida boʻlgan asosiy turlar hisoblanadi. Barcha u yerda yashaydigan insonlar uy hayvonlarni, toʻtiqushlarni parvarish qilgan. 2016-yilda Beliz hukumati yozvvoyi tabiat savdosiga qarshi kurash olib bordi. Garchi, Beliz hukumati tabiatni muhofaza qilish choralarini ommaga qoʻygan boʻlsa-da, Beliz aholisining koʻpayishi va oʻrmonlarni yoʻq boʻlib ketishi natijasida, yovvoyi tabiat jabr koʻrgan. Belizdagi oʻrmon qoplamining ulushi 1980-yildagi 74,4% dan 2014-yilda 60,3% gacha kamaygan.

Soʻnggi besh yilda Oʻrmon departamenti yovvoyi tabiatni faol boshqarish va himoya qilishni taʼminlaydigan Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish dasturi (qisqartirilgan WCP)ni qabul qilgan. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish dasturi Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonundan kelib chiqqan[2]. Dastur Beliz aʼzosi boʻlgan Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyani amalga oshirish va Belizdagi yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi turlarni, shu jumladan, yovvoyi tabiat savdosi bilan bogʻliq turlarni saqlab qolish majburiyatini bajarish uchun javobgardir. Shuningdek, Beliz yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiyaning (CITES) aʼzosi boʻlgan, u CITES yoʻqolib borayotgan yovvoyi tabiat savdosini cheklaydi. Yovvoyi tabiat dasturida, yovvoyi tabiatda ov, brakonerlik va boshqa qazib olish faoliyatidan himoya qiluvchi choralar ishlab chiqgan.

Tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻliq maqsadlarga erishish uchun Beliz oʻrmon departamenti Belizdagi reabilitatsiya va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan oʻzaro kelishuvga ega boʻldi, shu jumladan, Beliz qushlarini qutqarish, Wildtracks reabilitatsiya dasturi (Primate va Manatee), Beliz hayvonot bogʻi, Yashil Iguana loyihasi, Beliz Raptor markazi, Tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish uchun doʻstlar (FCD), Beliz yovvoyi tabiati va yoʻnaltiruvchi klinikasi, Amerika timsohlar uchun taʼlim qoʻriqxonasi va Dengizdan sohilga qadar ittifoq kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Shuningdek, oʻrmon departamenti kiyik (erkak va urgʻochi), armadillo, gibnut, pekarsimonlar, iguanalar va ov qushlari kabi, mashhur ov oʻyinlari uchun yopiq va ochiq mavsumlarni tashkil etdi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „WILDLIFE PROTECTION ACT CHAPTER 220 REVISED EDITION 2000“ (2010-yil 31-dekabr). 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  2. „Wildlife Conservation Program (WCP)“. Belize Forest Department. 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.

Havolalar

tahrir