BUGʻUSIMONLAR (Cervidae) - juft tuyoqli sut emizuvchilar oilasi. Dumi kalta, boshi uzunchoq, oyoqlari ingichka, qomati kelishgan. Yuqori jagʻida kurak tishlari yoʻq. Oziq tishlari yassi, dumi ostida katta oq xoli — "darcha"si bor. Yosh B. koʻpincha olachipor boʻladi. Suv B.idan tashqari, deyarli hamma B.ning shoxi bor, lekin ayrim turlarining faqat erkagida shox boʻladi. Shimol bugʻusining erkagi ham, urgʻochisi ham shoxli. B. Yevropa, Osiyo, Amerika va Shim. Afrikada tarqalgan. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmon, toʻqay, oʻrmondasht va tundrada yashaydi. Turli oʻtlar, butalar, har xil oʻsimliklar bilan oziqpanadi. B. 1,5 yoshda voyaga yetadi. Kuzda yoki yoz oxirida juftlashadi. Bu vaqtda erkaklari boʻkirib yuradi. Urgʻochisi bahorda yoki yoz boshida 1—2 ta, suv B.i 4 ta va undan ham koʻproq tugʻadi. Bahor va kuzda, baʼzi turlari faqat bahorda tullaydi. B.ning 48 turi boʻlib, ular muntjaklar (Sshvulinae), suv B.i (Hydropotinae), asl B. (Cervinae) va Amerika B.i (Neocervinae) 4 kenja oilaga boʻlinadi. Muntjaklar kenja oilasiga mansub B.ning boʻyi 60 sm cha, shoxi kalta. Erkagining ustki jagʻida xanjardek uzun qoziq tishlari bor. Bu kenja oila 2 urugʻ: muntjaklar va tojli bugʻulardan iborat. Muntjaklar urugʻining vakili — Hindiston muntjagi (Muntiacus muntjar). Suv B.i kenja oilasining faqat 1 turi boʻlib, Xitoyda uchraydi. Dare soxdllaridagi qamishzorlarda 2—3 tadan boʻlib yuradi. Boʻyi past (0,5 m cha), shoxi yoʻq. Erkagining ustki jagʻidagi uzun qoziq tishlari tashqariga chiqib turadi. Asl B. kenja oilasi buyi 0,6—2,2 m keladigan, ancha yirik hayvonlardir. Ustki jagʻlaridagi qoziq tishlari kichkina yoki butunlay boʻlmaydi. Bu kenja oila yelik, los va h. k. dan iborat urugʻlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda asl B.ning bir turi — xongul yashaydi. Amerika B.i kenja oilasi boʻyi 0,3—1,3 m keladigan mayda va oʻrta boʻyli bugʻulardan iborat. Boshqa B.dan’bosh skletidagi baʼzi suyaklarining tuzilishi bilan farq qiladi. Bu kenja oila mazamalar, pudu, pampas va shimol bugʻulari urugʻlariga boʻlinadi. B. koʻplab ovlanadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi. Asl bugʻuning pant deb ataladigan yosh shoxlaridan dori tayyorlanadi. Shimol bugʻusi xonakilashtirilgan boʻlib, xoʻjalik uchun katta ahamiyati bor. Kaborgilarning bir turi (Moschus moschiferus) tarqalgan. B.ning 11 turi 20 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Bugʻusimonlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil