Bell majandi qonuni (anatomiya va fiziologiyada) — hayvon va odamdagi harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalarining orqa mnya ildizlarida taqsimlanish qonuni. Buni Shotland olimi Ch. Bellning 1811-yilda eʼlon qilgan maʼlumotiga asoslanib, 1822-yilda fransuz fiziologi F. Majandi aniqlagan. Bu konunga koʻra, markazga intiluvchi (sezuvchi) nerv tolalari orqa miyaga orqa ildizlar tarkibida kiradi, markazdan qochuvchi (harakatlantiruvchi) nerv tolalari esa orqa miyadan oldingi ildizlar tarkibida chikadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil