Bellinsgauzen Faddey Faddeyevich

Bellinsgauzen Faddey Faddeyevich (1778.9 (20). 9, Ezel o., hozirgi Saarema o., Estoniya Respublikasi — 1852, 13 (25). 1, Kronshtadt) — rus dengizchi sayyohi va tadqiqotchisi, admirali. 1803 — 06 y.larda dunyo aylana dengiz sayohatida ishtirok etgan. 1819 — 21 y.larda "Vostok" va "Mirniy" kemalarida Antarktidaning qutb yoni zonalarini oʻrganish va nomaʼlum yerlarni kashf qilish uchun yuborilgan ekspeditsiyaga boshchilik qildi. Ekspeditsiya 1820-yil yanvarda Antarktida qirgʻoqlari (hozirgi Bellinsgauzen shelf muzligi)ga yaqinlashdi. Antarktida yaqinida va Tinch okeanning tropik qismida bir necha orol kashf qilindi. Ekspeditsiya 1821-yil iyul—avg. da 751 kunlik dengiz safaridan keyin Kronshtadtga qaytib keldi. B. 1839 i.dan Kronshtadt gubernatori boʻlgan. Ekspeditsiya tafsilotini haritalar atlasi bilan birga nashr qildirgan. B. nomiga Tinch okeandagi dengiz va suv osti soyligi, Antarktidada shelf muzligi va ilmiy stansiya, orol va boshqa qoʻyilgan.[1]

Faddey Bellinsgauzen

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil