Belorus tabiati- Sharqiy Yevropa tekislgining gʻarbiy qismini egallagan. U yer bir qancha tepaliklar va pasttekisliklardan iborat. Mamlakatning gʻarbiy qismida Polesye botqoqlangan pasttekisligi joylashgan. Belorussiya hududida 10 mingdan koʻproq koʻl mavjud boiib, ulardan 4 mingga yaqini muzliklardan hosil boʻlgan. Iqlimi: moʻtadil kontinental. Gʻarbdan, yaʼni Atlantikadan mamlakatga koʻpincha iliq va nam havo oqimi kelib turadi. Oʻrmonlar davlat hududining 36 foizini egallagan. Gʻarbiy qismda qadimiy oʻrmonlar saqlanib qolgan. Belorus, Naliboks, Grodnens va Rujans zich oʻrmonlari bunga misol bola oladi. Mamlakatning 12% hududini botqoqliklar qoplagan. Hayvonot dunyosi: Belorussiyada bugʻu, olmaxon, chipor yumronqoziqlar, letyaga, toʻrgʻay va boshqalar uchraydi. Belarusda keng bargli oʻrmonlar keng tarqalgan boʻlib, ular mamlakat hududining 1/3 qismini egallagan. Belarus oʻrmonlarida 8 turdagi daraxtlar (ulardan eng koʻp tarqalganlari – qaragʻay, archa, qayin, eman va shumtol), 70 turdan ortiq butalar va yarimbutalar uchraydi. Mamlakat hududida juda koʻp dorivor oʻsimliklar – archagul, itburun, zira, landishlar oʻsadi. Belarus hayvonot dunyosi 50 turdan ortiq hayvonlar (los, choʻchqa, boʻri va boshq.), 200 turdan ortiq qushlardan iborat[1].

Xoʻjaligi tahrir

Davlat iqtisodiyoti Rossiyaniki bilan chambarchas bogʻliq. Mamlakatda kaliy tuzi, qurilish mollari va qazib olinadi. Tabiiy gaz va neft Rossiyadan Belorussiyaga import qilinadi. Qora metallami qayta ishlash, mashinasozlik va asbobsozlik, avtomobilsozlik, elektron, harbiy, kimyoviy va boshqa sanoatlar yaxshi rivojlangan. Mamlakatda chorvachilik majmualari va parranda yetishtirish fabrikalari mavjud. Arpa, bugʻdoy, suli, sholi, kartoshka, zigʻir, kanop, qand lavlagi yetishtiriladi. Belorussiya maʼdanli oʻgʻitlarni, mashinasozlik mahsulotlarini, sut mahsulotlarni eksport qiladi. Belarus Respublikasining tabiati turli xil oʻlchamdagi va chuqurlikdagi koʻplab yangi koʻllar bilan mashhur – bu erda 10 mingdan ortiq koʻllar mavjud. Koʻpincha suv omborlari koʻllar guruhlarda shakllanadi. Ularning eng mashhurlari Ushach, Braslav va Narochanskaya.

Umumiy maʼlumotlar tahrir

Belarus Respublikasi – Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Davlatni prezident boshqaradi. MDH aʼzosi. Aholisining etnik tarkibi: beloruslar – 81,2%, ruslar- 11,4%, polyaklar- 3,9%, ukrainlar – 2,4%.

  • Poytaxti: Minsk
  • Maydoni: 207,6 ming km2
  • Aholisi: 9,7 mln. kishi (2007)
  • Rasmiy tillari: belorus, rus tillari
  • Aholisining diniy tarkibi: pravoslavlar – 80%, katoliklar, uniatlar, protestantlar – 20%
  • Davlat tuzumi: respublika
  • Pul birligi: beloms rubli

Manbalar tahrir

  1. A.Gorkin. „Yevropa dunyosi“. https://library.tsdi.uz/storage/books/March2022/h66zB420YRxXtSLJ2nvZ.pdf 296bet (2013yil). Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.

Havolalar tahrir