Beltov togʻlari — Quljuqtov togʻlarining gʻarbiy davomi. Markaziy Qizilqumda. Eng baland joyi 495 m. Beltov togʻlari (togʻ) devon davrining ohaktoshlaridan, oʻq qismn esa intruziv jinslardan tashkil topgan. Qizilqumdagi boshqa toglar kabi gersin orogenezida burmalangan. Beltov togʻlari (togʻ)da karst hodisasi keng tarqalgan. Suvayirgʻich qismi yassi. kamroq oʻyilgan, yon bagʻirlarida quruq soylar bor. Grafit topilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil