Belugalar (Huso) — osyotrsimonlar oilasiga mansub baliqdar urugʻi. Yarimoy shaklidagi keng ogʻzi, pastki lablari oʻrtasidan kesik borligi va jabralarining tuzilishi bilan boshqa baliklardan farqqiladi. 2 turi: beluga (Huso huso) va kaluga (Huso dauricus) bor. Beluga Kaspiy, Qora, Azov va Adriatika dengizlarida va ularga quyiladigan daryolarda yashaydi. Tanasining uz. 4 – 5 m, ogʻirligi 1,5 t gacha keladi. B. baliklar bilan, yosh baliqchalar esa suv tubidagi mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. B. oʻtkinchi baliqlardan. Bir necha yilda bir marta may—iyun oylarida tez oqar daryolarning toshloq joylariga kelib 200 000 dan 1 mln. gacha tuxum qoʻyadi. Erkaklari 12 — 14 yoshda, urgʻochilari 16—18 sshda voyaga yetadi. 100 yildan ortiqroq yashaydi. B. osyotrsimonlar, xususan sterlyad bilan, shuningdek sevryuga va tikondum baliklar bilan gibrid hosil qiladi. B.ning sterlyad bilan gibridi besterni sunʼiy chatishtirish orqali yetishtirilgan. Bester koʻpaytirish maqsadida reslublikamizning hovuz baliqchilik xoʻjaligiga keltirilgan. Qimmatbaho goʻshti va ikrasi uchun ovlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil