Beluxa (Delphinapterus leucas) — delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon urugʻining yagona vakili. Tanasining uzunligi 6 metrgacha, ogʻirligi 1,5 tonnagacha. Beluxalar Shimoliy Muz okeani va u bilan tutashgan dengizlarda tarqalgan boʻlib, muzlar orasida ham uchraydi. Boshining peshona qismidagi mustahkam qadogʻi yordamida muzlarni bemalol yorib suzib yuradi. Baliqlar, qisqichbaqasimonlar va boshqa mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Baliqlar galalarining orqasidan daryolarga ham oʻtadi. Beluxalar poda boʻlib yashaydi. Yirik (1,5 m keladigan) bola tugʻadi. Tutqinlikka yaxshi chidaydi. Goʻshti, terisi va yogʻi uchun cheklangan miqdorda ovlanadi.

Beluxa
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil