Belvino (OAJ Belvino) Belgorod viloyatidagi eng qadimgi va mintaqadagi alkogolli ichimliklarning asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lgan spirtli ichimliklar zavodi.

Korxona 1960-yilda "Belgorod vino zavodi" nomi bilan ikkilamchi vinochilik zavodi sifatida ish boshlagan va o'sha paytda Moldvinprom tarkibiga kirgan edi.Zavod Moldova vino materiallaridan uzum vinolarini quyishga ixtisoslashgandir.

1986-yilda vino zavodi alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirildi:siroplar,mahalliy manbalardan mineral suv va Kavkazdan Belgorod viloyatiga import qilinadigan shisha mineral suv.1989-yilda esa zavod hududida o'zining mineral suv manbai ochildi.

1991-yilda aroq cexi ishga tushirildi,bir yildan so'ng achchiq mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.

2016-yildan beri “Belvino” aksiyadorlik jamiyati yiliga 2 million dekalitrdan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib,o‘z brendlaridagi alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ham da idishlarni quyish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib keladi.

2017-yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Federal monopoliyaga qarshi xizmati "Belvino" OAJni "Raqobatni himoya qilish to'g'risida"gi qonunni buzgani uchun 5,45 million rubl miqdorida jarimaga tortgani ma'lum bo'ldi[1].

2021-yil oxirida daromad 617,8 million rublni tashkil etdi va 2020 yilga nisbatan 1,5 foizga kamaydi[2].

2022 yil may oyida VZVOD aroq ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi[3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir