Bembel (nemischa: Bembel ) — Gessen olmasidan tayyorlangan sharobni quyib qoʻyish uchun moʻljallangan, vestervald tosh sopolidan qoʻlda yasalgan koʻza. Bembellarga odatda olma shoxlari yoki gulchambarlarga oʻxshash koʻk rangli naqshlar tushirilgan, idish kulrang tuzli glazur bilan qoplangan, baʼzan esa unda vinochilik yoki ichimlik korxonasi nomi koʻrsatilgan. Avvallari bembelning qalaydan ishlangan qopqogʻi ham boʻlgan. Gessen olmasidan tayyorlangan sharobni ichish anʼanasi bembeldan tashqari gaʼdir-budir shisha stakan — „geripptes“ va uning ustiga yopiladigan yogʻoch qopqoq — „shoppendekkel“dan iborat boʻlgan[1].

Traktirlarda bembellar anʼanaviy ravishda devorlardagi ilgaklar tutqichiga osib qoʻyiladi. Bembelning oʻlchami 0,3 litrli „geripptes“ stakanlari hajmi bilan koʻrsatiladi, bembelning 4 stakan, 8 stakan, 12 stakan va 24 stakanli namunalari mavjud. Katta bembellar maxsus tagliklarga oʻrnatiladi. Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng katta bembel 2012-yilda tayyorlangan. U oʻz ichiga 690 litr olma sharobini sigʻdira oladi, balandligi 1,70 m, ogʻirligi esa 300 kg ga teng keladi[2][3].

Bembellar Gessenda 1960-yillardan boshlab mashxurlikka erishgan, bunga Gessen radioeshittirishi orqali taqdim etilgan „Moviy echki yonida“ koʻngilochar televizion dasturi (nemischa: Zum Blauen Bock ) sabab boʻlgan, studiya olma sharobi taqdim etiluvchi anʼanaviy Gessen mayxonalari kabi bezatilgan edi. Dastur uzoq vaqt davomida olma sharobining haqiqiy „bilimdoni“ — shoumen Xaynts Shenk tomonidan boshqarilgan[4].

Manbalar

tahrir