BEN (Bain) Aleksander (1818.11.6Aberdin, Shotlandiya —1903.18.9) — ingliz psixologi, assotsiativ psixologiya namoyandasi. Buyuk Britaniyadagi Aberdin universiteti professor (1860). 2 jildli "Mantiq" asarida (1870) tabiiy fanlarga mantiqiy usullarni qoʻllanishning barcha uslublarini mufassal bayon qilgan. Bundan tashqari inson miyasi va uning nerv sistemasida yuz beruvchi fizik jarayonlarni psixologik tadqiq qilish bilan shugʻullangan. Uning asarlari fiziologik psixologiyaning vujudga kelishiga maʼlum darajada asos boʻlgan.

James Mill, 1882

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil