Benjamin Johnson (talaffuzi: Ben Jonson; 1994-yil 7-iyunda tugʻilgan) — 2012-yilgi NHLga kirish draftining 3-raundida (umumiy 90-oʻrin) New Jersey Devils jamoasi tomonidan jamoa tarkibiga tanlangan amerikalik professional xokkeychi[1]. Johnson hozirda ECHLning „Kansas City Mavericks“ jamoasida oʻynamoqda.

Ben Johnson
Tugʻilgan joyi 7-iyun 1994-yil (1994-06-07) (29 yosh)
Calumet, Michigan, AQSh
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
ECHL
Sobiq jamoalar
Kansas City Mavericks
Albany Devils
NHLga kirish drafti 90-oʻrin, 2012
New Jersey Devils
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Faoliyati tahrir

Johnson Michigandagi Calumet oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda oʻrta maktab xokkey jamoasida oʻynagan. U 2010—2011-yilgi mavsumda oʻzining ajoyib oʻyini uchun eʼtirof etilgan[2].

2011—2012-yilgi mavsumda Johnson Ontario xokkey ligasining Windsor Spitfires jamoasiga qoʻshilgan. Spitfires jamoasi bilan yirik oʻsmirlar xokkeyining uch mavsumida Johnson 191 oʻyinda 66 gol va 62 golga assistentlik qilgan.

2014-yil 3-aprelda Johnson Albany Devils jamoasi bilan havaskor sinov shartnomasini imzolagan[3] va 2013—2014-yilgi mavsum oxiriga yaqin AHL jamoasi bilan beshta oʻyin oʻtkazgan. 2014-yil 20-may kuni Milliy xokkey ligasining New Jersey Devils jamoasi Johnson bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[4].

2018-yil 7-dekabrda jazo muddatini oʻtab boʻlgach, Johnson ECHLning Cincinnati Cyclones jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2018—2019-yilgi mavsumda professional faoliyatini davom ettirgan[5].

Cycles bilan ikki mavsumdan soʻng, Johnson COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020—2021-yilgi mavsumni tark etgan. U 2021—2022-yilgi mavsumda ECHLga qaytgan va 2021-yil 5-dekabrda Kanzas Siti Mavericks jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2010—2011 Calumet High USHS 30 37 40 77 12
2010—2011 Fargo Force USHL 5 0 0 0 2
2010—2011 U. S. National Development Team USHL 2 1 0 1 0
2011—2012 Windsor Spitfires OHL 68 18 20 38 44 4 0 2 2 0
2012—2013 Windsor Spitfires OHL 64 20 17 37 32
2013—2014 Windsor Spitfires OHL 59 28 25 53 30 4 4 2 6 2
2013—2014 Albany Devils AHL 5 0 1 1 0
2014—2015 Albany Devils AHL 28 1 1 2 8
2014—2015 Orlando Solar Bears ECHL 12 2 6 8 0 4 2 2 4 0
2015—2016 Albany Devils AHL 16 5 2 7 6
2015—2016 Adirondack Thunder ECHL 13 3 3 6 6 12 2 5 7 20
2018—2019 Cincinnati Cyclones ECHL 44 10 18 28 29 11 3 1 4 6
2019—2020 Cincinnati Cyclones ECHL 60 21 31 52 49
2021—2022 Kansas City Mavericks ECHL 53 24 25 49 37
AHLdagi ochkolari 49 6 4 10 14

Mukofot va unvonlar tahrir

Mukofotlari Yil
Michigan xokkey — Michigandagi eng yaxshi oʻrta maktab oʻyinchisi 2011 [7]

Manbalar tahrir

  1. „Statement regarding minor-league forward Ben Johnson“. New Jersey Devils (2016-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  2. „Ben Johnson commits to Windsor Spitfires“. Ontario Hockey League (2011-yil 3-aprel). Qaraldi: 2011-yil 3-aprel.
  3. „Devils 2012 third round pick, Ben Johnson joins Albany on ATO“. northjersey.com (2014-yil 3-aprel). 5-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  4. „A deal with the Devils“. blackburnnews.com (2014-yil 20-may). 2014-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  5. „Cyclones make trio of moves“. Cincinnati Cyclones (2018-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  6. ECHL. „Player signing by Mavericks“. Twitter (5-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2021-yil.
  7. „Michigan Mr Hockey archives“. peschstats.com (2012-yil 4-mart). Qaraldi: 2012-yil 4-mart.