Ben Roy Mottelson
Ben Roy Mottelson (1926.9.7, Chikago) — kelib chiqishi amerikalik boʻlgan daniyalik fizik. Perdyu universitetni (Indiana shtati) tugatgan (1947). 1951-yilda Daniyaga koʻchib kelgan. Yevropa yadro tadkikotlari markazida ishlagan (1953—57). Kopengagendagi Nordit nazariy atom fizikasi instituti professor (1957-yildan), 1981-yildan direktori. Ilmiy ishlari yadro fizikasiga, asosan, yadro nazariyasiga bagʻishlangan. O. Bor bilan hamkorlikda yadroning kollektiv modelini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va D. Repnuoter bilan hamkorlikda; 1975).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |